2. N. ismli shaxs oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida 2019-yil may oyida oʻziga avvaldan tanish boʻlgan A. ismli shaxsni M. ismli shaxsning nomusiga tekkanlikda ayblab, bu maʼlumotni oshkor qilib uni sharmanda qilish hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilib uni javobgarlikka torttirishini aytib uni qoʻrqitib, bunday qilmaslik evaziga undan 5000 AQSH dollari berishini talab qilib, shundan 1000 AQSH dollarini 2019-yil 20-may kuni undan Urgut tumani markazida olib, yana qolgan 4000 AQSH dollarini 2019-yil 27-may kuni Urgut tumanida joylashgan “SIM” qafesida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan ushlangan va N. ismli shaxsdan maxsus ishlov berilgan 4000 AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
1. Jinoyat belgilarini tahlil qiling va jinoyatlarni tasniflash boʻyicha qaysi jinoyat turiga kirishini aniqlang
2. Vaziyatga huquqiy baho bering, jinoyat tarkibi belgilarini aniqlang.
Jinoyat kodeksi 14-mddasida jinoyat tushunchasi keltirib o‘tilgan. Ushbu moddada jinoyat tushunchasining asosiy belgilari ko‘rsatilgan, ularga qarab u yoki bu qilmishning ijtimoiy xavfliligini bilish mumkin. Shundan kelib chiqib jinoyatning quyidagi belgilarini keltirish mumkin:
Ijtimoiy xavflilik
Huquqqa xiloflik;
Aybning mavjudligi
Jazoga sazovorlik.
Ijtimoy xavflilik bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazilishi yoki shunday zarar yetkazish xavfi hisoblanadi. Demak, shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish jinoyat deb hisoblanishi uchun u ijtimoiy xavflilik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi bir qancha o‘zgaruvchan sharoitlar, ya’ni jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, yetkazilgan zararning miqdori, aybning darajasi va shakli, shunday turdagi jinoyatlarning qay darajada tarqalganligi aholi huquqiy ongining darajasi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi kazusda N. ismli shaxsning qilgan qilmishi demak ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy belgisi bo‘lsa, jinoyatning formal belgisi uning huquqqa xilofligi hisoblanadi.
Huquqqa xiloflik ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini ifodalaydi. Bundan tushunishimiz mumkinki jinoiy huquqqa xiloflilik jinoyatning jinoiy huquqiy normalarda ko‘rsatilgan jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlanishi tushuniladi. Yuqoridagi kazusning huquqqa xiloflilik belgisini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Jinoyat kodeksi 165-moddasi tovlamachilik jinoyati keltirilgan. Jabrlanuvchining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni topshirishni talab qilish tovlamachilik hisoblanadi. Yuqoridagi vaziyatda N. ismli shaxs A. ismli shaxsdan uning sirlarini ochmasligi uchun pul talab qiladi. Bu yuqoridagi modda normalariga zid harakat hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki ushbu jinoyatning huquqqa xiloflik belgisi mavjud.
Ayb jinoyat belgisi sifatida shuni anglatadiki, birinchidan shaxs o‘zi sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishi va uning natijasida kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat uchun aybi mavjud bo‘lgan taqdirdagina jinoiy javobgarlikka tortiladi, ikkinchidan, aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi1. Yuqoridagi vaziyatda jinoyat qastdan qilingan. Ya’ni, N. ismli shaxs tomonidan qastdan A. ismli shaxsdan pul talab qiladi. Ushbu vaziyatda ayb mavjudligini ko‘rishimiz mumkin.
Qilmishning jazoga sazovorligi deganda esa sodir qilingan qilmish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilgan jazo choralarining tayinlanishi mumkinligi anglatadi.
Yuqoridagi kazusni tahlil qiladigan bo‘lsak, Konstitutsiyamizning 27-moddasida quyidagicha keltirilgan: “Har kim o‘z sha’ni va obro‘riga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega”. Ya’ni har kim o‘z sha’ni va obro‘riga zarar keltirishdan himoyalanish huquqiga ega. Yuqoridagi kazusda N. ismli shaxs A. ismli shaxsdan uni M.ismli shaxsning nomusiga tegkanlikda ayblab, bu ma’lumotni oshkor qilmasli evaziga pul talab qiladi. Jinoyat kodeksi 165-moddasida quyidagicha keltiriladi: “Tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sundagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish, - uch yildan besh yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”2. Ya’ni, jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatib yoki uning sirlarini sotish bilan qo‘rqitish yo‘li bilan jabrlanuvchidan uning mol-mulki talab qilish ushbu norma bilan taqiqlangan. Ushbu moddadan kelib chiqib, N. ismli shaxsning A. ismli shaxsga qilgan qilmishini tovlamachilik jinoyati deb baholashimiz mumkin.
Jinoyatni tasniflashda o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi ko‘ra to‘rt guruhga bo‘lishimiz mumkin. Ular:
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar;
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar;
og‘ir jinoyatlar;
o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.
Jinoyat kodeksi 15-moddasida uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmaganmuddatda ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan va besh yildan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo belgilangan jinoyatlarni qabram oladi. Bundan kelib chiqib, yuqorida keltirilgan holatni kodeksning 165-moddasiga muvofiq uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar tarkibiga qo‘shishimiz mumkin.
Yuqorida keltirilgan kazusda obyekt mulk hisoblanadi. Jinoyat predmeti esa o‘zganing mulki, ya’ni N. ismli shaxs tomonidan olingan A. ismli shxasning mulki hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv tomoni tovlamachilik.
Ushbu vaziyatda jinoyat subyekti jinoyat qonunida belgilangan 14 yoshga shaxs, ya’ni N. ismli shaxs hisoblanadi. Subyektiv tomon to‘g‘ri qasddan sodir etilgan. Maqsad tamagirlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |