bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish;
Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari xam bo‘lishi mumkin.
IV. To‘lov tartibi:
7. DMTTda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi _______________________________so‘m.
Agar ota-onaning ikki yoki undan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda badal to‘lovlar _________________________ so‘mni tashkil etadi.
Bunda:1 oilada 2 va undan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa ota-ona tegishli ravishda bir DMTTdan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda oila a’zolari haqidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasini taqdim etishlari lozim.
8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqida DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi hamda shartnomaga ko‘shimcha kelishuv tuziladi.
9. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi har oyning
15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.
10. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek, qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligiga qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan holda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruhsat beriladi.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha holatlarda qonuniy vakil tomonidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
11. Ota-ona to‘lovi ikki hafta davomida o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun oyning 15 kunidan boshlab qonuniy vakil DMTTga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.
Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona to‘lovi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendarь kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgan hollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda ota-ona to‘lovi to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O‘tgan oy uchun ota-ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashiga yo‘l qo‘yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |