Jaloliddin Manguberdi
Mirkarim Osim
(Hikoya)
Chingizxon harbiy kuch bilan Urganchni bosib ololmagach, hiyla ishlatishga o‘tdi. Mo‘g‘ullar Jayxunning toshqinidan saqlab turadigan to‘g‘onni ochib yubordilar. Shaharni suv bosdi. Hamma imoratlar qulab, suv ostida qoldi. Ko‘plab aholi halok bo‘ldi. Bu vaqtda shahzoda Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi kurashish uchun Eron va Afg‘onistonda qo‘shin to‘play boshlagan edi. U ko‘p qo‘shinni birlashtirib, kesa yonida Parvona shahri atrofida mo‘g‘ullar bilan qattiq kurashdi va dushman ustidan g‘alaba qozondi. Juda ko‘p o‘lja olindi. Jaloliddinning lashkarboshilari o‘ljani taqsimlay boshladilar. Shu payt oralarida nizo chiqib, lashkarboshilarning ko‘pchiligi ketib qoldi. Jaloliddinning askarlari kamayib ketdi. 1 Nesa – hozirgi Ashxabod shahri. Jaloliddinning askarlari kamayib ketganini bilgan Chingizxon Hind daryosi sohilida Jaloliddinga qarshi yurish boshladi va g‘alaba qozondi. Jaloliddin dushman qo‘liga tushmaslik uchun ishongan navkarlari bilan ot solib, daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib oldi. Chingizxon o‘ziga musht ko‘rsatib ketayotgan Jaloliddinning jasorati, mardligiga qoyil qolib, lashkarlarini undan o‘rnak olishga chaqirdi.
1. Chingizxon qanday hiyla ishlatdi? Nima uchun?
2. Jaloliddinning mo‘g‘ullarga qarshi kurashini so‘zlab bering.
3. Qaysi voqea sizni hayajonga soldi? Nima uchun?
Buyuk bobomizning buyuk himmatlari
Xudoyberdi To‘xtaboyev
(Hikoya)
Amir Temur bobomiz tengi yo‘q buyuk sarkarda, buyuk adolatparvar inson bo‘lgan ekanlar. Lekin bosqinchilarga shafqat qilmagan ekanlar. Ularni yigirma yetti mamlakatdan quvib chiqarib, o‘sha mamlakatning aholisiga ozodlik imkonini bergan ekanlar. „Haqiqat yo‘lidan, haq yo‘lidan boringlar“, degan ekanlar. Jasur askarlarining, mard lashkarboshilarining, hatto uzoq-uzoq qishloqlarda yashayotgan jasur yigitlarning ham qadriga yetib, yuksak-yuksak mukofotlar berar ekanlar. Bir kun katta safardan katta muvaffaqiyat bilan qaytib kelgach, o‘zlari yaxshi ko‘rgan nabiralaridan birini olib, bog‘larida dam olayotgan ekanlar. Shu paytda hashamatli darvoza oldida turgan qorovullarga bir mushtipar ona kiyimlari yirtilib ketgan, boshida bir parchagina mato o‘ralgan holda kelib: „Men shohanshohning oldiga kirmoqchiman, och darvozangni“, – debdi. Qorovulda turganlardan biri: „Anchamuncha mamlakatlarning elchilari, o‘zlarining minglab qo‘shinlariga boshchilik qiladigan sarkardalari kirolmaydi-yu, senga yo‘l bo‘lsin“, – deb javob qaytaribdi. Ona oyog‘i bilan yer tepib: – Darvozani ochasan, men Onaman! – debdi. Qorovul boshlig‘i: – Tezroq ket bu yerdan! – deb o‘dag‘aylabdi. Ayol yana yer depsinib: – Men Onaman! – deb hayqiribdi. – Bo‘lmasa, sen narigi darvozaga bor, ruxsatnoma o‘sha yerda beriladi, – debdi. – Yo‘q, – debdi ayol, – men uch yildan buyon yo‘l yuraman. Cho‘llarda, sahrolarda suvsizlikdan qiynaldim, changalzorlardan o‘tganimda tikanlar badanimni qonatib behol qildi O‘rmonlarda bo‘rilarga yem bo‘lishim mumkin edi. Yo‘q, yo‘q, men Amir Temurning huzuriga kirishim kerak, – deb qat’iy turib olibdi.
1. Amir Temur qanday fazilatga ega inson bo‘lgan?
2. Ona nimani talab qildi?
2
– Xo‘sh, arzing nima o‘zi, arzingni ayt-chi, –deb so‘rabdi qorovulboshi.
– O‘g‘lim asirga tushgan, boshqa bir o‘g‘lim qal’amizni himoya qilayotganda o‘ldirilgan. Mayli, o‘lgani ketdi, yurtning himoyasi uchun ketdi, lekin bir zargar o‘g‘lim shu yerda, shuni so‘rab keldim, – deb yana yer depsinibdi ayol.
– Menga qara, sening o‘g‘ling qaysi qal’ani himoya qilayotganda halok bo‘lgan? – so‘rabdi qorovulboshi. – Mening pahlavon o‘g‘lim Al-Ahrom qal’asini himoya qilishda o‘lgan, – deb javob beribdi ayol.
Ana shu paytda Amir Temur bobomiz o‘ynayotgan shaxmatini to‘xtatib, gapga quloq solib turgan ekanlar. Al-Ahrom qal’asi himoyasini eslabdilar. O‘sha yurtning yigitlari o‘z yurtlarini mardona himoya qilganlarini ko‘rgan, eshitgan ekanlar. Buning ustiga, „Men Onaman!“ deb yer depsinib turgani Amir Temur bobomizning
ruhiga qattiq ta’sir qilibdi.
„Men Onaman!“ degan so‘zlar quloqlari ostidan ketmabdi. Farmon bo‘libdi. Amir Temur yupun kiyingan onani huzurlariga keltirishlarini buyuribdilar.
– O‘g‘ling Al-Ahrom himoyasida o‘lganmi? –deb so‘rabdilar Amir Temur bobomiz. – Men jasoratli insonlarni agar u dushmanim bo‘lsa ham hurmat qilaman. Sening uch yildan buyon yo‘l bosib mana shu yerga yetib kelishing menga boshqa onalarga namuna bo‘lishga arziydigan bir holatni eslatdi. Men hamisha jasurlikni, jasoratni himoya qilganman, – debdilar. Farmon beribdilar, Al-Ahrom qal’asidan asirga kelganlarni aniqlashibdi. Ularning hammasi yer ostidagi qurol-aslaha yasaladigan joyda tutqunlikda ekan. Onaning jasorati uchun Amir Temur bobomiz qolgan o‘ttizta asirni ham ozod qilib, Amudaryodan o‘tgunlaricha ularni himoya qilib borishlarini tayinlabdilar.
1. Al-Ahrom himoyasida qanday voqea yuz bergan edi?
2. Amir Temur Onaga qanday himmat ko‘rsatdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |