2019 O‘qish oxi


bet34/121
Sana31.12.2021
Hajmi
#241162
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121
Bog'liq
oqish kitobi 3 uzb

VATAN  HIMOYACHILARI
Vatanimga  xizmat  qilaman
Zikrilla  Ne’mat
Yigitdirman,  yo‘qdir  armonim,
O‘z  burchimni  yaxshi  bilaman.
To  tirikman,  ona  makonim  –
Chamanimga  xizmat  qilaman,
Vatanimga  xizmat  qilaman!
Temur  bobom  qudrati  menda,
Jaloliddin  jur’ati  menda,
Temur  Malik  shiddati  menda,
G‘animlarning  bag‘rin  tilaman,
Vatanimga  xizmat  qilaman!
Mangu  omon  bo‘lsin  deb  xalqim,
Kecha-kunduz  bedordir  qalbim,
Shu  el  –  mening  g‘ururim,  baxtim,
http://eduportal.uz


99
Men  undan  kuch-quvvat  olaman,
Vatanimga  xizmat  qilaman!
Shu  yurt  mangu  dilga  jo  bo‘lsin,
Osmonlari  musaffo  bo‘lsin,
Baxti  uchun  jon  fido  bo‘lsin,
Unga  mangu  sodiq  qolaman,
Vatanimga  xizmat  qilaman!
1.  She’rni  ifodali  o‘qing.
2.  Ajdodlarimizga  munosib  farzand  bo‘lish  uchun
nima  qilish  kerak?  Vatan  haqida  bilgan  ma-
qollaringizdan  ayting.
Balli  buva
Yusuf  Fayzullo
(Hikoya)
Ko‘chamiz  muyulishida  yashaydigan  otaxonni
hammamiz  yaxshi  ko‘rardik.  Maktabga  borish-
dayam,  qaytishdayam  ko‘cha  eshigi  yonida
o‘tirgan  boboga  odob  bilan  salom  berardik.  U
kishi  bizni  „Balli,  bolalarim“,  deya  olqishlardi.
Eng  qizig‘i,  u  kishining  asl  ismlarini  birortamiz
bilmasdik,  „Balli  buva“  derdik.  Goho  katta
yoshlilar  „Polvon  ota“  deya  murojaat  qilishganini
eshitib,  hayron  qolardim:  jussasi  kichkinagina
bu  odamning  nimasi  polvon  ekan?
Keyinchalik,  „Balli  buva“  haqida  onam  bir
voqeani  so‘zlab  bergan  edilar.
http://eduportal.uz


100
U  paytlar  uyimizdan  sal  narida  ekinzor  da-
lalar  bo‘lgan  ekan.  Urush  vaqtida  yosh-u  qari
ertadan  kechgacha  daladan  chiqishmagan  ekan.
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  „Balli  buva“ning
urushga  ketgan  ikkala  o‘g‘illaridan  ham  birin-
ketin  „Bedarak  yo‘qoldi“,  degan  mudhish  xabar
kelibdi.  O‘z  yog‘iga  qovrilib  yotgan  ota-onasini
kuydirib,  kenja  o‘g‘il  ham  frontga  jo‘nabdi.
Undan  ora-sira  kelib  turgan  maktublar  ota-
onaning  yagona  quvonchi  ekan.
O‘sha  yili  bug‘doy  o‘rimi  erta  boshlanibdi.
Bir  kuni  jamoa  xo‘jaligi  raisi  dalaga  kelib,
„Balli  buva“ni  bir  chetga  tortib,  allanimalar
debdi.  Rais  ketgach,  buva  ma’yus  tortib  qolibdi.
Chalg‘ini  yelkasiga  ilgancha,  qo‘shnilarga  bugun
uyga  bormasligini  kampiriga  yetkazib  qo‘yishlari-
ni  iltimos  qilibdi.
Tuni  bilan  tinmay  bug‘doy  o‘ribdi.  Tong  yo-
rishganda,  xo‘jalik  rahbari  kelib  qolibdi.
Bug‘doyzorning  yarmidan  ko‘pi  o‘rib  bo‘lin-
ganini  ko‘rib,  hayron  bo‘libdi.  Bu  otaxonning
ishi  ekanligini  bilgach,  bir  o‘zi  yigirma  kishining
yumushini  bajargan  buvani  dast  ko‘tarib,  „Ya-
shang,  polvon  ota“,  deya  chir  aylantiribdi.
„Balli  buva“ning  kenja  o‘g‘lidan  ham  „qora
xat“  kelganini  xo‘jalik  rahbari  ming  bir  iztirob
bilan  o‘sha  oqshom  aytgan,  otaxon  bor  alamini
ishdan  olgan  ekan...
Hali-hanuz  mahalladoshlarimiz  „Balli  buva“ni
eslab  yurishadi...
http://eduportal.uz


101
1.  Nima  uchun  mahalladoshlari  otaxonni  Balli
buva,  Polvon  ota  deb  atashar  ekan?
2.  Balli  buvaning  qanday  xislatlari  bor  ekan?
Matndan  shu  o‘rinlarni  toping.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish