2019 O‘qish oxi
M. UMAROVA, X. XAMRAKULOVA,
R. TOJIBOYEVA
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT – 2019
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
3- sinfi uchun darslik
4- nashri
http://eduportal.uz
2
ISBN 978-9943-22-349-3
Mas’ul muharrir: Ulug‘bek Hamdamov – filologiya fanlari doktori.
Ta q r i z c h i l a r :
Baxtiyor Mengliyev
– filologiya fanlari doktori, professor;
Qimmatxon Mamatqulova – RTM boshlang‘ich ta’lim bo‘limi
metodisti;
Ma’mura Zohidova
– O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
o‘quv-metodika bo‘limi bosh mutaxassisi;
Fotima Karimova
– Toshkent shahar Chilonzor tumani
281-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituv-
chisi.
Shartli belgilar:
– savollar
– savol va topshiriqlar
– uyga vazifa
– darsning tugashi
– topshiriqlar
– topishmoqlar
– maqollar
© M. Umarova va b.
© „O‘qituvchi“ NMIU, 2019
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
UO‘Ê: 373.3.016:821-82(075.2)
ÊBÊ 81.2-93
O‘ 97
http://eduportal.uz
3
BIZ BUYUK YURT FARZANDIMIZ
Vatan madhi
Orif To‘xtash
Dunyoda yurtlar ko‘p, turli xalqlar yashaydi.
Lekin har bir odam bolasining aziz bilgan
tuprog‘i bor.
Bu tug‘ilib o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir.
Bizning Vatanimiz esa – jonajon O‘zbe-
kiston! Biz mana shu aziz zamin farzand-
larimiz! Biz ulug‘ bobolarimizdan meros bu
azim tuproqning har zarrasini ko‘zga surtamiz,
muqaddas hisoblaymiz!
Aslida, yer yuzasini qamrab turgan barcha
hududning tuprog‘i bir xil. Biroq uni tabarruk
qilguvchi shu zamin egalaridir.
RASM
http://eduportal.uz
4
Bizning O‘zbekiston deya atalmish serqu-
yosh Vatanimizda ne-ne mutafakkirlar, qancha-
dan qancha aziz-u avliyolar, olim-u fuzalolar
kamolga yetmadi, deysiz?! Shuning uchun ham
bu zaminni dunyo ahli buyuk deya e’tirof eti-
shadi. Shu ma’noda biz buyuklar yurti far-
zandlarimiz. Bundan faxrlanamiz. Ammo unut-
masligimiz ham kerakki, dunyolarga dars ber-
gan ulug‘ bobokalonlarimizning tabarruk qoni
bugun bizning tomirlarimizda jo‘sh urmoqda!
Aziz bolajon! Sizning safingizda iqtidorsiz yo-
ki uquvsiz bolaning o‘zi yo‘q. Kelajak orzular
sari eltguvchi barcha imkoniyatlarga egasiz!
1. Nima uchun matn „Vatan madhi“ deb
nomlangan?
2.
Siz Vataningiz ravnaqi uchun qanday
hissa qo‘shmoqchisiz?
Yurtim jamoli
Dilshod Rajab
Yurtimizni aylandik,
Maqtovga so‘z sayladik:
Toshkent asli bosh shahar,
Bag‘ri nur – quyosh shahar.
Sirdaryo – Gulistonim,
Jizzax – bog‘-u bo‘stonim.
http://eduportal.uz
5
Maydonlarda mard kelgan,
Qashqadaryo, Surxonim.
Nuroniy Samarqandim
Yer yuzining sayqali.
G‘urur qo‘shar ko‘ksiga
Temur bobom haykali.
Ilm uyi Buxoro,
Har toshi hikmat, ma’no.
Xorazmning savlat-u
San’atiga tasanno.
Qoshi qora, qalbi oq,
Qadrdon qoraqalpoq.
Navoiy nomin olib,
Oltin berar bu tuproq.
Farg‘ona-yu Andijon,
Namangan – shohi gulim.
Nomin tilga olsang bas,
Ochilar bahr-u diling.
Nomi dilga darmonim –
Ulug‘ O‘zbekistonim.
She’rda nomlari qayd etilgan shaharlar
haqida nimalarni bilasiz?
She’rni yod oling.
http://eduportal.uz
6
Yangi uy
Hamidulla Murodov
(Hikoya)
–
Qishlog‘imiz chekkasidagi eski bog‘ o‘r-
nida g‘ishtli, chiroyli uylar quriladigan bo‘libdi!
Bu gapni sinfdoshimiz Xurshidbek topib kel-
di. O‘rtoqlari birpasda uni o‘rab olishdi.
–
Qanaqa uylar deding?
–
Kimlar qurar ekan?
–
Kimlar turadi yangi uylarda?..
–
Kim quradi demay, quradiganlar kim
ekan, deb so‘ranglar. Bilasizmi, ular kim? –
Sinfga kirib kelgan ustozlari Orif aka bola-
larning savollariga savol bilan murojaat qildi.
–
Bilmay turibmiz-da, ustoz! Bilolmay tu-
ribmiz...
–
Unda gapimni yaxshilab eshitib olinglar.
Bu quriladigan uylar qishlog‘imizning uyga eh-
tiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan
uylar siz-u bizniki. Endi kimning bo‘sh vaqti
bo‘lsa, o‘qishdan keyin yordamga chiqsin. Qu-
ruvchilarga g‘isht, qum, tuproq yetkazib turish-
da baholi qudrat yordam berasizlar.
Shu kuni darsdan keyin Xurshidbek ko‘cha-
sidagi o‘rtoqlari bilan qurilish bo‘layotgan joyga
borishdi. Bolalarni ko‘rib Bunyodbek amaki ju-
da xursand bo‘ldilar.
http://eduportal.uz
7
– Sizlarni o‘zim yordamga chaqirmoqchi bo‘lib
turgandim, – dedilar. – Yaxshiyam o‘zingiz
kelib qoldingiz. Endi gap shu, uylar qish-
loqniki, demak, sizlarniki ham. Shunday ekan,
ustalarimizga g‘isht, qum, tuproq tashib berib
tursangiz xursand bo‘lardik.
– Yordam beramiz! Yordam beramiz!
Yoz tugamay, yangi uylar qad rostlab, bir
chekkadan bita boshladi. Uyning egalari ko‘-
chib kela boshlashdi. Bu orada yangi o‘quv yili
boshlandi. Bir hafta o‘qigan ham edik, bir kuni
Xurshidbekning dadasi Bunyodbek amaki oila
a’zolariga quvonchli xabarni aytdi.
Xurshidbeklar oilasi ham yangi uyga ko‘-
chadigan bo‘lishdi.
http://eduportal.uz
8
Xurshidbek keyin bilsa, yosh oilalar qatori
yangi bitgan uylardan biri ularning oilasiga
berilgan ekan.
1. Xurshidbek bolalarga qanday yangilikni yet-
kazdi?
2. Bunyodbek amaki nima uchun xursand
bo‘ldi?
Vàtàn desam...
Ulug‘bek Hamdam
Vatan desam, ko‘zimga
Qatra-qatra yosh kelar.
Yosh ichida miltirab,
Buyuk bir bardosh kelar!
Vatan desam, tilimga
Temur-u Bobur kelar.
Moziylarni uyg‘otib,
Do‘mbira, tanbur kelar!
Vatan desam, yuragim
Navolarga to‘lgaydir.
Niyatni yaxshi qilsak,
Navoiy tug‘ilgaydir!
Vatan – muqaddas dargoh,
Imon kabi saqla sen!
http://eduportal.uz
9
Otang bergan isming-u
Onang sutin oqla sen!
Vatan degin, dilbandim,
G‘aflatlarda yotma hech.
Vatan bu o‘zligingdir,
Yot ufqqa botma hech!
Vatan desang, o‘yingga
Ulug‘ shu xalqing kelsin!
Shu xalqing osmonida
Quyoshdek balqqing kelsin!..
Vatan degin, dilbandim!..
1. She’rni ifodali o‘qing.
2. Siz Vataningizni qanday ta’riflaysiz?
3. Vatan deganda nimalar ko‘z oldingizga
keladi?
Download Do'stlaringiz bilan baham: |