2019 O‘qish oxi


Qorparcha Oydinniso (Ertak) 1


bet31/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

Qorparcha
Oydinniso
(Ertak)
1
Qorparcha  yoz  faslini  ko‘rishni  orzu  qilardi.
U  avvallari  dunyoda  yoz  degan  fasl  borligini
bilmasdi.  Har  qishda  o‘ynab-kulib,  yayrab-sakrab
yog‘ardi.  Har  bahorda  bug‘lanib,  osmonga  qaytar,
ba’zan  havo  sovuq  kelsa,  kuzni  ham  ko‘-
rib  qolardi.
Bir qish u o‘ynab tushib, daraxt shoxiga qo‘n-
di. Sovqotib turgan daraxtga uning tashrifi yoq-
madi,  qovog‘ini uydi. Qorparcha hayron bo‘ldi:
–  Nega  xafa  bo‘lasan?  Axir  seni  bezatish
uchun  keldim-ku!  Qara,  qanday  chiroyli  bo‘lib
qolding!
–  Shuyam  chiroy  bo‘ptimi?  –  tumtaydi  da-
raxt.  –  Sovuqdan  hamma  yog‘im  uvushib  ket-
yapti.  Sen  meni  yozda  ko‘rganingda!..
–  Yoz  deganing  nima  u?  –  qiziqdi  Qor-
parcha.
–  Yoz  –  bu...  nur  fasli.  Ona  yer  quyosh  nu-
riga  cho‘miladi.  Gullar  ochiladi,  rang-barang
kapalaklar  ularga  qo‘nib  o‘ynaydi.  Laylaklar  ja-
nubdan  qaytib,  shoxlarimga  in  quradi.  Tuxu-
midan  palaponlar  chiqadi.  Eh,  ularni  bir  ko‘rga-
ningda!
http://eduportal.uz


90
Qorparcha  o‘sha  yili  yerda  qolib,  yozni
ko‘rmoqchi  edi.  Biroq  u  quyosh  chiqishi  bilan
erib,  bug‘lanib  ketdi.  Ko‘z  ochib-yumguncha
o‘zini  osmonda  ko‘rdi.
U  endi  avvalgi  Qorparcha  emasdi.  Qalbini
yozni  ko‘rish  istagi  qamrab  olgandi.  Har  za-
monda  osmondan  yerga  mo‘ralar,  hech  nima
ko‘ra  olmay  xunob  bo‘lardi.
–  Meni  kapalakka  aylantirib  qo‘ying!  –  deb
so‘radi  u  ona  Bulutdan.
–  Nima  uchun?  –  hayron  bo‘ldi  ona  Bulut.
–  Kapalaklar  yozda  yashar  emish.  Men
yozni  ko‘rmoqchiman.
–  Lekin...
–  Iltimos,  kapalakka  aylantirib  qo‘ying!
Yana  qish  keldi.  Ona  Bulut  Qorparchani
kapalakka  aylantirib,  zaminga  uchirib  yubordi.
http://eduportal.uz


91
1.  Qorparcha  nega  yoz  faslini  ko‘rishni  orzu
qildi?
2.  Hikoyani  rollarga  bo‘lib  o‘qing.
2
–  Kapalak  qor  yog‘yapti,  kapalak  qor!  –
suyunib  ko‘chaga  otildi  bolakaylar.
Qorparcha  qanotlarini  qoqib,  havoda  raqsga
tushdi.  Horigach,  tanish  daraxt  shoxiga  qo‘nib:
–  Hooy,  salom!  Ko‘rdingmi,  men  kapalakka
aylanib  keldim!  Sen  bilan  birga  yozni  ko‘r-
moqchiman,  –  dedi  u  daraxtga.
Daraxt  kulimsiradi:
–  Sen  kapalak  emas,  kapalak  qorsan.  Qu-
yosh  chiqsa,  erib  ketasan.
–  Hecham-da,  –  qaysarlik  qildi  Qorparcha,  –
men  kapalakman!
Daraxt  haq  edi.  Qorparcha  yana  havo  isishi
bilan  erib,  bug‘lanib  ketdi.  Biroq  orzu  qilishdan
to‘xtamadi.  Endi  u  ona  Bulutdan  laylakka  ay-
lantirib  qo‘yishini  so‘radi.  Laylaklar  ham  yozda
yashaydi.  Daraxtning  aytishicha,  ular  kattagina
qush  ekan.  Ehtimol,  laylakka  aylansa,  erib
ketmas...
U  qanotlarini  laylakcha  qoqib  zaminga  uchdi.
Bolalar  uni  ko‘rib,  qo‘shiq  kuylay  boshlashdi.
Laylak  qor-u  laylak  qor,
Laylak  qorga  men  xumor.
http://eduportal.uz


92
–  Sen  hech  yozni  ko‘rgan  qor  haqida
eshitganmisan?  –  so‘radi  Qorparcha  tanish
daraxtdan.
–  Eshitganman.  Ular  tog‘  cho‘qqilarida  yashar
emish.  Ko‘pchiligi  yozga  kelib  qurtlab  ketar
ekan.
Qorparchaning  yuzi  burishdi.  Yo‘q,  u  qurtlashni
xohlamaydi.  Yozni  bir  ko‘rsa  bas,  keyin  erib
ketsa  ham  mayli.
Bu  safar  ham  Qorparchamiz  bahor  kelishi
bilan  osmonga  qaytdi.  U  dili  xufton  bo‘lib,  ya-
na  ona  Bulutga  yuzlandi.
–  Shunday  qilamanki,  bu  gal  yozni  ko‘rib
qaytasan!  –  so‘z  berdi  ona  Bulut.
U  so‘zining  ustidan  chiqdi.  Qorparcha  endi
uchib  tushib,  ochilib  turgan  bir  kaftga  qo‘ndi.
Bu  –  qaynoq  yurakli  shoir  bolaning  kafti
edi.  Qorparcha  erib,  uning  vujudiga  singib  ket-
di.  Bu  vujudda  to‘rt  fasl  birday  yashardi.
Qorparcha  orzu  qilganiday,  to‘rt  fasl  go‘zalligidan
bahramand  bo‘ldi.  So‘ng  shoirning  ko‘zlaridan
quvonch  yoshi  bo‘lib  sizib  chiqdi-da,  osmonga
bug‘lanib  ketdi...
1.  Qorparchaning  orzusi  qanday  amalga  oshdi?
2.  Hikoyaning  oxirgi  jumlasini  o‘qing.  O‘z
fikringizni  bildiring.
http://eduportal.uz


93

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish