O`ZBEKISTON MUSTAQILLIK YO`LIDA
Tarix, adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar sovetcha mafkuraga bo’ysundirildi (KRSS tarixi, R.Nabiyev, davlatchilik masalasi, Pugachov - Temur).
Ko’p yillar davomida “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” kabi afsonaviy mazmundagi asarlar zararli deb topilib, saxnalardan olib tashlandi.
O`ZBEKISTON MUSTAQILLIK YO`LIDA
1983-yilning oxirida respublikada juda og’ir vaziyat vujudga kelgan edi.
Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi.
Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining’ birinchi o’rinbosari Ogaryok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining o’rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi.
Respublika prokurori etib Buturlin, uning o’rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi.
Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo’lib, ular respublikadagi hukmronlikni to’la qo’lga olgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |