Tuzlangan baliq tuzini ketkazish. Umumiy ovqatlanish korxonalariga treska, piksha, qalqonbaliq va boshqa turdagi tuzlangan baliqlar keltiriladi. Ular tarkibida 6 foizdan 20 foizgacha tuz bo’ladi. Ulardan taom tayyorlashdan oldin tuz miqdorini me’yordagi 1—5% ga keltirish uchun baliq suvda bo'ktiriladi. Baliq tuzini ketkazish uchun bo‘ktirishdan avval biroz ishlovdan o‘tkazishi, ya’ni tangasi, suzg‘ich qanotlari, boshi olinadi. Umurtqa suyagi bo‘ylab ikkiga bo’lib bo 'ktiriladi, bu bo‘ktirish vaqtni tejaydi, biroq baliq ta ’mining yomonlashishiga olib keladi. Sudak, okun, seld, zog‘ora baliq oilasidagi baliqlar tozalanmay, butun holda bo'ktiriladi. Baliqlaring tuzini ketkazish 2 usulda — suv almashtirish va oqava suvda amalga oshiriladi.Suv almashtirish — usulida tuzni ketkazish uchun vannaga 10— 12°C haroratdagi sovuq suvga tuzlangan baliq solinadi (bunda 1 kg baliqqa 1 l suv hisobi) va 1, 2, 3 va 6 soat davomida yangi suv quyib, 4 marta almashtiriladi. Suvda tuz miqdori oshib borgan sayin baliqdagi tuzning ajralishi qiyinlashadi. Shu sababli ko'rsatilgan vaqtlar davomida vannadagi suv almashtirilib turilishi lozim.Tuzlangan baliq tuzini oqava suvda ketkazish uchun baliq maxsus panjarali vannaga terilib, vanna ostidan suv yuboriladi. Suv baliqni muntazam yuvib, vannaning ust qismidagi quvur, nay moslamasidan tashqariga chiqib ketadi.Tuzlangan baliq tuzini oqava suvda yuvish 8 soatdan 12 soatgacha davom etadi. Bo'ktirib, tuzi ketkazilgan baliqlar pishirish, baliq kotleti va yaxna taomlar tayyorlashda ishlatiladi.
3- rasm. Qovirilgan baliq.
4- rasm. Baliq sho’rva.
2. BOB. Baliq taomlari.
2.1. Baliq maxsulotlarining foydali xususiyatlari.
Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste'mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.
O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go‘shtini ko‘p yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqdan ko‘plab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur bo‘lgan Omega - 3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega.
Shuningdek, baliqni iste'mol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda hisoblanadi: yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmotoid artritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda, erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, jigar uchun foydali hisoblanadi.
Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to‘kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz.
Odatda, daryo balig‘ini qovurib iste'mol qilamiz. Ammo bunda yurak va tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Bu ko‘rinishda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qo‘shib qaynatma sho‘rvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga o‘rganing. Ammo qovurma baliqqa ko‘ngil ketaversa, zaytun moyida yengil qovurib, dimlab qo‘ygan ma'qul, vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon bo‘ladi.
Baliq olayotganingizda avvalo uni tanlay bilish lozim, yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda bo‘ladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib ko‘ring, ezganda xuddi rezinka singari o‘z holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, o‘tkir hidli, go‘shti yashil yoki sarg‘ish bo‘lsa, yaqinlashmang. Sovutgichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.
Baliqning go‘shtidan tashqari uning moyi ham organizm uchun koni foyda hisoblanadi. Baliq moyidagi D vitamini organizmga kalsiy va fosforning o‘zlashishini faollashtiradi. D vitaminisiz kalsiyga boy mahsulotlar ham foydasiz bo‘ladi. Ayniqsa, qish mavsumida. Chunki D vitamini quyosh nuri ta'sirida organizmga sintezlashadi. Bundan tashqari, D vitamini asab sistemasini tinchlantiradi va tutqanoq tutib qolishidan asraydi.
Baliq eng foydali ovqatlardan biridir. U protein va D vitamini kabi muhim oziq moddalarni beradi. Bu tanamiz va miyamiz uchun nihoyatda muhim bo'lgan omega 3 yog' kislotalarining eng yaxshi manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |