1-rasm. Aktuar hisob-kitoblar turlari klassifikatsiyasi3 Rejali aktuar hisob-kitoblar yangi sug‘urta turini joriy qilish vaqtida risklar kuzatuvi bo‘yicha ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
Aktuar hisob-kitoblar turlari klassifikatsiyasi yuqoridagi chizmada keltirilgan.bBunday holatda sug‘urta kompaniyasi tomonidan mazkur sug‘urta turiga o‘xshash sug‘urta turlari bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalar natijalari asos qilib olinadi. Ma’lum bir muddat (uch yildan kam bo‘lmasligi kerak) o‘tgandan so‘ng olingan statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi va rejali aktuar hisob-kitoblarga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Boshqaruv xususiyatlariga ko‘ra aktuar hisob-kitoblar respublika miqyosida aktuar hisob-kitoblar, viloyatlar miqyosida aktuar hisob- kitoblar va ma’lum bir sug‘urta kompaniyasi miqyosidagi aktuar hisob- kitoblarga bo‘linadi.
Respublika miqyosida aktuar hisob-kitoblar respublikadagi sug‘urta bozoriga tegishli, viloyatlar miqyosidagi esa viloyat xususiyatlariga ko‘ra ishlab chiqiladi, shu bilan birgalikda har bir sug‘urta kompaniyasi o‘z zaxira fondiga ko‘ra aktuar hisob-kitoblarni ishlab chiqadi.
Aktuar hisob-kitoblarni yuritishda sug‘urta statistikasi ma’lumotla- ridan foydalaniladi. Sug‘urta statistikasi sug‘urta ishining umumlashgan yakuniy ko‘rsatkichlarini qayta ishlash usullarini, sug‘urta operatsi- yalarining takrorlanish tizimini o‘rganishni o‘zida mujassamlashtiradi. Sug‘urta statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
N-sug‘urta obyektlari soni; L-sug‘urta hodisalari soni ;
M-sug‘urta hodisasi ro‘y berganda zararlangan obyektlar soni; P-yig‘ilgan sug‘urta badallari summasi-S;
B-to‘lab berilgan sug‘urta qoplamasi summasi; C-jami sug‘urta obyektlari sug‘urta summasi;
Cm-jami sug‘urta jamlanmasidan zararlangan obyektga to‘g‘ri keladigan sug‘urta summasi-Sz.
Aktuarlar aktuar xizmatlari ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikatini olishi shart. Aktuar tashkilotlar o‘z shtatida aktuariy malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida 1 aktuarga ega bo‘lishi kerak. Aktuar tashkilot (aktuariy) faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi. Aktuar tashkilot (aktuariy) hisobotidagi xulosalar mustaqil ekspertiza davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Aktuar hisob-kitoblarning nazariy asoslari XVII asrda D.Graund, Ya. De Vitt va E.Galley kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda hozirgi paytda ancha takomillashtirilgan.
Sug‘urta tarmoqlariga ko‘ra aktuar hisoblar shaxsiy sug‘urta bo‘yicha hisob-kitoblar, mol-mulk sug‘urtasi va javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha aktuar hisob-kitoblarga guruhlanadi. Vaqt ko‘rsatkichlari esa reja asosidagi hisob-kitoblarga guruhlanadi. Bu hisob-kitoblar kelajakda ushbu sug‘urta turini amalga oshirishda sug‘urtalovchiga tayanch bo‘ladi.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urtalash shartnomasi doirasida sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, foyda ko‘ruvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadilar, shuningdek ularga moliyaviy yordam ko‘rsatadilar.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradilar. Assistans xizmatlariga faqat sug‘urtalovchilar tomonidan, sug‘urtalanuvchilar (sug‘urtalangan shaxslar)ning ishtirokisiz haq to‘lanadi.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchilar bilan assistans xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
sug‘urtalovchi tomonidan assistans xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar taqdim etilmagan taqdirda assitans xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;
assistans xizmatlari ko‘rsatishga zarur mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
assistans xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;
qonun hujjatlari va shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlar.
Assistans xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilarga majbur:
sug‘urtalanuvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta hodisalari (holatlari) to‘g‘risidagi xabarlarning kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etish va sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida zarur yordam ko‘rsatish;
sug‘urtalash hollarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini ko‘rish;
sug‘urtalanuvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) chaqiruv qabul qilingan vaqtdan boshlab imkoni boricha eng qisqa muddatlarda zudlik bilan zarur yordam va xizmatlar ko‘rsatishning tashkil etilishini ta’minlash;
qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatni bajarish.
Sug‘urta syurveyeri - quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik yoki jismoniy:
sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
barcha faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish, sug‘urta shartnomasi tuzilgungacha tavakkalchilik darajasini aniqlash;
sug‘urtalashning tekshirilayotgan obyekti bo‘yicha ekspert xulosasi tuzish.
Sug‘urta ekspertizasi o‘tkazishga vakolatli sug‘urta syurveyeri mutaxassislari (ekspertlari)ning ish tartibi sug‘urta syurveyerining ichki hujjatlarida belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri quyidagi huquqlarga ega:
xizmatlar ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urtalanuvchini) erkin tanlash;
sug‘urta obyektini o‘rganish uchun sug‘urtalanuvchidan (sug‘urtalovchidan) zarur axborotlarni so‘rash va olish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta obyektlariga taalluqli bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
qonun hujjatlari va shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlar. Sug‘urta syurveyeri quyidagilarga majbur:
tegishli bilimlarga ega bo‘lish yoki o‘z shtatida tegishli professional bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lish;
syurveyer tomonidan o‘tkaziladigan ekspertizaga daxldor bo‘lgan barcha shaxslarning huquqlariga rioya qilinishini ta’minlash;
ekspertiza o‘tkazish uchun tomonlar taqdim etgan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;
mijozning tijorat yoki boshqa siri bo‘lgan faktlarning mahfiyligini saqlash;
qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
Sug‘urta syurveyeri faoliyati natijalari ekspert hisoboti tarzida rasmiylashtiriladi, undan sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) tomonidan sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasini tuzishda foydalanilishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining ekspert hisobotidagi xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sug‘urta vositachilari sug‘urta xizmatlarini sug‘urta kompaniyasidan iste’molchiga ko‘rsatishda, shuningdek, sug‘urta shartnomasini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bosqichida sug‘urta xizmatlari iste’molchisiga maslahat yordamini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Sug'urta vositachilarining asosiy funksiyalarini - sug'urta xizmatlarini ko'rsatishni rag'batlantirish va xizmatlar iste'molchisiga konsalting qo'llab-quvvatlashni hisobga olgan holda, biz vositachilarni huquqiy maqomi, tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari, faoliyati va funksiyalarning namoyon bo'lishining ko'proq yoki kamroq xarakterliligiga qarab ularni ikkita toifasi haqida gapirishimiz mumkin.
Sug’urta vositachilari hech kimning bevosita ishida bo'lmagan mustaqil operatorlardir. Ular sug'urta yoki qayta sug'urtalash hamda sug'urta va qayta sug'urta qilish bo'yicha ishlarni amalga oshirmoqchi bo'lgan shaxslarni risklarni sug'urtalash yoki qayta sug'urta qilish maqsadida o'z tanlovi bo'yicha to'liq erkinlik bilan birlashtirgan holda sug'urta shartnomalarini tuzishga tayyorgarlik ko'rayotgan shaxslar.4 Sug'urta brokerlari - bu davlat ro'yxatidan o'tgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari sifatida yangilangan tartibda va sug'urtalovchi sifatida sug'urtaga muhtoj shaxs bilan brokerlik shartnomasi asosida o'z nomidan sug'urta bo'yicha vositachilik faoliyatini amalga oshiradi. Yoki sug‘urta brokerlari – tadbirkorlik sub’ekti sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, sug‘urta to‘lovlari, sug‘urta to‘lovlari va sug‘urta tovonlari to‘lovlarini olish va o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmagan fuqarolar. Sugʻurta brokerlari - tadbirkorlik subyekti sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, ular sugʻurta qildiruvchi sifatida sugʻurtaga muhtoj boʻlgan shaxs bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi asosida oʻz nomidan sugʻurta sohasida haq evaziga vositachilik faoliyatini amalga oshiradilar. Sug'urta brokerlari - tadbirkorlik sub'ekti sifatida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan, sug'urta to'lovlari, sug'urta to'lovlari va sug'urta tovoni to'lovlarini olish va o'tkazish huquqiga ega bo'lmagan fuqarolar.