Temuriy elchilarning Xitoyga tashrifi yana bir muhim voqea bilan ham bog‘liq edi. Aniqrog‘i, o‘sha paytda Pekinda katta qurilish ishlari nihoyasiga yetib, bu shahar Xitoyning poytaxti, deb e’lon qilingan. Temuriy elchilar ana shu katta tantanaga taklif etilgan bo‘lishi ham mumkin. - Temuriy elchilarning Xitoyga tashrifi yana bir muhim voqea bilan ham bog‘liq edi. Aniqrog‘i, o‘sha paytda Pekinda katta qurilish ishlari nihoyasiga yetib, bu shahar Xitoyning poytaxti, deb e’lon qilingan. Temuriy elchilar ana shu katta tantanaga taklif etilgan bo‘lishi ham mumkin.
Amir Temur saltanatida ham, undan so‘ng Shohrux hukmdorligi chog‘ida ham Markaziy Osiyo bilan Xitoy o‘rtasida savdo-elchilik munosabatlarining rivoji, avvalo Mo‘g‘ulistondagi siyosiy ahvol bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Mo‘g‘ulistonda feodallar o‘rtasidagi nizolar ko‘pincha karvonlarning muntazam qatnoviga to‘sqinlik qilardi. - Amir Temur saltanatida ham, undan so‘ng Shohrux hukmdorligi chog‘ida ham Markaziy Osiyo bilan Xitoy o‘rtasida savdo-elchilik munosabatlarining rivoji, avvalo Mo‘g‘ulistondagi siyosiy ahvol bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Mo‘g‘ulistonda feodallar o‘rtasidagi nizolar ko‘pincha karvonlarning muntazam qatnoviga to‘sqinlik qilardi.
G‘iyosiddin Naqqosh bu haqda, jumladan, shunday yozadi: «(elchilar) Mo‘g‘ul yurtiga qadam qo‘ydilar... Shu paytda, Vaysxon Shermuhammad o‘g‘longa qasd qilib, uni qatl etmoqchi bo‘lganligi va shu sababdan, Qulmuhammad va yana ba’zi bir mo‘g‘ul amirlari Vaysxondan yuz o‘girganlari, ularni qo‘llab butun ulus oyoqqa turganligi haqida xabar yetdi... Sakkizinchi jumod al-oxirda (1420 yil 20 iyun) Vaysxonning elchisi bo‘lmish Dojini Muhammadbekning o‘g‘illari talaganliklari haqida xabar keldi. (Temuriylar) elchilari bundan vahimaga tushib, — biz shoshilimiz kerak, toki tezroq Xitoy chegarasiga yetib olaylik, dedilar. - G‘iyosiddin Naqqosh bu haqda, jumladan, shunday yozadi: «(elchilar) Mo‘g‘ul yurtiga qadam qo‘ydilar... Shu paytda, Vaysxon Shermuhammad o‘g‘longa qasd qilib, uni qatl etmoqchi bo‘lganligi va shu sababdan, Qulmuhammad va yana ba’zi bir mo‘g‘ul amirlari Vaysxondan yuz o‘girganlari, ularni qo‘llab butun ulus oyoqqa turganligi haqida xabar yetdi... Sakkizinchi jumod al-oxirda (1420 yil 20 iyun) Vaysxonning elchisi bo‘lmish Dojini Muhammadbekning o‘g‘illari talaganliklari haqida xabar keldi. (Temuriylar) elchilari bundan vahimaga tushib, — biz shoshilimiz kerak, toki tezroq Xitoy chegarasiga yetib olaylik, dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |