2001-yil 11-sentyabr aqsh voealari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Al-qoida terroristik tashkiloti haqida



Download 203,62 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi203,62 Kb.
#895539
1   2   3   4
Bog'liq
2001-yil 11-sentyabr AQSh voealari.

2.Al-qoida terroristik tashkiloti haqida
Al-Qoida (arabcha القاعدة — „asos“) sunniy jihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari 1989 yili Sovet qurolli kuchlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi bilan mamlakatda kuch yigʻa boshlagan diniy fundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin va boshqalar)ga borib taqaladi. Al-Qoidaning dasturiga musulmon oʻlkalarda xorijiy taʼsirlarga chek qoʻyish va yangi islomiy xalifalik yaratish kiradi.
„Al-Qoida“ tashkiloti 1980-yillar oxirida tashkil etilgan. 1998-yil AQShning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalaridagi portlashlar va 2001-yil 11-sentyabrida Nyu-Yorkdagi teraktlardan soʻng „Al-Qoida“ jahondagi eng yirik va qudratli terrorchilik tashkiloti sifatida koʻrila boshlandi. Tashkilot asoschisi Usoma bin Lodin 2011-yil mayida Pokistonda yoʻq qilingan. Uning oʻlimdan soʻng Ayman az-Zavahiri tashkilot yetakchisiga aylangan. 2022-yilning 31-iyulida az-Zavahiriy Kobulda AQSh dron hujumi natijasida o‘ldirildi.
Al-Qoida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, NATO, Yevropa Ittifoqi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya, Kanada, Isroil, Yaponiya, Niderlandiya, Birlashgan Qirollik, Rossiya, Shvetsiya, va Shveytsariya tomonidan terroristik tashkilot deb topilgan. Biroq Al-Qoida qarshi keng harbiy va ommaviy kampaniya 2001-yil 11-sentabr terror xurujlarigacha boshlanmagan. Usoma bin Muhammad bin Avad bin Lodin (10-mart, 1957 — 1-may, 2011) Saudiya Arabistonilik harbiy islomchi boʻlgan. Al-Qoida tashkilotini tuzganlikda gumon qilinadi. Boshqa islomiy harbiy rahbarlar bilan birgalikda ikki fatvo (1996 hamda 1998 yilda) chiqardi, ularda musulmonlar Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi va musulmon mamlakatlarga qoʻshinlarini kiritgan davlatlar fuqarolarini, jumladan amerikaliklarni qatl etishlari kerak, deyiladi.
Bin Lodin 2011-yilning 1-may kunida Pokistondagi Abbotobod shahrida AQSh Qurolli Kuchlari tomonidan oʻldirildi
3.11-sentyabr voqealaridan so’ng Iroq-AQSh munosabatlari.
11-sentabr teraktlari Qoʻshma Shtatlarni larzaga soldi. 2001-yil 7-oktabrda, hujumlardan bir oy oʻtmay, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Afgʻonistonga hujumi boshlandi. Iroq masalasida Bush maʼmuriyati va AQSh Mudofaa vazirligi oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazila boshlandi. Uchrashuvlar mavzusi Iroqqa bostirib kirish edi. 21-noyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Bush va AQSh Mudofaa vaziri Ramsfeld oʻrtasidagi uchrashuvda Bush Ramsfelddan Iroqqa bostirib kirish uchun rejalashtirilgan OPLAN 1003 dasturini koʻrib chiqishni soʻradi. Shundan soʻng, Donald Ramsfeld 27-noyabr kuni AQSh Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni Tommy Franks bilan uchrashdi. Ikkalasi bosqinning qanday boshlanishi va bosqinning sabablarini muhokama qilishdi. Afgʻonistondan farqli oʻlaroq, Saddamning Al-Qoida bilan aloqasi borligi isbotlanmagan, bu esa koʻplab savollarga sabab boʻldi[59].
2002-yilga kelib, Prezident Bush Iroqqa bostirib kirish uchun zamin yaratishga kirishdi. U Iroqni "yovuzlik oʻqi" ichida baholadi va Iroqda hech qachon ommaviy qirgʻin quroli boʻlmasligi kerakligini va Qoʻshma Shtatlar esa bunga yoʻl qoʻymasligini taʼkidladi. Hujumdan bir yil oʻtgach, u 2002-yil 12-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqida Iroqqa bostirib kirish haqida rasman gapira boshladi.
Bushning bayonotlaridan soʻng NATO ittifoqchilari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Birlashgan Qirollik Qoʻshma Shtatlarni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Fransiya va Germaniya hujumga qarshi edi; Ular diplomatik jarayonlar davom etishi kerakligini taʼkidladilar. Jiddiy munozaralardan soʻng kelishuvga erishildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1441-rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu qarordan oldin Iroq ommaviy qirgʻin qurollari mavjudligini keskin rad etib, ekspertlar Iroqqa tekshiruv oʻtkazishi mumkinligini maʼlum qildi. Qaror bilan tekshiruvlarning qayta boshlanishiga yoʻl ochdi va Iroqqa hujum uyushtirilsa, jiddiy oqibatlarga olib kelishi taʼkidlandi. Boshqa tomondan, Rossiya va Fransiya, agar Iroq qarorga rioya qilmagan taqdirda ham, bu qurolli aralashuv uchun yetarli emasligini ilgari surdi[62].
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1441-rezolyutsiyasi Saddam tomonidan 2002-yil 13-noyabrda qabul qilingan. Bu voqealardan, tergovchilar tekshirish uchun Iroqqa qaytishdi. 2003-yilning fevraliga kelib, tergovchilar Iroqda yadroviy dastur mavjudligiga oid yetarlicha dalillar topolmadi[63]. Shunday paytda, 2003-yil 5 -fevralda AQSh Davlat kotibi Colin Pawel Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqida Iroq ommaviy qirgʻin qurollarini yashirayotganini daʼvo qildi. Pawellning nutqidagi maʼlumotlar Germaniyada yashovchi iroqlik muhojir, „Curveball“ kod nomi bilan atalgan Ahmad Alvan al-Janabiyning daʼvolariga asoslangan. Keyinchalik bu ayblovlar asossiz boʻlib chiqdi[64]. Bugina emas, Powell Iroqning Al-Qoida bilan aloqasi borligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi. Ushbu dalillardan soʻng AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, Italiya, Daniya, Avstraliya, Yaponiya va Ispaniya Iroqqa qarshi harbiy kuch ishlatishni taklif qildi. Bu taklifga qarshi chiqqan davlatlar ham bor edi. Rossiya bilan birga baʼzi NATO davlatlari Kanada, Germaniya va Fransiya ham bu qarorga qarshi chiqdi va diplomatiya davom etishi kerakligini ilgari surdi.
2003-yil mart oyida, ayniqsa Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Polsha, Avstraliya, Ispaniya, Daniya va Italiya bosqinga harbiy tayyorgarlik koʻra boshladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Bush 2003-yil 17-martda jamoatchilik oldida qilgan nutqida Iroq haqida gapirdi. U Saddam Husayndan Bagʻdodni taslim boʻlishini, ikki oʻgʻlini (Uday va Qusay) olib, Iroqni tark etishini talab qildi. U bu talablarni bajarish uchun 48 soat vaqt berdi[67].

Bosqinga tayyorgarlik[tahrir | manbasini tahrirlash]


Amerika Markaziy razvedkasi (CIA) 2002-yil 10-iyulda Iroqqa maxsus harakat otryadlari guruhini yuborgandi. Keyinchalik bu jamoaga Amerika armiyasining elita askarlari qoʻshildi. Bu ikki jamoa Iroqqa kirgach, bosqinda foydalanish mumkin boʻlgan mahalliy kuchlarni tayyorlashga kirishdilar. Bu tayyorgarliklardan tashqari baʼzi Iroq askarlari bilan aloqaga chiqdilar. Ular ishgʻol paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qarshilikni sindirish uchun bu askarlarni taslim boʻlishga koʻndirishga harakat qildilar. Ular faqat bu bilan shugʻullanib qolmay, qolaversa, razvedka topshiriqlarini bajarib, bosqin paytida zarba berilishi kerak boʻlgan nishonlarni aniqlashda, bosqin yoʻnalishini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. Bu nishonlar koʻpincha iroqlik generallarni oʻz ichiga olgan va generallar hujumning dastlabki kunlarida oʻldirilmagan boʻlsa-da, bu nishonlarni belgilash ularning Iroqdagi nazoratni yoʻqotishida muhim rol oʻynagan.
Amerika razvedkasi Iroqda qoʻllanilishi kerak boʻlgan mahalliy kuchlarga ahamiyat berishgan, shuning uchun ular bosqinning shimoliy frontni tashkil qilish uchun Shimoliy Iroqda Peshmerga (Iroq Kurdistoni)ni tashkil qildilar. Ular Iroq shimolida joylashgan „Ansarul Islom“ tashkilotini va mintaqadagi qudrati kundan-kunga pasayib borayotgan Iroq armiyasini quvib chiqarishdi[68].
Siyosiy tayyorgarlik 2002-yilda boshlangan. Bush oʻzining koʻplab chiqishlarida Iroqqa bostirib kirish uchun zamin yaratgan boʻlsada, bu siyosiy nutqlarning harbiy taʼsiri 2002-yilda koʻrina boshladi. 2002-yil noyabrida NATO sammitida qatnashgan Prezident Bush, agar Saddam qurolini tashlashni tanlamasa, xalqaro koalitsiya Saddamni qurollarini tashlashga majbur qilishini eʼlon qildi
2003-yilga kelib Iroqqa aralashish uchun harbiy koalitsiya tuzila boshlandi. 2003-yil mart oyida koalitsiyada 49 davlat bor edi. Ushbu koalitsiyaga kiruvchi oltita davlat bosqin paytida AQSh bilan birga Iroqqa qoʻshin yubordi (Birlashgan Qirollik, Avstraliya, Polsha, Ispaniya, Portugaliya va Daniya), baʼzi davlatlar Bagʻdod qoʻlga kiritilgandan keyin Iroqqa qoʻshin yuborish orqali koalitsiyani qoʻllab-quvvatladi. Ushbu bosqin uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari jami 466 985 askarni, shu jumladan Quruqlikdagi kuchlardan 336 797 askarni (233 342 piyoda askar, 10 683 zaxira piyoda askarni; 8 866 milliy gvardiya; 74 405 dengiz piyodasi, 9 501 „dengiz mushugi“) yubordi. Dastlab Quvaytga AQShdan 148 ming, Buyuk Britaniyadan 45 ming, Avstraliyadan 2 ming va Polshadan 194 nafar askar joʻnatildi. AQShning Iroq shimolidagi bosqinini qoʻllab-quvvatlaydigan kurdlar sonining 70 ming boʻlishi taxmin qilingan edi. 620 nafar iroqlik dissidentdan iborat guruh Iroq janubiga ham joylashtirilgan[71].
Amerika Qoʻshma Shtatlari, janubda Quvaytdan foydalanib, Iroq shimoli uchun Turkiyadan foydalanmoqchi edi; Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi katta munozaralar natijasida 1-mart qonuni qabul qilinmadi va NATO ittifoqchisi Turkiya bu bosqin uchun oʻz hududidan foydalanishdan bosh tortdi[72][73]. Turkiya Buyuk Millat Majlisining bu javobidan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlari Shimoliy Iroqqa e'tibor bera boshladi. U yerga havo-desant brigadasidan bir necha ming desantchini qoʻndirish bilan kifoyalandi. Biroq, Qoʻshma Shtatlarning asosiy rejasi Shimoliy Iroqqa 15 mingdan ortiq piyoda askarlarini tushirish edi

Download 203,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish