52
Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy xavfsizligiga nazar tashlasak, AQSH o’zining iqtisodiy
xavfsizligini mustaqillikni e’lon qilinishi bilan o’ylay boshlagan. AQSHdagi iqtisodiy xavfsizlik
uning konseptsiyalarida nomoyon bo’lib, milliy va xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni o’zaro
bog’liqligiga tayanadi, unda insonning asosiy inson huquq va iste’molini birinchi o’ringa qo’yish,
inson huquqi birinchi o’rinda ekanligiga ishinch hosil qilish va transmilliy jamoa-ijtimoiy xarakatlar
rolini yuqori baholash, milliy va xalqaro iqtisodiy xavfsizlikning nodavlat xarakatini tuzish
kerakligini kabi asosiy xossalarni o’z ichiga olgan. AQSH shu koncepsiya asosida o’z iqtisodiy
xavfsizlik yonalishlarini belgilab olgan va undan og’ishmasdan xarakat qilmoqda. Rossiya
federatsiyasida esa iqtisodiy xavfsizlik asosan ichki omillarni buzilishi bilan bog’liq, u ishlab
chiqarish, investitsiya va inovatsiya faolligini keskin qisqarishi, ilmiy-tekshiruv potensialini
buzilishi, agrar sohaning stagnatsiyasi, to’lov-pul tizimini pasayishi, davlat qarzini o’sishi orqali
namoyon bo’ladi.
Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos, ajoyib yo’ini tanladi. Uning
mohiyatida bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolik jamiyati qurish, xalqning hayot
kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratib berish orqali kuchli ijtimoiy tadrijiy yo’l bilan
izohlanadi. Mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy
koordinatsiyalanishni kuchaytirish, mamlakatning energetik va oziq-ovqzt xavfsizligini ta’minlash,
davlatning axborot tuzumini takomillashtirish va milliy axborotni ximoyalash orqali ham milliy
iqtisodiyotning xavfsizlik taminlanadi.
Raqobatni rivojlantirish, mavjud korxonalarni ochiq va halollik bilan qayta ko’rib chiqiqsh
qobiliyati past bo’lgan firmalarni bozordan chetlashtirish orqli ham pmilliy iqtisodiyotni
rivojlantirsh, davlatning iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun katta imkoniyat yaratish mumkin.
Bunda barcha korxonalar uchun bir xil shart sharoitlar yaratish va raqobat qoidalarini buzuvchi
qoidalarga qarshi choralar joriy etish zarur. Tabiiy monopoliya bo’lmagan barcha sohalarda
demonopolizatsiya va xususiylashtirishni amalga oshirish va shu orqali raqobat muhitini yaratish
kerak. Agarda korruosiya mexanizmi orqali kriminalelementlar amaldorlarga ta’sir qilsa va ularni
noqonuniy munosabatlar tizimiga tortib, kriminallashgan amaldorlarni iqtisodiyotning boshqa
subyektlaridan pul vositalarini ko’plab olishadi. Bu pulni to’plash uchun o’sha iqtisodchi hisobni
soliq orqali chiqaradiva shu orqali ish mexnizmini olib boradi. Asosan korrupsiya iqtisodiy
munosabatlarga, iqtisodiy o’sish bo’layotgan davlatlarning potensialiga ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy xavfsizlik o’z ichiga iqtisodiy, siyosiy, harbiy, ilmiy-texnik
va ijtimoiy omillarni olib, iqtisodiy xavfsizlikta’minlangan sharoitda milliy iqtisodiyotning o’sishi
hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik tashqi omillarining ta’siridan qat’iy nazar ta’minlanadi.
Iqtisodchi L.Adalkining
33
ta’biri bilan aytganda iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning
mustaqilligi va barqarorligi, doimiy yangilanishi hamda mukammalashuvini ta’minlovchi omillar
yig’indisi sanaladi. Shu sababli iqtisodiy xavfsizlik tizim sifatida o’z ichida ko’plab omillarni
qamrab oladi va zamonaviy bosqichda mamlakatlar milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
oshirish, farovonlikni ta’minlashda muhim o’rin tutuvchi innovatsiyalar ham iqtisodiy
xavfsizlikning muhim bir qismi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: