Mahmud Koshg‘ariy (XI asr). Mahmud Koshg’ariy Markaziy Osiyoda ilk o’rta asr madaniyatining ko’zga ko’ringan arboblaridan bo’lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o’rganish sohasida mashhur bo’ldi, tarixda o’chmas iz qoldirdi.
Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad bo’lib, kelib chiqishiga va tiliga ko’ra Koshg’ariy nisbatini olgan. U XI asrda tug’ilib, yashab ijod etdi. Mahmud Koshg’ariy ham о zining uzoq yillar davomida bunyod etgan «Devonu lug’atit turk» kitobini hijriy 469 (1074/75)-yilda tugallab, uni abbosiy xalifalar avlodidan bo’lgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag’ishlagan. Asarning asosiy matni o'sha davrtla kcmg mintaqa rnusulmon Sharqida, butun Yaqin va O'rta Sharqda din. fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan bo‘lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang- barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Mahmud Koshg'ariy Balasog’unda tug‘ilib, shu yerda yigitlik chog'larini kechirgan bo'lsa ham, uzoq yillar «Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Farg'ona, Buxoro, hozirgi Shirnoliy Afg'onistonga qadar cho'zilgan» turkiy o'lkalarni, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini o‘rgandi, ulami adabiy til bilan chog'ishtirdi, o‘z ishi uchun boy material to'pladi. Lug‘at tuzishda arab tilshunoslariyaratgan an’anadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi.
Koshg'ariy asari, o‘zi ta’kidlashicha, «oldin hech kim tuzmagan va hech kimga ma’lum bo'lmagan alohida bir tartibda» tuzilgan. Unda ko’p shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar ko'rsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tug'dirish uchun sodda va lo‘nda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lug‘atda turkiy so‘z tuzilishi an’analari, jumladan, so‘z tartibi, fe’l shakllari, so‘z etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif ko‘rsatishicha, kitob 8 bo'limdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir bo'limda ot-ism so'zlar, fe’llar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. «Devon» da 7500 dan oshiq turkiy so‘z va iboralar izohlangan. «Devonu lug'atit turk» ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan bo'lib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati o'rtacha adabiy tildagi 10-12 so'zga, shevaga oid bir so‘zga to‘g‘ri keladi, ya’ni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat o'sha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega bo'lganini tasdiqlovchi qat’iy dalildir. Lug'atda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, o‘lka nomlari, daryo, tog‘, yaylov, vodiy, dara, yo‘l, dovon, ko‘l, soy kabi jo4g‘rofiy atamalar, turli qabila, urug‘, elat, sayyora, yulduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik ko'rsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli so'zlar, 700 satrdan oshiq she’riy parchalar ushbu asar sahifalaridan o‘rin olgan. She’riy parchalaming ko‘p qismi turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga xos to'rtliklardan iborat. Ammo, «Devon*>da keltirilgan she’riy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri she’riyatiga xos bo'lgan «bayt» tipidagi masnaviy, qasida, g'azal, qit’a parchalari bo'Iib, ularni Koshg'ariy o'zi ham ko'pincha «bayt» deb ataydi.
Mahmud Koshg'ariy asarida dunv'o xaritasi doira shak- lida chizib ko'rsatilgan uning markazida Markaziy Osiyo joylashgan. Balasog'un, Shosh, O'zgan, Isfijob, Marg'inon kabi shaharlar ushbu hududga aloqador ko'rsatilgan. XI asr jug'rofiy tasawurlaridan darak beruvchi xaritaning ilova qilinishi Koshg'ariyning qomusiy alloma ekanini yana bir marta isbot etadi.
Xulosa qilib aylganda, Mahmud Koshg'ariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, to'plash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Uning tarix, etnografiya, tarix- jug'rofiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan ma’lumotlar VIII-XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham og'zaki xalq ijodi na turli lahjalaming boy manbayi bo'lgani sababli imkon doirasida batafsil tavsif etildi.
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar ilmiy merosi va faoliyatini qayta o'rganish boshlandi. Ulaming xotiralariga yuksak hurmat va ehtirom davlatimiz siyosatining asosiy qirralaridan biri bo'lib qoldi.
Nomi jahonga mashhur bo‘lgan Abulqosim Firdavsiy asli Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Taboron qishlog‘idan bo‘lib, o‘zining «Shohnoma» asari tufayli shuhrat topdi. 60 ming bayt, 120 ming misradan iborat epik dostonni yozish uchun shoir o‘zining 35 yillik umrini sarf qilgan.
Rivoyat qilishlaricha, «Shohnoma»ga dastlab qo‘l urgan shoir Daqiqiy bo‘lgan. U ming baytdan iborat «Gushtasb» dostonini yozib tugatganda, o‘z quli tomonidan o‘ldiriladi va boshlagan ishi chala qoladi. Dostonni yozib tugallash vazifasini Abulqosim Firdavsiy o‘z zimmasiga oladi. Shoir dostonni yozib tugatgach, o‘sha davrda G‘azna davlatining hukmdori bo‘lgan sulton Mahmudga uni xadya sifatida taqdim etadi.
Shoir umrining oxirini xor-zorlikda o‘tkazib, 1030-yilda vafot etgan. 80 yoshlardan oshib qolgan shoir Firdavsiy so‘nggi yillarda Bag‘dodda yashagan va Qur’ondan olingan rivoyatlar asosida «Yusuf va Zulayho» dostonini yozgan. Firdavsiyning «Shohnoma» asarini iqtidorli sharqshunos olim, Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Shoislom Shomuhamеdov o‘zbеk tiliga tarjima qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |