2 v-kurs “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan


BOB. Baliqqa ishlov berish



Download 6,51 Mb.
bet2/13
Sana08.07.2022
Hajmi6,51 Mb.
#756208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Утабаева Кумуш

1.BOB. Baliqqa ishlov berish.

    1. Umumiy ovqatlanish korxonalarida keltiriladigan baliq turlari.

Baliq zarur ozuqa mahsuloti hisoblanadi. Kimyoviy tarkibi jihatidan uy hayvoni go'shtidan pastroq bo'lsa ham, mineral moddalarga, darmondorilarga, oqsilga boyligi jihatidan go'shtdan ustunlik qiladi. Baliq tarkibida 13—23% oqsil, 0,1—33% yog', 1—2% mineral moddalar, 50—80% suv, A, D , E, B, B₂, PP, С darmondorilari, ekstraktiv moddalar bo'ladi. Baliq oqsillari tarkibida kishi tanasida yangi to'qimalarni hosil qiluvchi juda kerakli aminokislotalar qimmatli hisoblanadi. Bularga albumin, globulin, nukleoproteid va boshqalar kiradi. Birlashtiruvchi to'qima oqsili — kollegen sifatsiz oqsil bo'lib, issiqlik ta ’sirida o'z ko'rinishini tez o'zgartirib, yopishqoq modda glyutinga aylanadi. O’z tuzilishiga ko'ra baliq odam tanasida tez hazm bo'ladi. Muskul to'qimasi yog'i va birlashtiruvchi to'qimalari baliqning iste’mol qilinadigan asosiy qismini — taxminan yarmini tashkil qiladi. Yog'liqlik darajasi bo'yicha baliqlar shartli ravishda 3 turkumga bo'linadi: yog'siz —2% gacha, o'rtacha yog'li — 2—5% gacha, yog'li — 5—15% gacha yog'i bor baliq. 15 dan 33% gacha yog'li baliq alohida yog'li baliq turkumiga kiradi. Baliq tarkibidagi yog' baliqning turiga, yoshiga, qayerdan, yilning qaysi oyida tutilganiga bog'liqdir. Baliqning yog'liqlik darajasi uning ta’miga ta’sir qilishi bilan pazandachilikda ishlatishda ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Baliq yog'i tez eriydi va kishi tanasida yengil hazm bo'ladi. Tarkibida D, A darmondorilarining mavjudligi uning qim matini oshiradi. Ugor, ilonbaliq, osyotr, losos, seld, ugolnaya va shunga o'xshash boshqa baliqlar yog'liqlik darajasi ko'proq bo’ladi. Cho’rtan baliq, treska, sudak, okun, koryushka yog'siz baliqlar hisoblanadi.
Dengiz baliqlari fosfor, natriy, kalsiy, kaliy kabi mineral moddalarga, shuningdek, yod, mis, kobalt, marganets kabi mikroelementlarga boy bo'ladi. Tarkibida ko'p miqdorda yod moddasi bo'lgani uchun baliq parhez taom mahsuloti hisoblanib, uni yoshi ulug' kishilarga iste’mol qilish tavsiya etiladi. Issiq ishlov berishda ekstraktiv moddalar qaynatma tarkibiga o'tadi. Ular kreatin va kreatinindan tashkil topib, ishtahani ochib, oshqozon ichki sekreksiya faoliyatini oshiradi. Dengiz baliqlarida o'ziga xos o'tkir hid bo'lishining boisi ularda azotli mahsulot — aminokislotalaming bo'lishidir.
Taom tayyorlashda har xil turdagi, oilalarga mansub baliqlar ishlatiladi. Eng ko‘p tarqalganlari quyidagilardir.
Olabug‘a — (okun) oilasi — olabug‘a, sudak, dengiz okuni, yersh, bersh,— juda mazali, yog‘siz, go‘shtli va yaxshi cho'ziluvchan bulon hosil qiluvchilardir. Pazandachilikda bu baliqlar mayda suyaklari miqdori kamligi bilan qadrlanadi.
Losos oilasi — syomga, keta, gorbusha, losos, nelma, sigi, oqbaliq, forel — yogli, nozik go‘shtliligi va go‘sht orasida qiltanoqlari bo'lm asligi bilan farqlanadi. Har xil taomlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Osyotr oilasi — osyotr, sevryuga, beluga, kaluga, sterlyad, bester. Bu baliq qatlami yog’li, mazali, mayin to’qimali go'shtga egaligi bilan qadrlanadi. Pazandachilik ishlovida chiqit juda oz chiqadi.

Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish