2 v-kurs “Mahsulot tayyorlash texnologiyasi” fanidan



Download 6,51 Mb.
bet4/13
Sana08.07.2022
Hajmi6,51 Mb.
#756208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Утабаева Кумуш

Tirik baliq ozuqalik ahamiyati jihatidan yuqori baholanadi. Maxsus avtoakvarium larda tashilib, 2 sutkadan oshmagan holda oqava suvli vanna akvariumlarda korxonada saqlash mumkin. Tirik holda yaltiroq zog'orabaliq, laqqa baliq, cho'rtan baliq, tovonbaliq, sazan keltiriladi.
Sovutilgan baliqning ichki harorati — ОС dan 5°C gacha bo'ladi. U 5 sutka davomida —2°C dan 1°C gacha haroratli xonada saqlanishi mumkin.
Muzlatilgan baliq ko'p holda uchraydi. Uning ichki harorati — 8 dan — 6°C gacha bo'ladi. U harorati — 8°C li xonada 12 sutka, 0°C dan to — 2°C gacha bo'lgan xonada 3 sutka davomida saqlanishi mumkin.Keltirilgan baliq yaxshi sifatli bo'lishi lozim. Ularning asosiy ko'rsatkichlari tashqi ko'rinishi va hidi hisoblanadi. Baliq mustahkam o'ziga xos to'qimaga ega bo'lishi, bir xilda joylashgan tangali, oyquloq ichi o'ziga xos to'g'ri qizg'ish rangda, shilimshiq moddasidan xoli bo'lishi lozim. Tangasiz baliqlar bundan istisno.
1.2. Baliqni oziqaviy qimmati va ularga ishlov berish.
Baliqning oziqaviy qimmati uning kimyoviy tarkibiga bog’lik. Baliq gо‘shti tarkibida asosiy moddalar miqdori quyidagicha bо‘lishi mumkin: suv 46,1-92,8 %, yog‘ 0,1-33,8 %, azotli moddalar 5,2- 26,6 %, mineral 0,1-4,6 %. Baliq gо‘shti tarkibida azotli moddalar miqdori juda yuqori bо‘lganligi uchun uning gо‘shti oqsilli oziq mahsuloti hisoblanadi.
Oqsil. Baliq gо‘shtida almashtirib bо‘lmaydigan aminokislotalarning hammasi (valin, gistidin, izoleysin, leysin, lizin, metionin, treonin, triptofan, fenilalanin) kiradi. Oqsilli moddalar tarkibiga, asosan, oddiy, albumin va globulinlardan iborat tо‘laqimmatli oqsillar kiradi. Globulinlar tipidagi oqsillardan miozin, aktin, aktomiozin, tropomiozinlar uchraydi. Bunday oqsillar tuzda eriydi va muskul xujayrasi miofibrillarini hosil qiladi. Albumin tipidagi oqsillar (miogen, globulin, mioglobulin, mioalbumin) sarqoplazmalar tarkibiga kiradi. Bunday oqsillar suvda eruvchan hisoblanadi. Bundan tashqari baliq gо‘shti tarkibida oqsili bо‘lmagan azotli moddalar ham bо‘ladi. Baliq gо‘shti tarkibidan bunday moddalarni suv yordamida ajratish juda oson. Shuning uchun ular ekstraktiv moddalar deb ataladi. Ekstraktiv moddalarning ahamiyati shundaki, bu moddalarning ba’zilari baliq gо‘shtigi maxsus ta’m va hid beradi, ishtaxani ochadi va organizmda ovqatning yaxshi hazm bо‘lishiga yordam beradi. Ekstarktiv moddalarning eng ahamiyatlisiga trimetilaminoksid, kreatin, arginin, gistidin, karnozin, anserin ammiak, aminokislotalar va boshqalar kiradi. Baliqni saqlash paytida mikroorganizmlar tasirida va avtoliz jarayoni natijasida baliq gо‘shti tarkibida ekstraktiv moddalar miqdori kо‘payadi. Bunday moddalarning kо‘payishi mahsulot sifatining pasayishi va buzilishiga olib keladi. Shuning uchun baliq gо‘shtida qancha ekstraktiv moddalar kam bо‘lsa, bunday baliq shunchalik parhezbop hisoblanadi.
Yog‘. Baliq tarkibidagi yog‘ turli xil triglitseridlardan iborat. Hozirga qadar bunday triglitseridlar tarkibidan 25 dan ortiq yog‘ kislotalari topilgan. Baliq yog‘i inson organizmida oson hazm bо‘ladi. Baliq yog‘i tarkibida oz miqdorda fosfatidlar, sterin va steridlar, rang beruvchi moddalar bor.
Mineral moddalar. Baliq gо‘shti tarkibida turlicha mineral moddalar bо‘ladi. Kо‘pincha, baliq gо‘shtida fosfor, kalsiy, kaliy, natriy, magniy, oltingugurt, xlor uchraydi. Ozroq miqdorda temir, kobalt, marganets, sink, yod, brom, ftor kabi elementlar ham topilgan.
Uglevodlar. Baliq gо‘shtida uglevodlar glikogen sifatida uchraydi. Uglevodlar baliq gо‘shtida unchalik kо‘p bо‘lmaydi. Lekin ular mahsulotning rangi, ta’mi va hidiga ta’sir kо‘rsatadi.
Vitamin. Baliq gо‘shti tarkibida turli xil vitaminlar bor. Yog‘da eruvchan vitaminlardan «A» va «D» vitaminlari hamda «V1», «V2», «V6», «V12» kabi suvda eruvchan vitaminlar kо‘proq uchraydi.
Suv. Baliq tarkibida suv erkin bog‘langan holda uchraydi. Treska balig‘ida bog‘langan va erkin suvlar 1:3, chо‘rtan baliqda 1:4 nisbatda bо‘ladi.

Download 6,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish