O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti tarix fakulteti



Download 137,33 Kb.
bet1/7
Sana11.06.2022
Hajmi137,33 Kb.
#654883
  1   2   3   4   5   6   7

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
5120300- Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
III - kurs 19.76 B guruh talabasi Gulafzo Axunovaning
O’zbekiston davlatchiligi tarixi fanidan
O‘ZBEKISTONDA SINFIY VA MAFKURAGA ASOSLANGAN KOMMUNISTIK PARTIYANING MUTLOQ HUKMRONLIGI O‘RNATILISHI ‘‘mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: _________________________
FARG’ONA - 2022

MUNDARIJA


KIRISH …………………………………………………………………………………3
Mavzuning dolzarbligi …………………………………………………………………………3
Kurs ishining maqsad va vazifalari ………………………………………..
I BOB KOMUNIZM……

    1. Uzbekistonda sinfiy mafkutaga asos solinishi sovet davlatining

Tashkil topishi……………………………………………………………………3
1.2 Komunistik partiyaning vujudga kelishi  …………………..…………….13
II BOB
2.1 Komunistik partiyaning siyosatining Uzbekiston ijtimoiy iqtisodiy
Hayotga tasiri…………………………………………………………………………….24
2.2 Komunistik partiyaning Uzb madaniy hayotidagi olib borgan
taĝribot tashfiqot ishlarining oqibati……………………………………40
XULOSA ………………………..………………………………………………51
FOYDDALANILGAN ABIYOTLAR……..………………………………….52
KIRISH Birlik ,tenglik mulk jihatdan farqsizlik huquq jihatdan turg’unlikni targ’ib qiluvchi va ijtimoiy tenglikni tashviq qiluvchi deb nomlangan siyosiy elita
garchi bu elita shioriga amal qilish darajasi 0 ga juda juda yaqin bo’lsada biz uni tarixda nomi o’chib borayotgan ushu so’z bilan eslaymiz bu so’z Komunizm .
Komunizm Bunday tushuncha ostidagi siyosatni O‘zbekistonga ta’sirini qodir bo’lganimizcha loqal tanishib yoki takrorlab chiqamiz
Mavzuning dolzarbligi Ushbu mavzu dolzarbmi ?
Bu juda jo’yali savol chunki bizni xalqimiz SSSR da singdirilgan fitrat bilan yashaydi buni oddiygina isboti otamdan qolgan dalalar filmdagi Stalinni suratini sindirilgandagi vaizyatni baholasak bo’ladi , yanayam oddiy jo’n va sodda isboti sifatida qon qonimizga singib ketgan birgina (Rossiyskiy) so’zi bilan isbotlasa bo’ladi go’yoki Rossiya ning barcha maxsuloti sifatli ku boshqasi (nisbiy) sifatsizdek. Aslida esa Rus maxsulotlari qo’pol va besonaqay bolgani uchun Ovropa xalqiga eksport qilolmaganligi uchun o’zimizga arzon garovga sotishgan . Tag’in kattalar SSSR paytda zo’r edi un palonchi so’m , yog’ palonchi so’m edi deyishsa ?
Bizni mafkuramiz rekanstruksya bo’lishi uchun tarix bizga xar qadamda kerak va xar doim dolzarb bolib qoladi
1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildiQurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kelgan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qatnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qiliSovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tashkil etish to'g'risidagi deklaratsiy qabul qilindi .Sovet respublikalari tashkil topganidan beri dunyo davlatlari ikki lagerga bo'lindi: kapitalizm lageri va sotsializm lageri.U yerda kapitalizm lagerida milliy adovat va tengsizlik, mustamlakachilik qulligi va shovinizm, milliy zulm va pogromlar, imperialistik vahshiylik va urushlar hukm surmoqda.Bu yerda, sotsializm lagerida o‘zaro ishonch va tinchlik, milliy erkinlik va tenglik, xalqlarning tinch-totuv yashashi va birodarlik hamkorligi hukm surmoqda.Kapitalistik dunyoning o'nlab yillar davomida xalqlarning erkin rivojlanishini inson tomonidan inson ekspluatatsiyasi tizimi bilan uyg'unlashtirish orqali milliylik masalasini hal qilishga urinishlari samarasiz bo'ldi. Aksincha, milliy qarama-qarshiliklar chigalligi tobora chigallashib, kapitalizmning mavjudligiga tahdid solmoqda. Burjuaziya xalqlar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishga ojiz boʻlib chiqdi.Faqat sovetlar lagerida, aholining koʻp qismini oʻz atrofiga toʻplagan proletariat diktaturasi sharoitidagina milliy zulmni ildizi bilan yoʻq qilish, oʻzaro ishonch muhitini yaratish, birodarlik munosabatlariga asos solish mumkin edi. xalqlar o'rtasidagi hamkorlik.Faqat shu sharoitlar tufayli Sovet respublikalari butun dunyo imperialistlarining ichki va tashqi hujumini qaytarishga muvaffaq bo'ldilar, faqat shu sharoitlar tufayli ular fuqarolar urushini tugatishga, ularning mavjudligini ta'minlashga va tinch iqtisodiy qurilishga kirishishga muvaffaq bo'ldilar.Ammo urush yillari o‘z e’tiboridan chetda qolmadi. Vayron bo'lgan dalalar, to'xtab qolgan zavodlar, vayron qilingan ishlab chiqarish kuchlari va urushdan qolgan xo'jalik resurslari alohida respublikalarning iqtisodiy qurilishga bo'lgan sa'y-harakatlarini etarli darajada qilmayapti. Respublikalarning alohida mavjudligi bilan xalq xo'jaligini tiklash imkonsiz bo'lib chiqdi.Boshqa tomondan, xalqaro vaziyatning beqarorligi va yangi hujumlar xavfi kapitalistik qamal sharoitida Sovet respublikalarining birlashgan frontini yaratishni muqarrar qiladi.Nihoyat, sinfiy tabiatiga ko'ra xalqaro bo'lgan Sovet hokimiyatining tuzilishi Sovet respublikalarining mehnatkash ommasini yagona sotsialistik oilaga birlashish yo'liga suradi.
Bu holatlarning barchasi Sovet respublikalarining tashqi xavfsizlikni ham, ichki iqtisodiy muvaffaqiyatlarni ham, xalqlarning milliy taraqqiyoti erkinligini ham ta'minlashga qodir bo'lgan yagona ittifoq davlatiga birlashishini majburiy ravishda talab qiladi. Yaqinda oʻz sovetlarining qurultoylarida yigʻilib, “Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi”ni tuzish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilgan sovet respublikalari xalqlarining irodasi bu ittifoq teng huquqli xalqlarning ixtiyoriy birlashmasi ekanligining ishonchli kafolati boʻlib xizmat qiladi. Har bir respublikaning Ittifoqdan erkin chiqish huquqi kafolatlanganligi, Ittifoqqa kirish barcha sotsialistik sovet respublikalari, mavjud va kelajakda paydo bo'ladigan respublikalar uchun ochiqligi, yangi ittifoq davlatining munosib toji bo'lishi. 1917-yil oktabrda xalqlarning tinch-totuv yashashi va birodarlik hamkorligining asoslari jahon kapitalizmiga qarshi ishonchli tayanch boʻlib xizmat qilishini va barcha mamlakatlar mehnatkashlarini Jahon Sotsialistik Sovet Respublikasiga birlashtirish yoʻlida yangi hal qiluvchi qadam boʻlishini taʼkidladi. Oktabr harbiy to'ntarishidan so'ng sho'rolar hukumati O'rta Osiyo nududlarida ikki xil kurash yo'lini tanlab oldi: Birinchi yoi - istiqlolga, milliy-ozodlikka otlangan tub yerli musulmon aholini zo'rlik bilan, kuch bilan bostirish, uning rahbarlarini qirib bitirish. Ikkinchi yo'l g'oyaviy-mafkuraviy jabhada olib borildi. Bunda sho'rolar hukumati va komfirqa keng mehnatkashlar ommasining ongi»a tinch kurash vositalari orqali g'oyaviy-siyosiy, mafkuraviy sohada ta'sijj ko'rsatish yo'lidan bordi. Bu yo'lni amalga oshirish niyati bilan sho'rolar hukumati Turkistonni parchalab SSSR tarkibidagi muxtor jumhuriyatga aylantirdi: Xorazm va Buxoro «Xalq Sho'ro jumhuriyatlari»ni tuzdj-Turkiston, Xorazm va Buxoro komfirqasi, kasaba uyushmasi,kommunistik yoshlar tashkiloti (komsomol), pioner tashkiloti va uning qoshida oktyabryatlar guruhlari shakllantirildi.
Ana shu juda katta kuch vositasi orqali xalq ommasi ongiga Sho'rolar va komfirqa rahnamoligida amalga oshirilajak «xalqchil» va dunyoda «eng adolatli va demokratik» sotsialistik, kommunistik tuzumning afzalliklari g'oyalari to'xtovsiz singdirib borildi. Bu siyosatning markazida dunyodagi eng adolatli deb atalgan «lenincha milliy siyosat» turdi. Bu siyosatning bosh talabi «miUatlarning to milliy mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqishiga qadar o'z taqdirini o'zi belgilashi» edi. Ammo, bu bosh talab faqat tashviqot uchungina ishlatiladigan siyosat bo'lib, amalga oshmaydigan quruq so'zlardan iborat edi.«Lenincha milliy siyosat»ning asl maqsadlari nimalardan iborat edi?
Birinchidan, siyosiy sohada O'rta Osiyoni milliy jihatdan parchalab tashlash, uning milliy mustaqil davlat sifatida shakllanishi va oyoqqa turishini abadul-abad yo'q qilish, hududiy jihatdan ularni Rossiya Federatsiyasining bo'linmas tarkibiy qismiga aylantirish. Ikkinchidan, iqtisodiy sohada O'rta Osiyo Rossiyaning xom ashyo yetkazib beruvchi bazasi bo'lib qolishi lozim edi. Uchinchidan, ma'naviy-mafkuraviy sohada o'lkada «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat» shiori asosida amalda ruslashtirish siyosati olib borilishi va u kelajakda tub yerli aholining «velikoruslar» bilan qo'shilib, asimilatsiyalashib ketishiga xizmat qilmog'i kerak edi. Sho'ro hukumati va komfirqa o'zining bu strategik bosh dasturiy maqsadini juda ustalik, ehtiyotkorlik va ayyorlik bilan, rejali sur'atda, ammo og'ishmay amalga oshirdi. Komfirqa hukmronligini ifoda etuvchi sho'ro hukumati imperialistlarning «Bo'lib tashla, hokimlik qil» siyosatini yanada ayanchliroq ko'rinishlarda davom ettirdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'rta Osiyo xalqlariga birlashish imkonini bermaslik, ularning birligi, madaniyati, tili va urf-odatlarini parchalash, markazga qaramligini oshirish, ruslashtirishni tezlashtirish va milliy-ozodlik harakati kuchlarini, parokandalashdan iborat bo'ldi. Shu maqsad yo'lida O'rta Osiyoni qayta taqsimlash masalasini birinchi bo'lib 1920-yilning boshida «Turkkomissiya» raisi M. Rudzutak ko'taradi. Uni Lenin ma'qullab, «O'zbekiya», «Kirgiziya», «Turkme-niya» xaritasini tuzish vazifasini topshiradi. Buni amalga oshirish uchun fad firqaviy targ'ibot, tashviqot va tazyiq boshlanadi. Bunga javoban furkiston birligi uchun kurashayotgan jadid ziyolilari O'rta Osiyo federatsiyasini tashk.il etish taklifini o'rtaga tashlaydilar. Xorazm komfirqa-sining mas'ul kotibi Q.Odinayev Markaz fikriga qarshi bo'lgani uchun ishdan olinadi. Markaz xohish-irodasi firqa orqali mahalliy xalq «xohish-irodasi»ga aylantirilib, uning «talabi»ni qondiruvclii qarorlar qabul qilinadi. O'rta Osiyoda O'zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Qora Qirg'iz (Qirg'izis-ton) muxtoriyati, O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston muxtoriyati, shuningdek, Qoraqalpoq muxtoriyatini tashkil etish, Turkistondagi qirg'iz (qozoq)larni Qozog'iston SSRga qo'shish rejasi ishlab chiqiladi. Ularnmg hududi va mulkini aniqlash RKP(b) Markaziy Qo'mitasi O'rta Osiyo byurosining maxsus komissiyasiga topshiriladi. Bu komissiya O'rta Osiyoni avvaldan belgilangan reja bo'yicha railliy-hududiy jihatdan bo'lib chiqadi.
OʻzSSR MIK va OʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti — OʻzSSR XKS tuzilgan. OʻzSSR maʼmuriy jihatdan 1925 yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929 yilgacha OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926 yilda maʼmuriy-iqtisodiy r-nlashtirish amalga oshirilgan. 1987 yil da OʻzSSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936 yildan u OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 rayon, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. OʻzSSR Butunittifoq sovetlarining 3-syezdi (1925 yil 13 may)da SSSR tarkibiga kiritilgan. 1927, 1937, 1978 yillarda OʻzSSR Konstitutsiyalari qabul qilingan.
respublika siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925 yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va burjuaz mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi. Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti — kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Sovet davrida yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi — Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan. Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri "Qoʻshchi" ittifoqi boʻlgan (1920—33 yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924 yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va "quloqlashtirish" davrida rol oʻynadi. OʻzSSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan "sotsialistik tajriba" mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan .Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. O'zbekiston SSR tashkil qilinganidan so'ng respublika davlat boshqaruvi organlari ittifoq organlari tartibida va ular andozasida tuzildi. Bu ittifoqdosh respublikalarni Markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga, takomillashgan mustahkam shakli edi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi ma'muriy-hududiy bo'linish amalga oshirildi. Oldiniga respublikaning viloyat bo'linishidan okrug bo'linishiga o'tildi, keyin yana viloyat bo'linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq kengashlarining keng tarmog'i tuzildi. Ma'muriy-hududiy islohotlar sovetlarni mustahkamlash va ularni aholiga yaqinlashtirish bahonasida o'tkazilardi. Aslida esa ular kommunistik rejim tomonidan partiya-davlat apparatining cheksiz hukmronligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilar edi. 1927-yil mart oyida O'zbekiston Sovetlarining II qurultoyi respublika Konstitutsiyasini qabul qildi, bu Konstitutsiya qat'iyan sinfiy tusda bo'lib, bolshevikcha ekstremizm mafkurasi bilan sug'orilgan edi. Konstitutsiyaga muvofiq «mehnatkash bo'lmagan» qatlamlardan chiqqan ko'pgina ijtimoiy febaqalar, dindorlar va boshqalar saylov huquqlaridan mahrum etilgandi. Su bilan aholining anchagina qismi kommunistik rejim tomonidan davlat Sjurilishida va ijtimoiy-siyosiy hayotda ishtirok etishdan chetlashtirilgan edi. Konstitutsiyaga «Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalqja. huquqlari» Deklaratsiyasi, «O'zbekiston SSRni tashkil qilinishi to'g'risidaw Deklaratsiya, SSSR Sovetlari III-syezdining «O'zbekiston SSRni Ittifoi tarkibiga qo'shish» to'g'risidagi qarori, SSSRning 1924-yiJgi KonstitutsiyaJ asos qilib olindi. Konstitutsiya 8 bo'lim, 17 bob, 114 moddadan iborat .Konstitutsiya O'zbekiston SSRning tashkil qilinganligini, O'zbekiston hududida proletariat diktaturasi o'rnatilganligini, milliy davlat tuzilganliginj xususiy mulk bekor qilinganligini qonunlashtirdi. Shuningdek' Konstitutsiyada O'zbekiston SSR ishchi va dehqonlarning sotsialistik davlati ekanligi, unda butun hokimiyat ishchi dehqon va qizil askar deputatlari Sovetiga o'tganligi, asosiy ishlab chiqarish qurollariga nisbatan davlat mulkchiligi belgilanganligi e'lon qilindi. Konstitutsiya bo'yicha O'zbekiston SSR davlat hokimiyatining oliy organi O'zbekiston Sovetlar Qurultoyi, qurultoylar o'rtasidagi davrda Sovetlar Markaziy Ijroiya Qo'mitasi, lining sessiyalari orasida MIK Prezidiumi, oliy boshqaruv organi respublika Xalq Komissarlar Soveti, mahalliy davlat hokimiyati idoralari okrug va tumanlarda Sovetlar qurultoyi, qurultoylar o'rtasidagi. davrda Sovetlarning ijroiya qo'mitalari, shahar va qo'rg'onlarda Sovetlar sessiyalari o'rtasidagi davrda ularning ijroiya qo'mitalari qishloqlarda qishloq Sovetlari etib belgilangan. Doimiy ishlab turuvchi O'zbekiston MIK hukumat va boshqa vazirliklarning davlat organlari faoliyatini boshqarib turish, ularning ishlarini muvofiqlashtirish, Konstitutsiya va boshqa qonunlarning bajarilishini nazorat qilib borish bilan shug'ullanishi belgilandi. Konstitutsiyada fuqarolarning huquqiy holati, ularning huquq va erkinliklari ham ko'rsatilgan edi va unda «mehnatkashlar» va «fuqaro» tushunchalari izohlab o'tilgan. Shu bilan birga mehnatkashlarning huquq va erkinliklariga alohida e'tibor berilgan. Konstitutsiya mehnatkashlarga o'z fikrini erkin bildira olish, majlis qilish, birlashmalar tuzish huquqini berdi. Lekin fuqarolarning bu huquqlari hech qanday kafolatlanmadi. O'zbekiston tarkibiga Tojikiston ASSRning kirganligini inobatga olib, Konstitutsiyaning tegishli boblari, jumladan, gerbi, o'zbek, tojik va rus tillarida yozib qo'yildi. 1920-yilning ikkinchi yarmi va 30-yiIlarning ikkinchi yarmida huquqda yuz bergan o'zgarishlar O'rta Osiyoda milliy davlatlarning tashkil etilishi huquq sohasida qator o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi. Bu asosan yangi tashkil topgan respublikalarning o'z huquq manbalarini yaratilishi orqali amalga oshirildi. ;

Download 137,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish