2019 O‘qish oxi


O‘n  tilla  mukofot  haqida  ertak


bet26/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

O‘n  tilla  mukofot  haqida  ertak
Anvar  Obidjon
(Ertak)
Jar  solar  Eshak  jarchi  –
O‘rmondagi  xabarchi:
–  Tinglang,  hang-u  hang,  farmon,
Muhr  bosgan  Yo‘lbars  sulton!
Shoh  istarki  o‘rmonda  –
Tuzilsin  zo‘r  komanda.
Ham  bo‘linsin  ikkiga,
Mohir  bo‘lsin  tepkiga.
Chunki  shohning  kenjasi  –
Yo‘lbarschalar  erkasi
Ishqibozmish  futbolga,
O‘n  tillamish  har  golga.
Hamda  barcha  o‘yinchi
Olar  shohdan  suyunchi.
Rozi  bo‘lganlar,  tinglang,
Marsh  orqamdan,  hang-u  hang!
Shoh  tillasin  olay,  deb,
So‘ng  shinam  uy  solay,  deb,
Fil  kelsaki  maydonga,
Yo‘lbars  chiqib  ayvonga,
Mag‘rur  so‘zlab  turganmish,
Barcha  davra  qurganmish:
–  Diqqat,  o‘rtoq  hayvonlar,
Diqqat,  mardi  maydonlar!
http://eduportal.uz


67
Bilib  qo‘ysin  xaloyiq,
Trener  –  maymoq  Ayiq.
Bo‘lmasin  so‘zin  birov,
Komanda  tuzsin  darrov!
Ayiq  chiqib  to‘riga:
–  Sen  sudya,  –  der  Bo‘riga,  –
Kimki  o‘ynasa  qo‘pol,
Yeb  qo‘y,  mayli,  bemalol.
Chetga  chiqib  der  Quyon:
–  O‘ynamayman,  hoy  polvon,
Kechdim  o‘sha  tilladan,
Ajragim  yo‘q  kalladan.
Ayiq  urib  qahqaha,
Der:  „Azal  sen  shunaqa.
Bor,  jo‘nayqol,  dingquloq,
Yumron  sendan  yaxshiroq.
Sen  esa  maymun  –  shayton,
Bo‘lasan  darvozabon...“
Tulki  qo‘llab  hiylasin,
Olay  deb  shoh  tillasin,
Der:  „O‘ynay  men  hujumda,
To‘pni  o‘rab  dumimda.
Chalg‘itaman  juda  soz,
Bu  o‘ringa  o‘zim  mos“.
1.  Ertakni  rollarga  bo‘lib,  ifodali  o‘qing.
2.  Eshak  qanday  farmonni  o‘qib  eshittirdi?
3.  Nega  Quyon  o‘yindan  bosh  tortdi?
http://eduportal.uz


68
–  Be,  o‘rnashmas  to‘p  dumda,
Zo‘r  zarbim  bor  xartumda.
Bas  kelish  emas  hazil,
Men  hujum  qilsam,  –  der  Fil.
Ayiq  o‘rnidan  turib:
–  Bas  qiling,  –  der  bo‘kirib, –
Hujumda  Jirafa  qolar,
U  yaxshi  kalla  solar.
Qanot  hujumchi  –  Qoplon,
Chalg‘itishga  ko‘p  chaqqon.
Tulki  o‘ynar  o‘rtada,
Himoyada  –  to‘rttadan.
Fil  raqibin  aylar  tang  –
Eng  orqada  ko‘ndalang.
To‘ng‘izvoy,  sal  bo‘l  bardam,
Filga  berasan  yordam.
Kirpi,  seni  qo‘shmaymiz,
Yangi  to‘pni  teshmaymiz...
To‘p  o‘rtaga  tashlandi,
O‘yin  jadal  boshlandi.
Ilib  olsa  kim  to‘pni,
Nazarga  ilmay  ko‘pni,
O‘zim  uray  gol,  derdi,
Tilla  olay  mo‘l,  derdi.
Lekin  ochko‘z,  baxillar,
Noinoq,  noahillar  –
Qanchalar  bellashmasin,
Qanchalar  terlashmasin,
Baribir  gol  bo‘lmadi,
http://eduportal.uz


69
Shohning  ko‘ngli  to‘lmadi.
Kirib  nafsin  ko‘yiga,
Horib,  charchab  uyiga
Qaytdi  barcha  o‘yinchi,
Betilla,  besuyunchi...
Bo‘rivoy  chaldi  hushtak,
Shu  bilan  tamom  ertak.
1.  Ertakni  ifodali  o‘qing.
2.  O‘yinda  qaysi  hayvonlar  ishtirok  etishdi?
3.  Hayvonlar  mukofot  olmaganining  sababini
so‘zlang.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish