2. Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlash. Mafkuraviy immunitet tushunchasi



Download 25,41 Kb.
bet5/11
Sana28.02.2022
Hajmi25,41 Kb.
#473711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5226868628208489595

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlar ongiga yot g‘oyalarning kirib kelishini oldini olish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yuzasidan quyidagilarni taklif etamiz:
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oiladan boshlab yoshlarning milliy g‘oya va ma’naviyatini shakllantirish orqali Vatani va xalqiga, azaliy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalash darkor;
ta’lim va tarbiya jarayonida mahallaning rolini kuchaytirish kerak. “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona”degan milliy tarbiya tamoyilini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor berishlik lozim;
ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, bu borada yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul va uslublarni ishlab chiqish kerak;
yoshlarning o‘z bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun zamin yaratish.
Yoshlar bo‘sh vaqtlarini chet tillarini o‘rganishga, sport hamda boshqa qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishiga sarflashlari natijasida ularga hech qanday tashqi kuchlarning ta’siri bo‘lmaydi. Jismonan sog‘lom insonning ma’naviyati, mafkuraviy immuniteti yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi va bu orqali har qanday tazyiqlar bartaraf etiladi;
globallashuv jarayonida radio, televideniye va ommaviy axborot vositalarida axloqiy qadriyatlarimizga nisbatan ma’naviy tahdid va xurujlarning sabablari va omillarini o‘rganishga doir turli xildagi eshittirishlar, ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda ilmiy maqolalarning ko‘rik tanlovlarini e’lon qilish;
buyuk ajdodlarimiz, ularning hayoti, amalga oshirgan ishlari, qahramonliklari haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish, ushbu filmlarda ajdodlarimiz faoliyatini, yaxshi tomonlarini kerak bo‘lsa, tasvirlashni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.

Mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish barkamol avlod tarbiyasining muhim yo‘nalishidir. Bugungi insoniyat turli xil g‘oyalar va siyosiy kurashlar butun jahon miqyosida avj olayotgan, g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskinlashayotgan bir sharoitda yashamoqda.
Nima uchun kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Gap shundaki, muayyan g‘oya tom ma’noda g‘oya bo‘lishi uchun kishilar ongini egallashi, to‘g‘rirog‘i, ularning qalbidan joy olishi shart. Aks holda u yoki bu g‘oya faqat muayyan xabar yoki axborot sifatida saqlanib qoladi, xolos. Boshqacha aytganda, omborxonadagi keraksiz buyumlar kabi ongimizning bir chetidan joy egallab yotaverishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bunday holatda g‘oya shaxs uchun hech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Gʻoya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo‘llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda. Aynan shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko‘ramiz. U nayzalardan toki zamonaviy qurollargacha, zambaraklardan to Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini yo‘qotish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo‘nalishga o‘zgartirilgan aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo‘lib qolmoqda.
Mafkura poligonlarida sinovdan o‘tayotgan, mohiyatan g‘ayriinsoniy bo‘lgan g‘oyalarga qarshi tura olish uchun aholida mafkuraviy immunitet hosil qilish lozim. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi. Insonning butun hayoti davomida tashqi ta’sirlarga aks javob sifatida orttirilgan immunitet tizimi shakllanadi. Avvalo, insonning ko‘plab xususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin.


Download 25,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish