Bo‘lim yuzasidan takrorlash
1. Vatanimizni ulug‘lovchi fikrlar bo‘limdagi
qaysi asarlarda berilgan?
2. Buyuk insonlar avlodi bo‘lish uchun
nimalar qilish kerak?
3. Qaysi asarlarda yurtimizning o‘ziga xos
jihatlari ko‘rsatib berilgan? Misollar bilan tu-
shuntiring.
4. Mavzuga doir qanday maqol va hikmatli
so‘zlarni bilasiz?
5. Bo‘limda o‘rgangan she’rlaringizdan
birini yoddan ayting.
http://eduportal.uz
19
SAXOVATLI KUZ
Kuz saxovati
Sharifa Salimova
Aziz bolajonlar! Atrofingizga bir qarang, biz-
ga sezdirmaygina oltin kuz fasli ham kelib
qoldi. Bog‘larda uzumlar sharbatga to‘ldi. Po-
lizlardagi qovun-tarvuzlar katta mashinalarda sha-
harlarga yo‘l olib, bozorlarimizni to‘ldirdi. Oltin-
dek behilar avaylab terib olindi va savatlarga
joylandi. Bog‘bon Salimboy ota o‘zlari yarat-
gan bog‘ga mahallamiz bolalarini olib borib,
„Daraxtlarda bekinib qolgan mevalarni terib
olinglar, uvol bo‘lmasin. Uyga olib ketasizlar“, –
dedi. Alisher va Malika bir chelak olma,
Nafisa bilan Shohjahon ikki chelak nok terdi.
Mehribonu jajji paqirchasini anjirga to‘ldirdi.
http://eduportal.uz
20
– Bobojon, biz ham sizga o‘xshab bog‘bon
bo‘lsak maylimi? – dedi Alisher.
– Albatta, bolajonim, sizlar ona yurtimizda
qancha ko‘p bog‘ yaratsangiz, Vatanimiz shun-
cha gullab-yashnaydi, – dedi bobo. – Saxo-
vatli kuz esa dasturxonimizni ne’matga to‘l-
diradi.
Bolalar yo‘l bo‘yi bobodan kuz haqida hiko-
yalar eshitishdi: dov-daraxtlar qish oldidan barg-
larini to‘kadi, tokzorlar kesilib, qo‘ndoq qilib
usti yopiladi. Aqlli bolalar o‘lkamizda qishlaydi-
gan qushlar uchun in yasaydilar va daraxt
shoxlari orasiga joylashtiradilar. Xazonlarni yi-
g‘ishtirib oladilar va yer bag‘riga o‘g‘it uchun
ko‘madilar. Chaqqon qizchalar yo‘laklarni chin-
niday qilib supurib, xazonlardan tozalaydilar.
Aziz bolajon, qani ayting-chi, siz kuz faslida
nima qilgan bo‘lardingiz?
Uzumlar oilasi
Tolib Yo‘ldosh
Uzumlar ham bir oila –
Siz va bizday yashar ekan.
Urug‘-aymoq degandayin,
Turi yuzdan oshar ekan.
Samarqandning „Yakdona“si
Derlar uzumlar onasi.
http://eduportal.uz
21
Otalari – „Kattaqo‘rg‘on“
Bobomizday ko‘pni ko‘rgan.
„Hasayni-yu Husayni“lar
Emish o‘g‘illari bular.
Oq-u qizil „Shivirg‘oni“
Onalarin dil-u joni.
Suyuk qizlar ekan qarang –
Anor dona yoquti rang...
„Shakar guli“ – kennoyisi
Boshdan oyoq atir isi...
Buvalari „Buvaki“mish,
Liqqo uzum – „Bibi kishmish“.
„Tog‘ uzumi“ – ammalari,
Bir urug‘dan hammalari.
Bari ishkom, so‘ridadir,
Katta bog‘ning to‘ridadir.
1. Uzumning turlariga qanday ta’rif berilgan?
2. Siz qanday uzum navlarini bilasiz?
She’rni yod oling.
Otalari zangi buva,
Onalari yoyma chalpak,
Bolalari shirin-shakar.
(
T ok,
ba
rg
i,
uzu
m)
http://eduportal.uz
22
Download Do'stlaringiz bilan baham: |