20-sonli umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona (qonuniy vakili ) o‘rtasidagi


II. DMTTning huquq va majburiyatlari



Download 40,42 Kb.
bet3/10
Sana01.01.2022
Hajmi40,42 Kb.
#284181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5431382502553946193

II. DMTTning huquq va majburiyatlari

3. DMTT quyidagi xuquqlarga ega:

DMTT xodimlaring qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini himoya qilish;

vazirlik tomonidan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat ta’lim dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq o‘z o‘quv dasturini ishlab chiqish;

tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash buyicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to‘lov evaziga maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturidan tashqari qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;

maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish buyicha innovatsion faoliyatda ishtirok etish;

DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;

tarbiyalanuvchi kasal bo‘lganida yoki tibbiy ko‘rikda uning kasalligi aniqlanganida, DMTT tibbiyot xodimi tomonidan kunlik filьtratsiyadan o‘tkazilganida tarbiyalanuvchining sog‘ligi bo‘yicha DMTTda bo‘lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTTga qabul qilishni rad etish;

qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to‘lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9-bandida ko‘rsatilgan muddat o‘tgach ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, Qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini tugatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;

qonuniy vakilning tegishli ruxsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shaxslarga berib yuborishni rad qilish.

DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.

4.DMTTning majburiyatlari:

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo‘llanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga qabul qilish;

bolaning DMTTda bo‘lishi vaqtida uning sog‘ligi va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olish bilan bog‘lik zarur va havfsiz sharoitlarni yaratish;

bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalkining milliy, tarixiy, ma’daniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof- muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;

tarbiyalanuvchining jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanishini ta’minlash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

har bir bolaga uning o‘z qobiliyatlariga qarab individual yondoshishni ta’minlash, bola huquqlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;

nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfaatlariga asoslanish;

bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

DMTT Kuzatuv kengashining to‘liq faoliyat olib borilishini ta’minlash;

o‘quv ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog‘ligiga doir xususiyatlarni hisobga olib, maktabgacha ta’limning tegishli sifat, daraja va hajmga muvofiqligini ta’minlash;

DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-ahlok qoidalariga qat’iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakilining huquq va sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilinishini ta’minlash;

bolaga ta’lim berish va uni tarbiyalash masalalari buyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;

maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;

tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish (reja asosida profilaktik emlash, yillik tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini tashkil qilish va boshqalar);

belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq havfsiz, sifatli va sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta’minlash;

qonuniy vakildan yoki tegishli ruhsati bo‘lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;

tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to‘laligicha saqlash;

qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma’lumotlarni taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va uslublari);

DMTTda o‘zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida uz vaqtida xabardor qilish.

DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.

DMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yig‘ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta’qiqlanadi.



III. Qonuniy vakil huquq va majburiyatlari

5. Qonuniy vakil qo‘yidagi huquqlarga ega:

tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

DMTTning ustavi bilan tanishish;

DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, mashg‘ulotlar va x.k.), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;

DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

DMTT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning a’zosi bo‘lib saylanish;

DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;

o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;

DMTT rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.

Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.

6. Qonuniy vakil qo‘yidagi majburiyatlarga ega:

mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;

ota-ona to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;

xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;

DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog‘ligi haqidagi tibbiy xulosa va qonuniy vakili haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;

tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;

tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;

tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;

DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish;

tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;

DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaxo taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bo‘lmaydi;

yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu haqida xabar berish;


Download 40,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish