Àyamàjiz
Qudràt Hikmàt
Biydày cho‘l-u dàlàlàr,
Bo‘ràlàr qîr kàpàlàk.
Bîg‘làr sîkin, mizg‘ishàr
Misîli îq kàpàlàk.
Muz îynàlàr sîvuq yåb,
Ànhîrchàdà qirsillàr.
Tàrnîvlàrdà sumàlàk
Shîdàlàri chirsillàr.
Sàõiy înà tàbiàt
Quchîg‘idà hàvî sîf.
Îndà-sîndà ko‘rinàr
Nursiz, qizg‘ish îftîb.
Àyamàjiz izg‘iydi,
Ko‘chàlàrdà tutaqib.
Shîõ-shàbbàni tîrtqilàr,
Yalmîg‘izdåk yutîqib...
Ko‘k màysàlàr nish urib,
Yerning bàlànd-pàstidà.
Go‘zàl bàhîr sålkillàb,
Yetilàr yår îstidà.
1. Uchinchi to‘rtlikdà nimà dåyilgàn?
2. Àyamàjiz paytidà tàbiàtdà qàndày hîdisàlàr
ro‘y båràdi?
http://eduportal.uz
94
Qorboboga elektron maktub
Zamira Ibrohimova
(Hikoya)
Bugun Sardor o‘zgacha hayajon bilan mak-
tabdan keldi. Ovqatlanib bo‘lgach, ko‘tarinki
kayfiyatda dars qilishga o‘tirdi. Qo‘liga ruchkasini
oldi, daftarning oppoq varag‘iga „Qish“ deb
sarlavha qo‘ydi. Davomiga nima yozishni bilol-
may, to‘xtab qoldi.
„Nima yozsam ekan-a? Ertak to‘qish shun-
chalik qiyin deb o‘ylamagan edim“. Deraza
yoniga kelib, tashqariga qaradi, dekabr oyi
bo‘lsa ham, qishni eslatadigan hech narsani
ko‘rmadi. Yer qup-quruq, osmon tip-tiniq, quyosh
charaqlab turibdi. „Hmm, ustozimiz ham qiziq.
Qor yog‘magan bo‘lsa, bolalar qorbobo yasa-
mayotgan bo‘lishsa, qanday qilib qish haqida
ertak to‘qib bo‘ladi... Katta yozuvchilar ham
qor yog‘ishini tomosha qilib, keyin ertak
yozishadi-da. Agar qish oxirigacha qor yog‘masa-
chi, unda nima bo‘ladi? – dedi o‘ziga o‘zi. –
Bir xil joylarda qishda ham havo issiq bo‘ladi,
qor yog‘maydi, deyishadi. U yerdagi bolalar
qor o‘ynamasa, chana uchmasa, qish juda
zerikarli o‘tsa kerak. Eh, o‘sha tomonlarga
borib qolsammidi, shartta Qorboboga telefonda
SMS jo‘natib, sovuq havo, ko‘proq qor yubo-
http://eduportal.uz
95
rishini iltimos qilar-
dim. Qor gupullab
yog‘sa, bolalar qor-
bo‘ron o‘ynasalar,
qorbobo yasasalar
qanchalik xursand
bo‘lishardi-ya...“
Sardor shularni
xayolidan o‘tkazib,
jim bo‘lib qoldi.
So‘ng „Voy, shular haqida yozsa bo‘ladi-ku!“
dedi xayoliga kelgan fikrdan quvonib. Va tez-
tez yoza boshladi: „Bir bor ekan, bir yo‘q
ekan, uzoqmas yaqin zamonda bir qishloq
bo‘lgan ekan. U yerlarda qish faslida ham
havo issiq bo‘lar ekan. Sovuq yo‘q, qor yo‘q,
shuning uchun u yerga Qorbobo ham kelmas
ekan. Bolalar sovuq qishda qor o‘ynashni,
qorbobo yasashni juda xohlabdilar. Ular Qor-
boboga elektron pochtadan xat yuboribdilar.
Qorbobo bolalardan o‘z „e-mail“iga kelgan xat-
larni o‘qib, ularga tog‘lardan, o‘rmonlardan ko‘p-
ko‘p qor va sovuq yuboribdi. Bolalar bundan
rosa xursand bo‘libdilar. Qor o‘ynab, chana
uchibdilar. Qordan qorbobo yasabdilar. Hamma
murod-u maqsadiga yetibdi“, deb ertagini ta-
momladi.
Ertasi kuni ustoz o‘quvchilar tomonidan yo-
zilgan eng yaxshi ertaklarni o‘qib berdi. Sar-
http://eduportal.uz
96
dorning ertagiga ham alohida e’tibor qaratib,
yaxshi so‘zlar aytdi. Sardor bu maqtovlardan
quvonib o‘tirgan edi, partadosh do‘sti Shahzod:
– Sardor, internetdan ko‘rdim, bugun qor
yog‘ar ekan, – dedi quvonch bilan.
– Zo‘r-ku! – dedi Sardor yanada sevinib.
Bolalar maktabdan qaytayotganlarida osmon-
dan oppoq qor yog‘ardi.
1. Sardor maktabdan uyiga qanday kayfiyatda
qaytdi?
2. Elektron maktubning mazmunini so‘zlab
bering.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |