Badiiy ijodda mavzu va g‘oya(Usmon Nosir ijodi asosida)
TO‘RAJONOVA MA‘RUFA NOSIRJON QIZI
NamDU Filologiya fakulteti
o‘zbek tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Umidjon Qo’ziyev
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Usmon Nosirning "Nil va Rim" she‘ri tahlilga tortilgan. She‘rda shoirning Qadimgi Rim, firavn va qullar hayotiga munosabati qanday bayon qilingani, she‘rda ifodalangan voqealarning shoir zamonasiga nechog‘li aloqasi borligi, she‘rda olg‘a surilgan g‘oya nimalardan iborat ekani tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: mavzu, g‘oya, ozodlik, ochlik, qullik.
Аннотация
В данной статье анализируется поэма Усмана Насира «Нил и Рим». В стихотворении анализируется отношение поэта к жизни Древнего Рима, фараонам и рабам, как события, описанные в стихотворении, относятся ко времени поэта, какова идея стихотворения.
Ключевые слова: тема, идея, свобода, голод, рабство.
Annotation
This article analyzes Osman Nasir's poem, "The Nile and Rome". The poem analyzes the poet's attitude to the life of ancient Rome, the pharaohs and slaves, how the events described in the poem relate to the poet's time, and what the idea of the poem is.
Key words: topic, idea, freedom, hunger, slavery.
Hamma davr va zamonlarda ham ozodlik, erkinlik uchun kurashuvchi insonlar millat va xalqning bayrogi va iftixori bolib kelgan. Ularning qiyofasi, kasb-kori, dunyoqarashlari, kurash yollari ozgacha bolishi mumkin, ammo ularning maqsadlari mushtarakdir. Jangchi Vatan ozodligi yolida jonini xatarga qoyib ayovsiz janglarga kiradi, yozuvchi, shoirlar esa ozodlik, erk tuygularini insonlar onggiga asarlari orqali singdirmoqchi bolishadi. Shunday jonkuyar,fidoyi insonlar borligi uchun ham xalqlar doimo mustaqillikka, ozodlikka intilib yashashadi. Ana shunday jonkuyar,millatparvar,fidoyi ozbek shoirlaridan biri Usmon Nosir edi. Uning umrini chaqmoqqa muqoyasa qilinadi. Boisi u chaqmoqdek tezgina sondi-yu, ammo ozidan bir necha asrlarga yetgulik boy ijodiy meros qoldirdi.
Usmon Nosirning adabiyotda paydo bolishi hammaning etiborini tortgan edi. Uning ijod maydoniga kirib kelishi mislsiz kuchi bilan hammani oziga jalb qilgan notanish bir pahlavonning maydonga kirib kelishiga oxshar edi. Ha,u yosh va kichkina jussasi bilan keldi-yu, juda katta yuk kotardi. "Usmon sheriyatimizga shamolday kirib keldi. Balki boronday! U shunday topolon va tolqin bilan keldiki, uncha-muncha sheriy uslub va ijodni tos-tos qilib yubordi. Uni ozimizda "ozbekning Lermontovi", Moskva gazetalarida "Sharqda Pushkin paydo boldi", − deb yozishdi, − deydi shoir Turob To‘la. Darhaqiqat, Usmon Nosir favqulodda tug‘ma shoir edi. Buni uning asarlari har jihatdan isbotlaydi. Usmon Nosir she‘rlari mavzusi rang-barang. Uning she‘rlarida jimjimadorlik, g‘alizlik, zo‘rma-zo‘rakilik ko‘rinmaydi, fikr-tuygu sodda, lekin lirik harorat bilan jozibadorlik bilan, original tashbehlar bilan bayon qilinadi.
Usmon Nosir tarix hikoyalarini qalbdan his qilib oqigan, ulardan tasirlanganini oz sherlarida bayon qilgan. Tarixda bolib otgan xunrezliklarga, adolatsizliklarga shoir oz sherlari orqali munosabat bildiradi. Shunday sherlaridan biri Misrdagi firavn va qullar hayotiga bagishlangan "Nil va Rim" dostonidir. Tarixdan malumki, Misrda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda insonning, ayniqsa, qullarning sariq chaqalik ham qadri yoq edi. Tabiatan erksevar bolgan shoir bunday tarixga, qullar hayotiga befarq emasligini ushbu sherida isbotlaydi. Shoir voqealar bayonida tasvir vositalaridan unumli foydalanadi. Kitobxon koz ongida rimliklarning ayanchli hayotini jonli gavdalantira oladi.
Usmon Nosir yashab otgan davrda haq gapni oshkora va baralla aytish oz boshini ozi kundaga qoyib berishdek gap bolgan.Hammada ham haqiqatni aytish uchun jurat topilavermagan.Buni mustabid tuzum davrida yashab ijod qilgan Erkin Vohidov ozining "Ruhlar isyoni" dostonida quyidagicha bayon qilgan:
Ha, zulm bor,
Haqsizlik bor,
Barchaga bu ayondir,
Ammo
buni zinhor-zinhor
Aytib bo’lmas zamondir".
Hamma bilar,
Inson erki-
Yashashi shart poyidor
Biz ham aytsak bo’lar
lekin
Uyda bola-chaqa bor..."
"Uyda bola-chaqa bor.." asar personajlari tomonidan aytilgan ushbu fikrlardan haq gapni aytgan odamning nafaqat ozi, balki bola-chaqasi, oilasi ham jabr korishini yoki bola-chaqasini baxti uchun, hali uzoq yashashi uchun haq gapni aytishdan tiyilish kerakligi anglashiladi. Ammo Usmon Nosir bunday tahlikali vaziyatlar yuz berishidan qorqmadi. Doimo asarlarida ozodlikni, erkni kuyladi. "Nil va Rim" sherida ham bir qarashda faqatgina tarix qullar va fir’avnlar hayoti tasvirlangandek. Aslida esa, jadid sheriyati barcha namoyandalari kabi, bu sherda shoir ozining Vatani va uni mustamlaka qilgan sobiq shorolar davlati, uning mustamlakachilik siyosati oqibatida yurtda yuz berayotgan ijtimoiy holatlar aks etgan orinlar ham uchraydi. Bu holatlar esa qullar hayoti misolida berilgan. Mustabid tuzum davrida yurtda ocharchilik holatlari juda koplab uchrab turgan. Bunga Jahon urushlari ham sabab bolgan. Sherda Rimdagi qullarning ochlik holati quyidagicha ifodalangan:
O’lim yaxshi, odam agar shunday xor bo’lsa,
Bir parcha non nima o’zi! Shunga zor bo’lsa!
yoki
Kimga yig’lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo’q, quruq xaltasi: non yo’q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo’q.
"Kimga yig’lab, kimdan madad kutsin bemor qul". Qullar ochlikdan, yetishmovchilik va azoblardan bemor bolishgan. Nafaqat ochlik, balki osha paytdagi tuzum ham ularni bemor holiga keltirgan. "Botayotgan quyosh kabi rangida qon yoq". Odatda quyoshning chiqishi va botishini insonning dunyoga kelishi va vafot etishiga qiyoslanadi. Botayotgan quyosh esa qip-qizil rangda boladi. Sherda esa buning aksi keltirilgan. Bu tashbeh bejizga emas. Qullarning umri otib boryapti, umrining quyoshi botishga yaqinlashyapti, yuzlar quyoshdan qizargan, ammo ularda toka olish uchun ham qon yoq, chunki ochlik, xorlik, erksizlik ularning oxirgi umidlarini ham sorib olgan.
Sherda katta sirkdagi odam yani gladiator va hayvon yolbarsning urushi tasvirlangan orinlar uchraydi. Och kozlari qonga tolgan yolbars gladiatorni parcha-parcha qilib tashlaydi. Rim aholisi uchun odatiy holga aylangan ushbu holatga ular chapak chalib munosabat bildirishadi:
Changal soldi! Xalq o’rnidan birdan turdi duv...
Chapak chaldi. "Ey ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir insonga?" −
Dedi, parcha-parcha bo‘lgan gladiator.
Mustabid tuzum davrida esa xalqning ko‘zga ko‘ringan vakillari ayovsiz sud qilingan.Ushbu sudlar adolatsiz ravishda o‘tkazilgan.Sud va sudlanuvchi ortasida xuddi Rimdagi katta sirkda bolayotgan kurash kabi hayot uchun kurash ketgan. Oyinning Rimdagi kabi yakun topishini ayrim "mehrobdan chiqqan chayonlar" chapak chalib kutib olishgan.
Ozodlik, erk tuygulari insonning qonida bolgani uchun quldorlik tuzumi davrida ham qullikka qarshi kurashuvchi insonlar bolgan. Ana shulardan Rimdagi qullardan biri Spartak bolgan. U dastlab quldorlar ustidan galaba qozongan va ularni tor-mor etgan. Ammo hal qiluvchi jangda Spartakning maglub bolgani tarixdan malum.
Issiq izlar...hamon u isyondan is bordek,
Bulutlarning orasida yurar Spartak.
Tarixda "Bosmachilar harakati" deya nom olgan aslida esa istiqlolchilar bolgan qorboshilar harakati ham Spartak qozgoloni kabi erksizlikka qarshi kurash edi. Dastlab ular ham muvaffaqiyat qozonib, koplab yerlarni oz tasarruflariga olishadi. Ammo hal qiluvchi jangda maglubiyatga uchrashadi. Ixtiloflarning kelib chiqishi har ikki harakatning ham tola-tokis goliblikka erishishiga tosqinlik qiladi. Shoir nazdida hali u isyondan is bor. Yani ozodlik uchun kurashish hali toxtab qolgani yoq:
Ki, tun qancha qora bo’lsa, oy shuncha yorug!
Spartakning lashkarlari hali ham borur.
Shoir Spartakning lashkarlari hali ham borligiga ishonch bildiradi. U sherining songida osha isyonning olmas avlodi, qullarning hech sonmas yodi ekanligini takidlaydi:
Mana menman, u isyonning o’lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so’nmas yodi.
Usmon Nosir hayoti va ijodi bilan tanishgan inson uning tarixga, oz zamonasiga, unda bolayotgan siyosiy, ijtimoiy vaziyatlarga nechogli etiborli bolganligini anglab boraveradi. Xalqlar taqdiri uchun bolgan fidoyilik uning nomini mangulikka muhrladi desak, mubolaga bolmaydi. Amir Temur tabiri bilan aytganda,uning qudratini anglash,bilish uchun u qurgan binolar-asarlariga boqish kerak.Shunda uning qudrati namoyon boladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Sultonmurod O.,Ahmedov S., Qo‘chqorov R.8-sinf adabiyot.Darslik-majmua.-Toshkent.G‘afur G‘ulom,2014-31b.
2.Oripov A.Usmon Nosir haqida so‘z.Maqola."O‘zbekiston adabiyoti va san‘ati",1983.
3.Usmon Nosir.Tanlangan asarlar.
4.w.w.w.ziyo.uz
5.w.w.w.kh-davron.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |