2. UMUMIY QISM 2.1. Detalning xizmat vazifasi
“Valik” detali yig‘ma birikmalarda asosiy detallardan biri hisoblanib, asosan ishchi muhitning ichida joylashgan bo‘ladi. Aylanma haraktlanishga mo‘ljallangan vallarga ishlash muxitidan kelib chiqqan holda podshipniklar, tishli g‘ildiraklar, shesternyalar kabi detallar shponka yoki shlisa ariqchalari yordamida biriktiriladi. Ayrim hollarda vallarning kerakli pog‘onalariga termik ishlovlar berish orqali ishlash mustaxkamligini oshiriladi.
1 – rasm. Berilgan valik detali.
Valik detali massasi 0.68 kg bo‘lib, po‘lat 30XGSA materialidan GOST 4543 – 71 bo‘yicha tayyorlanadi.
Po‘lat 30XGSA materialining o‘rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha (o‘lchamlar % larda).
1 – jadval.
C
|
Si
|
Mn
|
S
|
P
|
Ni
|
Cr
|
Su
|
0.28-0.34
|
0.9 – 1.2
|
0.8 – 1.1
|
gacha
|
0.025
|
0.025
|
0.3
|
0.8 – 1.1
|
0.3
|
Legirlangan konstruksion po‘lat 30XGSA materialidan mashinasozlik ishlab chiqarish sanoatida o‘q, val, tishli g‘ildirak, flanes, kompressorli mashinalar kuragi, richag, tarelka, va 200°S haroratgacha bo‘lgan ish joylarida ishlovchi detallar tayyorlanadi.
Po‘lat 30XGSA materialining o‘rtacha mexanik xossalari.
2 – jadval.
σT
MPa
|
σV
MPa
|
Ψ
%
|
δS
%
|
KSU
kDj/m2
|
NV
|
Toblash
|
880oC moy
|
Bo‘shatish
|
830
|
1080
|
45
|
10
|
49
|
229
|
540oC suv
|
Ishlash sharoitidan kelib chiqqan holda po‘lat 30XGSA materialini 40XFA, 35XM, 40XM, 25XGSA hamda 35XGSA kabi meteriallar bilan almashtirish mumkin.
2.2. Detal tuzilishining texnologikligi va uning miqdoriy ko‘rsatgichlari
Texnologiklikka taxlil mehnat sig‘imi va metall sarfini kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash, ishlov berishda ish unumdorligini yuqori bo‘lgan usullardan foydalanish, detalni ishchi vazifasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan holda detal tayyorlash, tannarxni kamaytirish usullarini topishdan iborat. Berilgan detalning ishlov beriladigan yuzalari alfabit bo‘yicha bosh xarflar bilan belgilab chiqiladi.
Valik detalidagi asosiy yuzalardan B, V va G tashqi silindrik yuzalar hisoblanib, yig‘ma birikmalarda boshqa detallar bilan birikuvchi yuzalardi. B va V yuzalarning yuza tozaligi Ra bo‘yicha 2.5 mkm tashkil etadi va bu mexanik ishlov berish jarayonida tokarlik qora va toza ishlov berishlarda hosil qilinadi. G yuzaning yuza tozaligi Ra bo‘yicha 1.25 mkm tashkil etadi va bu mexanik ishlov berish jarayonida tokarlik qora va toza ishlov berishlardan so‘ng jilvirlab ishlov berishni talab etiladi.
Detal konstrusiyasini texnologikligi –– konstrusiyasini shunday xossalari yig‘indisiki bunda bir xil sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bir xil sharoitda tayyorlangan va ekspluatasiya qilinadigan o‘xshash konstruksiyasiga ega bo‘lgan maxsulotga nisbatan yanada samarador texnologiyalar bilan ishlov berish ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatini beradi.
Loyixalanayotgan detalni chizmasini taxlili shuni ko‘rsatadiki detalni ishchi vazifasini o‘zgartirmagan holda uni tuzilishi elementlarini qisqartirish imkoni yo‘q. Ishlov berishda qiyinchilik tug‘diradigan va maqsadga muvofiq bo‘lmagan yuzalar aniqlanadi.
Bajarilgan taxlil quyidagi koeffisentlarni aniqlashga imkon beradi ([11], 15,18 – b).
Konstruktiv elementlarni unifikasiyasini koeffisenti.
(1)
bu yerda:
Qy.e va Qe unifikasiyalangan konstruktiv elementlar soni va detalni hamma elementlar soni
Materiallardan foydalanish koeffisenti.
Kmf = (2)
bu yerda:
q – detal og‘irligi, q=0.68 kg
Q – zagotovka og‘irligi, Q=0.82 kg
Kmf =
Ishlov berish aniqligi koeffisenti.
(3)
bu yerda:
Yuzalar g‘adir–budurlik koeffisenti.
(4)
bu yerda:
Bajarilgan taxlil yig‘uv birikmaning berilgan detalni to‘g‘ri loyixalashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |