2. Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlash. Mafkuraviy immunitet tushunchasi


Buning uchun millat ishonib kelgan qadriyatlar yomonlanadi, obro'sizlantiriladi



Download 25,41 Kb.
bet3/11
Sana28.02.2022
Hajmi25,41 Kb.
#473711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5226868628208489595

Buning uchun millat ishonib kelgan qadriyatlar yomonlanadi, obro'sizlantiriladi.

Natijada mafkuraviy immunitetni sindirishning birinchi bosqichi amalga oshadi – millat o'zi ishonib kelgan g'oyalar, qadriyatlarga befarq munosabatda bo'la boshlaydi. Bo'shliq ana shunday yaratiladi, “ochib olinadi”.
Mafkuraviy bo'shliq hosil bo'lgach, endi uning o'rnini to'ldiruvchi yot g'oyalar jozibali tasvirlana boshlanadi. Buzg'unchi g'oyaga xos “yangilik” va u berayotgan va'dalar odamlar qulog'i va ko'zi orqali ong va qalbiga kira boshlaydi. Mafkuraviy bo'shliq shu tariqa to'ldirila boshlanadi. Yolg'on g'oya odamlar ongiga o'rnashsa, u ham amaliy kuchga aylanadi.
Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g'araz maqsad bilan ta'sir ko'rsatishni ifodalashda manipulyatsiya keng ishlatilmoqda. Ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy immunitetiga ta'sir ko'rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi.
Bunda birinchidan, “da'vatchi”ning ta'siri shaxsga nisbatan zo'rlik va kuch ishlatmasdan, balki ma'naviy, psixologik xususiyatga ega bo'ladi; ikkinchidan, bu ta'sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham “islom dini niqobida” degan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g'oyaviy manipulyatsiya, zimdan ta'sir ko'rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g'oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo'llanilayotgan ta'sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. Ya'ni manipulyatsiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas, (targ'ibot va tashviqotdan farqli o'laroq), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg'otishga xizmat qiladi.

Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlash.

Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma'rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim.
Va nihoyat, shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi. O‘qituvchilar va shifokorlar, madaniy-oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko‘plab mutaxassislar - chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e'tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma'naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma'naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas'uliyatli vazifasidir.
Yana bir dolzarb vazifa - o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma'naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma'naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo‘lishi kerak.
Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o‘z insoniy burchi va mas'uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o‘tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi “dunyoni manfaat boshqaradi” (demak, bu dunyoda har kim o‘z foydasi uchun qo‘lidan kelgan harakatini qilsa, bo‘laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‘i, xudbinona) tezis (“qoida”) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo‘lgan. Uchinchisi - oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya'ni dunyoda azaliy va abadiy qat'iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko‘pchilik o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan o‘ysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to‘rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta'rifiga muvofiq, befarqlik va o‘ysizlik botqog‘iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib, o‘zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko‘tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bo‘lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng ko‘lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‘ibot imkoniyatlariga ega bo‘lmagan edi.

Prezident «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asaridaida bu haqda shunday deyiladi: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.”

Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida, - deb kuyunchaklik bilan qayd etiladi Prezident «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida, - katta ma'naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.”


Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”, - deb yozadi Prezident o‘z «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida va bunday xatarli holatdan faqat o‘z xalqini emas, balki butun jahon afkor ommasini ogohlantirish lozim deb biladi.
Ma'naviy tahdid deganda,- o‘rinli izoh berib o‘tadi Prezident, - avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'i nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.”
Prezidentimiz topib aytganidek, “kimdir Rahmon izmida yursa, kimdir shayton izmida yuradi,” har kimning gunohi ham , savobi ham o‘ziga. Ammo bostirib kelayotgan xavfni ko‘rib turib, ko‘rmaslikka olish, hoziri-yu huzuri, o‘zimning ishim bitsa bo‘ldi-da, o‘zga bilan nima ishim bor, degan kayfiyat bizga to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, gap bizdan keyin shu yurtning chirog‘ini yoqib o‘tiradigan bolajonlarimiz taqdiri ustida ketayapti.
Vaziyatning murakkabligi shundaki, bugungi kunda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash va ziddiyatlar faqat saltanatlar, xalqlar va shaxslar o‘rtasida emas, balki har birimizning qalbimizda, ongimizda kechmoqda. YA'ni bu muammolar faqat yosh avlodgagina taalluqli emas. Dushman ochiq-oydin o‘zini ko‘rsatmaydi: siz maxsus kAbel orqali berilib kino ko‘rib o‘tiribsiz, yoki internet orqali muayyan saytlardagi ma'lumotlar bilan tanishayapsiz, ko‘chada turli reklamalar diqqatingizni tortayapti, ehtiyot bo‘ling, sizni kerakli yo‘nalishda “tarbiya” qilishayapti, o‘z qarashlarini turli

vositalar bilan ongingizga singdirishayapti. Shunday, “ular ko‘pincha turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostida ish ko‘radi.” Biz esa sal g‘aflatga berilsak, ongimizdagi o‘zgarishlarni o‘zimiz ham payqamay qolamiz. Go‘yoki hech kim bizga tajovuz ham qilgani yo‘q, majbur ham qilgani yo‘q, biz o‘z ixtiyorimiz bilan “mustaqil” ravishda shu “xulosa”ga keldik. Bu yerda ta'sir o‘tkazishning shunday makkorona usullari qo‘llanmoqda-ki, uncha-muncha odam g‘aflatda qolishi hech gap emas. Aslida imonli, e'tiborli inson bunday makru hiylalarni juda oson bilib olsa bo‘ladi - ular barchasi insonlar ongining eng tubiga joylashgan biologik (hayvoniy) instinktlarni qo‘zg‘ashga qaratilgan, bunday filmlarda eng ezgu niyatlar ham qo‘lda avtomat bilan amalga oshiriladi, eng ijobiy qahramonlar ham shahvatga beriladi, oddiy hazillar ham o‘zini hurmat qilgan inson uchun haqoratli holatlar shaklida yoki hayosiz iboralarda ifodalanadi.
Prezident, - bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, o‘ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.”

Download 25,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish