Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni xulosalarni ilgshari surish mumkin:
Birinchidan, insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lmaydi. Unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o‘zga insonlarga mehr uyg‘otish, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga erishish lozim. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsol- tushunchalarining o‘z ruhidagi poydor ma'naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o‘zgalar ibratida sinashi, bu yo‘lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko‘nglida mehr uyg‘onishi zarur. Bunga turli yo‘llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi.
Ikkinchidan, axborot texnologiyalari imkoniyati cheksiz darajada o‘sib bormoqda. Hozirgi yoshlarga uni ko‘rma, buni o‘qima qabilida ko‘rsatma berib biron natijaga erishish qiyin. Bunday sharoitda yoshlarda internet tizimidan foydalanish madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor berish lozim.
Uchinchidan, turli mazmundagi tahdidlarga nisbatan kuchli hoyaviy salohaiyatni tarbiyalash ishlariga ustuvor vazifa sifatida qarash zarur.
Ma’lumki, bugungi murakkab globallashuv o‘zgarishlar sharoitida mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbini egallash uchun olib borilmoqda. Bu kurashning zamirida esa, turli yot va vayronkor g‘oyalarni amalga oshirish yotadi. Shunday ekan, mamlakat mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartlaridan biri ham g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirishdir.
Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o‘zini ongli himoya qilish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o‘gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko‘rish va bilish jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshdan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak degan, savollarga asoslangan holda aytish mumkinki oila, mahalla va ta’lim muassasalari bo‘lmish bog‘cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya uzviyligi yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog‘lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa o‘z navbatida, odamni to‘g‘ri yo‘ldan “ozish”dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. “Mafkuraviy immunitet shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi”[1]. Bevosita, mafkuraviy immunitet davlat va millatning ma’naviy birligini, sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi.
Hozirgi kunda yoshlarimizda turli xil yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Binobarin, bu jarayon jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi. “Immunitet so‘zining ma’nosi (lot.Immunitos – ozod bo‘lish, qutulish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi”[2]. Soda qilib aytganda, birinchidan, immunitet – inson organizmining turli kasalliklaridan himoya qila olish qobiliyatidir. Vaholanki, bugungi kun yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ikkinchidan, u har bir yosh avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin.
Yoshlarimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O‘zligimizni, ozod – axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi yoshlarimiz qalbida va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish orqaligina millatni asrash mumkin.
Jahondagi har bir xalq va davlat o‘z yoshlarini milliy g‘oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o‘z kelajagini ta’minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O‘zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatdan kuchli, jismonan baquvvat, ma’nan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida urg‘u berib keladi. Hozirgi kunda yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirishda, ta’lim va tarbiya, fan, madaniyat va madaniy-ma’rifiy muassasalar, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport, urf-odat, marosim va bayramlar, oila, mahalla, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari orqali milliy g‘oyani va milliy mafkuraviy immunitetni xalqimiz, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maxsus dasturlar tashkil etilmoqda, milliy g‘oya, milliy mafkurani targ‘ib etish bo‘yicha, jahon chempionlari, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarda boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuskorligida turli tashqi kuchlar hamda markazlar tomonidan tarqatilayotgan yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitet shakllantirish va bu yo‘lda, milliy g‘oya, milliy mafkura tushunchalarini yoshlar ongiga singdirish yuzasidan bir qator ishla olib borildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2001 yildan boshlab “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risidagi farmoyishi, 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 451-sonli qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 iyuldagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-3160 sonli qarori e’lon qilinganligi muhim qadam bo‘ldi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 fevraldagi 07/2-80-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Ichki ishlar, Respublika Bosh prokuraturasi, “O‘zbekkino”
milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida ta’lim muassasalarida diniy-ekstremizm va missionerlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” (3-qism 16-bandi)ni dasturulamal sifatida ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, milliy g‘oyani amalga oshirishning istiqlol yillarida shakllangan mexanizmi, o‘ziga xos tizimi mavjud. Bu ham ta’lim, ham tarbiya jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ta’lim muassasalarda yaratilgan o‘quv qo‘llanmalardan tortib, sinflar va auditoriyalargacha mafkuraviy ta’lim beruvchi ijtimoiy reklamalar bilan qurollantirish va milliy g‘oyani o‘quvchi yoshlar ongiga singdirishda darsliklardagi mavzular yuzasidan interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini beradi.
Bundan tashqari, o‘tgan davrda ijtimoiy ijtimoiy hayotda biz yoshlarga haqiqiy tayanch va suyanch bo‘ladigan, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobqa chiqarishga ko‘maklashadigan “O‘zbekiston” yoshlar ittifoqi va uning turli bo‘g‘indagi tuzilmalari, “Sog‘lom avlod uchun”, Zulfiya nomidagi “Nihol” kabi mukofotlar, tashkil etildi. Bularning barchasi zamirida bir ezgu maqsad – mamlakatimiz yoshlarini immunitetni har tomonlama shakllantirish, ularni kelajagimizning haqiqiy egalariga aylantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar turgani tabiiy, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |