Yusuf Xos Hojib (XI asr). Yusuf Balasog'uniy Yettisuv о lkasidagi Kuzo'rda (Balasog'un) shahrida 1016-1018-yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy
Turkiston o'lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo'l ostida edi. Bu sulola Turk xoqoniigining davomchilaridan bo'lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni boshqarib keldi. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bug'raxon islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar ham uzil-kesil islom mintaqa madaniyatiga kelib qo'shildilar. X asr oxiriga kelib, Somoniylar tanazzulga yuz tutgach, Qoraxoniylar Movarounnahrni tugal egalladilar. Balasog'un ushbu mamlakatning shimolidagi poytaxti edi.
Shoir haqida ma’lumotlar ko‘p emas. U «Qutadg'u bilig» asarini 50 yoshlarda, hijriy 462 yili (1069/70) yozib tugatgan. Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavg'ach ulug‘ Bug'ro Ooraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon bo‘lib, 1075-1103-yillar davomida Qoraxoniylar davlatini boshqargan. «Qutadg'u bilig» asari unga bag'ishlangan paytda u Koshg'arda Arslon-tegin To‘g‘rul Qoraxoqon Mahmudxon (1059-1075)ning o‘rtoq-qog‘oni sifatida hukm surardi (Qorahoniylar sulolasida shunday odat bo'lib, Balosog'un asosiy xoqon hukmdor bo'lganda Koshg'arda uning o'rtoq- qog'oni ish yuritardi).
Asar mazmuni, tili va uslubidan kelib chiqib aytish mumkinki, Yusuf Xos Hojib arab va fors tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanish bo‘lgan. Bundan tashqavi shoir qadim turk yozma adabiyoti, turkiy xalqlar og‘zaki ijodini ham yaxshi bilgan, ular muhitida tarbiya olgan. Shoir turkiy elatlarning qadimiy qo‘shnilari xitoy, mo'g'ul, hind, eroniy xalqlar madaniyati, yunon falsafasi va boshqa o‘sha davr ma’naviy hayotining turli tomonlari haqida mukammal ma’lumot egasi bo'lgan. Bizgacha shoirning yagona dostonidan boshqa asari yetib kelmagan.
Firdavsiy «Shohnoma»si mintaqa xalqlarining o‘tmish tarixini badiiy aks ettirsa, Yusuf Xos Hojib asari uning yangi davrdagi holatini badiiy tafakkur qonuniyatlari asosida mujassam etdi. Muallif o‘z asarini «Shohnomayi turkiy» deb shuhrat topganini aytadi, bu qiyos shu ma’noda to‘g‘riki, o’tmishda mintaqa eroniy hukmdorlar - Kayoniy va Sosoniylar hukmida bo’lgan bo’lsa, Yusuf davrida Sosoniylar mulki turkiy hukmdorlar qo’liga o’tgan edi. Balosog’undan Bag’dodgacha turkiy sulolalar hukm surar edilar. Shu sababli endi sulolalar tarixi emas, davlat boshqarish odobi muhim edi. Asarning yana boshqa shuhrat topgan nomlari «Adab ul-Muluk» («Hukmdorlar odobi») va «Oyin ul-mamlakat» («Mamlakatni idora etish qoidalari») xuddi shu jihatni aks ettirar edi.
«Qutadg’u bilig» kitobi avom xalq uchun emas, birinchi navbatda, xoqon va beklar, ya’ni yurtning hukmdorlari uchun atab yozilgandir. Turkiy sulolalar butun islom mintaqasida hukmfarmo bo’lib kelayotgan bir paytda, ijtimoiy jihatdan «Shohnoma»dan ko‘ra «Qutadg‘u bilig», ya’ni «Hukmdorlar adabnomasi» ko’proq zarur va bu kitob aynan turkiy tilda yozilmog’i kerak edi. Yusuf Xos Hojib ushbu ijtimoiy zaruratni vaqtida anglab yetdi; unga yuksak saviyada javob bera oldi. Abu Ali Hasan Xorunxon uni yaxshi qabul qilgani, shoirni munosib taqdirlagani Kuntug’di va Oyto’ldi timsollari hayotiy haqiqatga ancha muvofiq kelganini ko’rsatadi.
Yusuf Xos Hojib j'amiyatni tubdan o’zgartirishni emas, muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish, takomil baxsh etishni maqsad qilib qo’yadi. Chunki XI asr islom jamiyatining shakllanib, yuksalib kelayotgan davri bo’lib, unda takomillashtirish takliflari o’rinli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |