32. Jazoni ijro etish muddatlari oʻtib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilishning asoslarini yoriting. Jinoyat kodeksi 69-moddasida jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish asoslari keltirilgan. Hukm kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatda tayinlangan jazo uchun uch yil, besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatda ozodlikdan mahrum etish jazosi uchun besh yil, o‘n yildan ortiq bovlmagan muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosi uchun o‘n yil, o‘n yildan ortiq ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinsa o‘n besh yil ichida hukm ijro etilmagan bo‘lsa, aybdor asosiy va qo‘shimcha jazolardan ozod etiladi. Jazoni ijro etish muddatlari sodir qulingan jinoyatning darajasi bilan emas, jazo chorasi bilan bog‘liq. Shuningdek, jinoyatga jami bo‘yicha jazo tayinlash muhim. Sud tomonidan barcha jinoyatlar hisobga olinib jazo tayinlanadi. Jazodan ozod qilish muddatining o‘tishi ham tayinlangan jazo muddatiga nisbatan hisoblaniladi. Jazoni ijro qilish muddatining o‘tishi natijasida shaxs jazodan to‘liq ozod qilinadi.
Agar mahkum jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlasa ijro etish muddati ikki baravarga ko‘paytiriladi. Bu aybdorning bo‘yin tovlash vaqtidan hisoblanadi va u yigirma besh yildan oshmasligi zarur. Jazoni ijro etishdan bo‘yin tovlash bu tayinlangan jazoni ijro etishdan qochishga qaratilgan har qanday qasddan qilingan harakat tushuniladi. Bunga turar joyni o‘zgartirish, ish joylarini o‘zgartirish, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tish, hujjatlarni o‘zgartirish. Jazodan bo‘yin tovlash yangi jinoyatni o‘z ichiga olmasligi kerak.
Agar mahkum muddat o‘tmasidan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddat hisoblash uziladi va yangi jinoyat sodir etilgan vaqtdan qaytadan hisoblaniladi. Shuningdek, jazo tayinlanganidan yigirma besh yil o‘tsa jazoni ijro etish mumkin emas. Bu muddatning o‘tishi sud hukmi qonuniy kuchka kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Buning quyidagi shartlari mavjud:
sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
shaxsning jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlamasligi;
bu muddat davomida qasddan yangi jinoyat sodir etmasligi lozim.
Umurbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan holatda esa sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sud muddat o‘tishni qo‘llashni lozim topmagan taqdirda jazo ozodlikdan mahrum qilishga almashtiriladi.
Jazoni ijro etish muddati qo‘llanilmasligining yogona asosi bu tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etish bilan bog‘liq.