2 v-kurs “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan


BALIQ TAOMLARI SIFATIGA QO'YILADIGAN TALABLAR



Download 6,51 Mb.
bet12/13
Sana08.07.2022
Hajmi6,51 Mb.
#756208
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Утабаева Кумуш

2.3. BALIQ TAOMLARI SIFATIGA QO'YILADIGAN TALABLAR
VA ULARNI SAQLASH MUDDATLARI.
Tayyor baliq taomlarining sifati retsepturaga rioya qilinganligi, baliq to'g'ri bo'laklanganligi, kesilishi va urvoqqa belangan holati, issiq ishlov qoidalariga rioya qilinganligi va baliqlaming iste’molga tayyor holga keltirilishi, tayyorlangan taomning hid va mazasi, tashqi ko'rinishi, sardak va garnirning taomga mos kelishi ko'rsatkichlariga qarab baholanadi. Pishirilgan baliq bir bo‘lak hisobida suyagi va terisi bilan, suyaksiz terili file holida; osyotr oilasidagi baliqlar terisi bilan, kemirchak suyaksiz yoki terisiz sof file holida beriladi. Baliq o‘z shaklida bir xil yumshoqlikda pishgan rangi, mazasi, hidi tayyorlangan baliqqa xos va oz miqdorda sezilarli ziravor, ko‘kat ildizi xushxo‘rligiga ega bo'lishi lozim. Qo'shib beriladigan garnirlar — kartoshka bir xil kattalikda yoki bir xil bochkacha shaklida kesilgan va yumshoq pishgan bo'lishi, baliq yoniga qo'yilib, ustidan sardak yoki qizdirilgan margarin quyib berilishi lozim. Sardaklar baliq ustidan quyilgan yoki alohida sardak idishida berilishi mumkin. Ko'kat sof holda taom yoniga qo'yiladi yoki to'g'rab, ustiga sepib beriladi.
Dimlab pishirilgan baliq taomi suyaksiz, terili yoki terisiz holda iste’molga tortiladi. Osyotr oilasidagi baliqlar kemirchak suyaksiz va terisiz tortiladi. Mayda baliqlar butun holda bo'ladi. Baliq bir xil yumshoqlikda pishgan, o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishi kerak. Pishirilgan baliq yuzida quyuqlashgan oqsil qoldiqlari bo'lishini nazarda tutib, ulaming tashqi ko'rinishini yaxshilash uchun ustidan sardaic quyib, limon parragi yoki pishirilgan qo'ziqorin, krab bilan bezaladi. Garnirlar alohida likopchada yoki baliq yoniga qo'yilgan holda beriladi. Baliq tarqatilishidan awal sardakka solib isitib olinadi. Qovurilgan baliq suyaklari terili, suyaksiz terili yoki terisiz ich qismi yaxshi tozalangan, osyotr oilasi baliqlari kemirchak suyaksiz terili yoki terisiz, mayda baliqlar butun holda ich qismi yaxshi tozalangan holda bo'ladi. Baliq qovurilganda o'z shaklini saqlab qolishi kerak. Ustki qobig'i sarg'ishdan to qizg'ish ranggacha bo'lib, ko'p yog'da qovurilgan baliqning biroz urvoqlari to'kilib qolishi mumlan.
Yumshoq qovurilgan, bo'laklarga bo'lganda to'qima orasidagi izlari oson ajraluvchan, mazasi qovurilgan baliqqa xos, tuzi me’yorida, kuymagan, xushxo'r bo'lishi lozim. Zvenoga bo'lib qovurilgan baliqlar to'g'ri burchak ostida kesilib, bo'laklarga bo'linadi. Ust qismi shamolda qurimagan va o'z shaklini saqlagan bo'lishi kerak.

Xulosa
Xulosa qilinadiki, baliqdan taomlar tayyorlash xususiyatlari, mazmuni va mohiyati hisobga olinadi. Baliqni iste'mol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda hisoblanadi: yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmotoid artritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda, erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, jigar uchun foydali hisoblanadi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to‘kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Baliqni qovurish jarayoni 140—160°C li haroratda 5—10 minut davomida olib boriladi. Qovurilgan baliqlarni tayyor holga keltirish uchun 250°C li qovurish shkafiga 5—7 minut qo'yiladi. Baliqlarni umumiy qovurish muddati 10—20 minut davom etadi. g'ovurish oxirida baliq ichidagi harorat 85—90°C ga yetadi. Baliq tayyor bo'lganini yuzida mayda rangsiz sharchalar hosil bo'lish holatidan aniqlash mumkin. Tayyor baliq taomlarining sifati retsepturaga rioya qilinganligi, baliq to'g'ri bo'laklanganligi, kesilishi va urvoqqa belangan holati, issiq ishlov qoidalariga rioya qilinganligi va baliqlaming iste’molga tayyor holga keltirilishi, tayyorlangan taomning hid va mazasi, tashqi ko'rinishi, sardak va garnirning taomga mos kelishi ko'rsatkichlariga qarab baholanadi. Pishirilgan baliq bir bo‘lak hisobida suyagi va terisi bilan, suyaksiz terili file holida; osyotr oilasidagi baliqlar terisi bilan, kemirchak suyaksiz yoki terisiz sof file holida beriladi. Baliq o‘z shaklida bir xil yumshoqlikda pishgan rangi, mazasi, hidi tayyorlangan baliqqa xos va oz miqdorda sezilarli ziravor, ko‘kat ildizi xushxo‘rligiga ega bo'lishi lozim. Bugungi kunda baliqchilik sohasi minglab insonlarni ish bilan ta’minlashi bilan birga muayyan jamiyatning iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy manbalardan biriga aylangan.


Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish