Xitoyda ham o‘sha yillarda iqtisodiyot, madaniyat va savdo rivojlangan: Nankin, Pekin, Suchjou, Sinszyan, Xanchjou, Guanchjou va boshqa shaharlar hunarmandlik va savdo-sotiq markazlari edi. Shohrux davrida Temuriylar davlatining Xitoy bilan elchilik aloqalari 1409 yildan, Hirotga Xitoy elchilari kelgan paytdan boshlandi. Elchilar Amir Temur vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun tashrif buyurgan edilar. Keyingi yillarda bu aloqalar muntazam davom etdi. Jumladan, Hofizi Abro‘ning tarixiy-geografik («Geografiya») asarida Xitoydan 1409, 1412 va 1417 yillarda Hirotga elchilar kelganligi haqida xabar beriladi. Bu asar 1417 yil voqealari bayoni bilan tugaganligi sababli, Hirotga 1419 yili kelgan Xitoy elchilari haqidagi xabar ushbu tarixchining keyinroq yozgan «Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy» («Boysung‘urga bag‘ishlangan sara tarix») asaridan o‘rin olgan. - Xitoyda ham o‘sha yillarda iqtisodiyot, madaniyat va savdo rivojlangan: Nankin, Pekin, Suchjou, Sinszyan, Xanchjou, Guanchjou va boshqa shaharlar hunarmandlik va savdo-sotiq markazlari edi. Shohrux davrida Temuriylar davlatining Xitoy bilan elchilik aloqalari 1409 yildan, Hirotga Xitoy elchilari kelgan paytdan boshlandi. Elchilar Amir Temur vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish uchun tashrif buyurgan edilar. Keyingi yillarda bu aloqalar muntazam davom etdi. Jumladan, Hofizi Abro‘ning tarixiy-geografik («Geografiya») asarida Xitoydan 1409, 1412 va 1417 yillarda Hirotga elchilar kelganligi haqida xabar beriladi. Bu asar 1417 yil voqealari bayoni bilan tugaganligi sababli, Hirotga 1419 yili kelgan Xitoy elchilari haqidagi xabar ushbu tarixchining keyinroq yozgan «Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy» («Boysung‘urga bag‘ishlangan sara tarix») asaridan o‘rin olgan.
Keyingi Xitoy elchilari dastlab Samarqandda to‘xtaganligi, so‘ngra Hirotga borib, u yerdan turli viloyatlarga — bir guruxi Sherozga — Ibrohim Sulton huzuriga, yana bir guruhi Xorazm voliysi amir Shoh Malik huzuriga borganligi ma’lum. Bunga javoban Temuriylar davlatidan Xitoyga jami 500 kishidan ortiq elchilar guruhi yuborilgan va unda turli viloyatlardan vakillar bo‘lgan: Hirot guruhi — Shodixoja (Shohrux elchisi), Sulton Ahmad va Xoja G‘iyosiddin Naqqosh (Boysung‘ur elchilari); Sherozdan amir Hasan (Ibrohim Sulton elchisi); Isfahondan Pahlavon Jamol (Rustam elchisi); Samarqandda ularga Kobul va G‘azna hokimi bo‘lmish Suyurg‘atmish elchisi — Arg‘adoq, Xorazm voliysi Shoh Malikning elchisi — Urduvon va Badaxshon shohining elchisi — Tojiddin qo‘shildi. - Keyingi Xitoy elchilari dastlab Samarqandda to‘xtaganligi, so‘ngra Hirotga borib, u yerdan turli viloyatlarga — bir guruxi Sherozga — Ibrohim Sulton huzuriga, yana bir guruhi Xorazm voliysi amir Shoh Malik huzuriga borganligi ma’lum. Bunga javoban Temuriylar davlatidan Xitoyga jami 500 kishidan ortiq elchilar guruhi yuborilgan va unda turli viloyatlardan vakillar bo‘lgan: Hirot guruhi — Shodixoja (Shohrux elchisi), Sulton Ahmad va Xoja G‘iyosiddin Naqqosh (Boysung‘ur elchilari); Sherozdan amir Hasan (Ibrohim Sulton elchisi); Isfahondan Pahlavon Jamol (Rustam elchisi); Samarqandda ularga Kobul va G‘azna hokimi bo‘lmish Suyurg‘atmish elchisi — Arg‘adoq, Xorazm voliysi Shoh Malikning elchisi — Urduvon va Badaxshon shohining elchisi — Tojiddin qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |