2019 O‘qish oxi


bet27/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

G‘oz  –  hunaring  oz
Sobit  G‘afurov
Bir  bor  ekan,  bir  yo‘q  ekan.  O‘rmonda  bir
G‘oz  yashar  ekan.  U  doim  kekkayib  yurarkan.
Bir  kuni  hayvon  va  parrandalar  yig‘inida:
–  Men  unaqa-bunaqa  oddiy  g‘ozlardan
emasman.  Siz  parrandalarga  podsho  bo‘lsam
arziydi,  chunki  hunarim  juda  ko‘p,  –  debdi.
–  Xo‘sh,  qani,  bir  ko‘raylik-chi?  –  deyishibdi
parrandalar chug‘urlashib. Maqtanchoq G‘oz da-
vom  etibdi:
–  Men  sayrashni,  yurishni,  suzishni,  os-
monda  uchishni,  suvga  sho‘ng‘ishni  bilaman.
Mana,  shuncha  hunarim  bor.  Qani,  qaysi  bi-
ringiz  bunchalik  ko‘p  hunar  egasisiz?..
http://eduportal.uz


70
–  Quruq  aravani  olib  qochavermay,  hunar-
laringni  ko‘rsat,  –  deyishibdi  atrofdagilar.
Maqtanchoq  G‘oz:
–  Gapimga  ishonmayapsizlarmi,  mana,  yo‘r-
g‘alashimni  ko‘ringlar!
–  Loaqal  yugurishda  menga  yetolmaysan-
ku,  tag‘in  maqtanishingni  qara,  –  debdi  Be-
dana.
–  Qani,  uchib  ko‘r-chi,  –  debdi  Lochin
bilan  Qaldirg‘och.
G‘oz qanot qoqib osmonga ko‘tarilibdi-da, sal
nariga  borib  qo‘nibdi.  Lekin  u  Lochindek  chaq-
qon,  Qaldirg‘ochdek  tez  ucha  olmabdi.
–  Endi  suzib,  suvga  sho‘ng‘ib  ko‘rarsan,  –
debdi  Qurbaqa  vaqillab,  Cho‘rtan  baliq  likillab.
G‘oz  suvga  tushib,  sekin  suzib  ko‘ribdi,  suvga
http://eduportal.uz


71
boshini  tiqib  sho‘ng‘igan  bo‘libdi.  G‘ozning  ha-
rakatini  ko‘rib,  Qurbaqa  bilan  Cho‘rtan  baliq
qotib-qotib  kulishibdi.
–  Qani,  sayrab  ko‘r-chi,  –  debdi  Bulbul.
G‘oz  bo‘ynini  cho‘zib  chunonam  g‘aq-g‘aq-
lab  ketibdi.
G‘oz  xuddi  hamma  ishni  qoyil  qilgandek
kerilibdi-da:
–  Qalay,  hunarim  zo‘r  ekanmi?  –  deb
so‘rabdi  to‘planganlardan.
–  Hunaring  ko‘p  bo‘lgani  bilan  zo‘r  emas
ekan.  Sen,  og‘ayni,  ko‘p  hunarlarni  oz-oz
bilgandan  ko‘ra,  bir  hunarning  ustasi  bo‘l!
Maqtanma  G‘oz,  hunaring  oz!  –  debdi  Qal-
dirg‘och.
1.  G‘ozning  qaysi  jihatlari  qushlarga  ma’qul
bo‘lmadi?
2.  „Ko‘p  hunarlarni  oz-oz  bilgandan  ko‘ra,  bir
hunarning  ustasi  bo‘l“,  degan  gapni  izohlang.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish