2. Suhbat Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish


O’rta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari



Download 348,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana26.05.2022
Hajmi348,09 Kb.
#610210
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5402198281382006477

O’rta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. 
Dekorativ rasm 
solish bolalarga 4 yoshdan boshlab o’rgatiladi. O’rta guruxda dekorativ rasm solishga o’rgatishning 
vazifalari quyidagilar:
 

CHizikda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini 
rivojlantirish; 

Ranglar xissini rivojlantirish–ya’ni, kontrast, yorkin ranglarni chiroyli moslashtirish; 

Turli yirik va mayda shakllarni–naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini 
rivojlantirish; 

Mo’yqalamdan foydalanishning texnik ko’nikmalarini rivojlantirish, qog’ozga yengil 
tekkazib, nuqtalar hosil kilish; 

Mo’yqalamning boshchasidan to’g’ri chiziqlar o’tkazishda, hamda dog’chalar hosil qilish 
usulida mo’yqalamdan to’liq foydalanish; 
O’rta guruxda dekorativ rasm solishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga 
o’xshashdir. Boshlang’ich mashg’ulotlarda, bolalar mo’ykalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida 
mo’yqalam yordamida dog’chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o’rganadilar. Bunda dog’chalarning 
ranglarini, va naqsh murakkablashgan sari, o’rnini o’zgartiradilar. Mo’yqalam yordamida dog’chalar hosil 


qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo’lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi 
va mo’yqalamni qog’ozga botirib olishdan hosil bo’ladi. SHuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish 
usuli kiritiladi, so’ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi. Nuqta hosil qilish mo’yqalam bilan ishlashda yangi 
usulni talab qiladi: mo’yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga bolada koordinatsion harakat 
yetarlicha rivojlangan bo’lishi kerak, chunki mo’yqalam qog’ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. 
Boshlang’ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. 
Faqatgina insonlar uchun hos bo’lgan qo’lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni 
yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi. 
Almashinuv – kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. CHunki u bir nechta shakllarning 
o’zaro moslashuviga asoslanadi. O’rta guruxdagi bolalar uchun ikkitagina elementni shakli va rangi bilan 
navbatma-navbat almashtirish yetarli bo’ladi. 
Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi 
tasviriy elementlarni kiritish xisobidan hosil bo’ladi. Nuqtalar chizish va mo’yqalamni botirib olish usulidan 
tashqari, bolalar naqshda doirachalar, halqalardan foydalanib chizishni o’rganadilar. Bu elementlarni bolalar 
kichik guruxlarda tasvirlashni o’rganganlar. 
Dekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o’zgaradi: ular ancha kichik xajmda, chizayotganda 
shakllar bir-biriga xajmi jixatdan mos bo’lishi kerak; undan tashqari, bu shakllar predmet obrazi bilan bog’lik 
emas, bu albatta bola uchun tasviriy protsessini murakkablashtiradi. Bolalar yana, naqshni faqat bir chiziqda 
emas, balki turtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o’rganadilar. Bu shakllar naqshda boshqa 
kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to’g’ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki 
kvadratning to’rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi 
bor.
Quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.

Aylana, kvadrat, to’g’rito’rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda 
qo’llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish. 

Rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o’rgatish. 

Naqshning oddiy elementlarini chizishga o’rgatish.

Mo’yqalamdan foydalanishning texnik ko’nikmalarini rivojlantirish (qog’ozda yengil 
yurg’izish, tochkalar qo’yish, chiziqlar chizayotganda mo’yqalamning butun usti bilan chizish). 
Avval bolalar mo’yqalam bilan to’g’ri chiziqlarni chizishni va ularni orasiga nuqtalar qo’yishi, 
ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o’rgatadilar. Undan tashqari bolalar, dumaloq va aylana shakllarni 
chizishga o’rganadilar. 

Download 348,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish