Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish;
predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni
qog’ozning pastga, uzoqdagilarni tepasiga (razmerlarini o’zgartirmaslik).
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish mustaqil holda syujetga mos rangni berishga o’rgatish.
Bu yoshda bolalarning analitikfikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachiga berilgan mavzuga
mos syujetli mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, “Uy qurish” mavzusi
bo’lsa, bolalar o’zlari qanaqa uy, kim quryapti, qaerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi
predmetning formasi o’zgarishini bilishadi shu o’zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o’rgatishning vazifalari.
Dekorativ
rasm solish, tasviriy san’atning
boshqa barcha turlari kabi, bolada go’zallik xissini rivojlantiradi. Halk
dekorativ san’ati asarlari bolalarga yorqinligi, hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir.
Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat va halqlarning dekorativ san’at asarlari bilan tanishtirish
bilan birga, vatanga bo’lgan muxabbatni, ana shu san’at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo’lgan
xurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
Bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini kompozitsiya bilan bog’lash
xissini rivojlantirish;
Ranglar hissini rivojlantirish;
Dekorativ san’atdagi usullarni farqlay olishni va aloxida elementlarni o’z
ijodida
qo’llay olishni rivojlantirish;
Mo’ykalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko’nikmalarini hosil qilish;
Bolalarni dekorativ rasm solishga o’rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari,
ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o’rtasidagi bog’liqlikni ko’ra olish
malakasini rivojlantirishi
zarur. Bola predmetni shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti,
naqshi
o’zgarishini xis qilishi va albatta, tushunishi zarur. SHundan kelib chiqgan holda u naqsh bilan bezashning
ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o’rtasidagi bog’liqlikni bilib, tushunib boradi.
Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil
qilishga o’rgatish zarur. CHunki dekorativ san’at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo’la olmaydi.
Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri–rangni xis qilishni rivojlantirishdir. Rang–naqsh
ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog’langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib
bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning
bir-biriga mos kelib, uyg’unlashishini albatta,
barchasini o’zlashtira olmaydilar. Lekin, rang xissi ularda bog’chagacha bo’lgan yoshdan boshlab rivojlana
boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruxda murakkablashib boradi:
yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli
uyg’unlashuviga qadar. Bu vazifani amalga oshirishni bolalar eng sodda tasviriy shakllarni chizishni o’rganib
bo’lganlaridan keyingina, bolalar diqqatini yangi vazifaga kontsentratsiyalash ya’ni, qaratish lozimdir: bu–
shu oddiy-sodda shakllarni naqsh hosil qilish uchun ma’lum bir ketma-ketlikda joylashtirishdir.
Boshlangich tasviriy ko’nikmalarga bolalar birinchi va ikkinchi kichik guruxda ega bo’ladilar.
Ikkinchi kichik guruxda ayrim vazifalar dekorativ harakterga ega. Masalan: «Ro’molchaning
chetini
chiziqlar bilan beza». Lekin bunday mashg’ulotning asosiy maqsadi–naqsh hosil qilish emas, to’g’ri
chiziqlarni turli yo’nalishda o’tkazish malakasini mustaxkamlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: