2.1 Komunistik partiyaning siyosatining Uzbekiston ijtimoiy iqtisodiy hayotiga tasiri
Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi Xalqaro xotin-qizlar kunida paranjilarni yoqib yuborish marosimi. Andijon, 1927-yil. Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi. 1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirildi. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazildi. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzildi. Biroq shoʻrolar hokimiyati oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini „quloq“ („mushtumzoʻr“) sifatida tugatish siyosatini olib borgan.1930-yillar Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Oʻzbekiston SSRda „Oʻn sakkizlar guruhi“, „inogʻomovchilik“, „qosimovchilik“, „badriddinovchilik“, „milliy ittihodchilar“, „narkompros ishi“ kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida koʻplab oʻzbek ziyolilari qatagʻon qilindi. 1931-yil aprelda Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
Lotin alifbosida yozilgan oʻzbekcha plakat: „Kolxozlarda mehnat intizomini mustahkamla!“ Toshkent, 1933-yil. 30-yillar oʻrtasiga kelganda butun mamlakatda boʻlgani singari Oʻzbekiston SSRda ham ommaviy qatagʻonlar avj oldi. Respublikadagi aksariyat siyosiy rahbarlar 1937–38-yillarda „millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish“da, shuningdek, qurolli qoʻzgʻolon koʻtarishni tayyorlashda ayblandi. Fayzulla Xoʻjayev, Akmal Ikromov, Sulton Segizboyev kabi siyosiy rahbarlar qatl etildi. Oʻzbekiston SSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. XX asr oʻzbek adabiyotining arboblari; Fitrat, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy va boshqalar otib tashlandi. 1937–39-yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937–53-yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936–40-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi. 1940-yillarIkkinchi jahon urushi yillari Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston SSRdan 1,5 million kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 milliondan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi. X asr 20-30-yillarida mustabid tuzumga qarshi fikr bildirganlarni ta'qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda "18 lar guruhi", "Inog'omovchilik", "Qosimovchilik" kabi siyosiy ishlar to'qib chiqarildi. Bularning barchasi, mohiyatiga ko'ra, mahalliy arboblarni yo'qotishga qaratilgan harakatlar edi. Shu yillarda ulamolar, ruhoniylar va dindorlarni ta’qib etish ham kuchaydi. 1929-1930-yillarda o’tkazilgan navatdagi partiya saflarini “tozalash” kompaniyasi natijasida O’zbekiston Kompartiyasi a’zolarining 25,6 i firqadan chiqarildi. "18 lar guruhi". O'zbekistondagi hukumat va partiya organlarining vakolatlari masalasi tadqiq etilganda tarkibi, asosan, hukumat a'zolaridan iborat bo'lgan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti siyosatiga qarshi chiqqan "18 lar guruhi"ning faoliyati va qismatini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu guruh vakillari 1925-yil 19-22-noyabrda Samarqandda bo'lgan O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti plenumiga quyidagi ariza bilan murojaat qiladilar "O'zKP(b) MK plenumig Ariza'stona va samarali ishlash uchun toqat qilib bo'lmaydigan sharoit yuzaga kelganligi munosabati bilan bizni O'zbekistondagi ishdan bo'shatishni va RKP(b) MK ixtiyoriga jo'natishingizni so'raymiz. Agar lozim bo'lsa, sababini yanada mufassalroq bayon qilishimiz mumkin". Ariza matnida O'zbekistona faoliyat olib borgan 18 nafar mas'ul milliy xodimlarning familiyasi va lavozimi yozilib, imzo qo'yilgan. Ariza yozgan 18 nafar milliy xodimning 12 nafari O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi, 2 nafari a’zolikka nomzod, 1 nafari esa O’zbekiston SSR MIQ Prezidiumi a’zosi bo’lgan. Ulardan ayrimlarini 1925-yil noyabrda faoliyat yuritgan lavozimlari asosida keltirib o'tamiz "O'zbekxlopkom" boshqarmasi raisinining o'rinbosari - Bahodir Maqsumov, O'zbekiston SSR Ichki Ishlar komissari o'rinbosari - RahimjonRahimboboyev, O'zbekiston SSR Yer ishlari xalq komissari - Inomjon Xidiraliyev,Samarqand viloyati ijoriya komiteti raisi - Mirzaxo'ja O'rinxo'jayev, Zarafshon okrugi partiya komiteti mas'ul kotibi - Muxtorhoji Saidjonov, ashqadaryo okrugi partiya komiteti tashkiliy bo'limi boshlig'i - Ismoil Bozorboyev, O'zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari - Rahmat Rafiqov, Toshkent shahar kasaba yushmasi raisi - Muhammadjon Karimjonov, Konibodom rayon partiya komiteti kotibi - Xayitdin Eshonov, Zarafshon okrugi ijoriya komiteti raisining birinchi o'rinbosari - Abdurashid Mukamilov, Zarafshon okrugi partiya komiteti targ'ibot-tashviqot bo'limi boshlig'i - Rahmatulla Muzaffarov, Samarqand uyezdi partiya komiteti mas'ul kotibi - Nasm Shirinov, Marg'ilon uyezd - shahar partiya komiteti mas'ul kotibi - O'rinboy Ashurov shular jumlasidandir. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti plenumi ushbu arizani ko’rib chiqishni RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi(birinchi kotib – I.A.Zelenskiy)ga topshirgan. RKP(b) Markaziy Kontrol Komissiyasi Prezidiumi a’zosi M.V.Kosarev, RKP(b) Markaziy Kontrol Komissiyasi a’zosi D.Manjara va O’rta Osiyo byurosi tashkiliy-taqsimlov bo’limi boshlig’I A.Zdobnovdan iborat maxsus komissiya 1925-yil 22-29- noyabrda ariza beruvchi har bir kishi bilan alohida savol-javob, aslida esa o’ziga xos so’roq o’tkazib, ariza yozilishining sabablarini tekshirgan. Maxsus komissiya xulosalarida qayd etilishicha, ushbu guruh harakatlarini O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi F.Xo’jayev faol qo’llab-quvvatlagan. Guruh a’zolari O’rta Osiyo byurosining shovinistik siyosatini yurtuvchilari bo’lgan O’zbekiston
|
|
Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Vladimir Ivanov va Akmal Ikromovning
ko'rib chiqishlarini talab qiladilar. Bayonotga imzo chekkanlar orasida Xidiraliyev, M.Saidjonov, R.Rafiq kabi milliy rahbarlar ham bor edi. "18 lar bayonoti" O'z KP(b) MQ Il -qurultoyida muhokama etilib, ushbu masala bo'yicha qaror qabul qilinadi va unda: "18 lar bayonoti" O'z KP(b) MQ ga qarshi yo'naltirilgan fraksiya va gurahbozlik xarakterida bo'lib, partiya saflari birdamligini buzishga, partiya qurultoyiga to'sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda burjua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza", - deb ta'kidlanadi. Shundan so'ng, "18 lar bayonoti" tashabbuskorlari va tashkilotchilarini aniqlash, ularni qat'iy partiya javobgarligiga tortish vazifalari qo'yiladi. Hamma joylarda "18 lar bayonoti"ning keng muhokamasi avj oldiriladi va uni yer-suv islohotini barbod qilish xavfi bor va yangi hayotga qarshi bo'lgan mayda burjuaziya va ruhoniylarga yon beruvchi bayonot deb soxtalashtiriladi. Partiyaning II bosmachilar” bilan aloqa bog’lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti va hamfikri bo’lgan degan ayblovlar qo’yildi. Sh.Badriddinov avval otishga hukm qilinib, so’ngra o’lim jazosi 10 yil qamoq muddatibilan almashtiriladi. Uning 5 nafar tarafdorlari ham turli muddatli qamoq jazosiga hukm etiladi. Sh.Badriddinov 1938-yilda Andijonga qaytib kelib, viloyat matbuot uyushmasida yurist bo’lib ishlaydi. Biroq og’ir kasallikdan so’ng 1942-yil 10-fevralda kasalxonada vafot etgan. U keyinchalik, o’limidan so’ng SSSR Oliy sudi tomonidan 1972-yil 20- aprelda oqlangan."Inog'omovchilik". Bu 1926-1931-yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy rahbariy kadrlarni qatag'on qilish yo'lidagi uydirmalardan biri hisoblanadi. Bu o'sha yillarda O'zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasini bajarib kelgan Rahim Inog'omov (1902-1938) nomi bilan bog'liq.Inog'omov va uning tarafdorlari ta'lim va madaniyatni proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP(b) MQ O'rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish g'oyasini ilgari surganlar. R. Inog'omov o'zbek mehnatkashlari oktabr to'ntarishiga tayyor bo'lmaganligi, uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshirilganligi hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat ziyoli shaxslar o'ynaganligi, bizda esa hali proletariat yo'qligi borasida daliliy fikrlar bildirdi. Natijada, "Inog'omovchilik" qoralanib, unga qarshi ayovsiz kurash boshlanadi. "Inog'omovchilik"ni partiya safidagi burjuaziya agenturasi deya baholashdi. Tanqid matbuotda ham davom etdi.Jumladan, O'rta Osiyo byurosining "Za partiyu" jurnalida I. Zelenskiy tomonidan tanqid ostiga olindi. Shunday asossiz "aybnomalar" qo'yilganidan so'ng uni Qashqadaryodagi eng chekka qishloqlaridan biriga ishga yuborishadi. Quvg'in, tanqid-u tazyiqlar ta'sirida R.Inog'omov matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi "ochiq xat"i bilan chiqishga majbur bo'ladi. Mustafo Cho'qay ta'biri bilan aytganda Inog'omov boshliq guruh "O'zbek xalqiga o'z-o'zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan O'rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilish" kabi talablar bilan chiqqan edilar. R.Inog’omov 1926-yilda chop etilgan “O’zbekiston ziyolilari” risolasida o’zbek xalqi bolsheviklar amalga oshirgan Oktyabr to’ntarishiga nisbatan noxush mu osabatda ekanligini ko’rsatgan edi. U O’zbekiston yozuvchilarining Samarqanddagi “Qizil qalam” jamiyatiga dastlabrahbarlik qilgan, “Milliy istiqlol” tashkilotining a’zosi edi. 1930-yil 30-yda “Qizil O’zbekiston” va “Pravda vostoka” gazetalarida R.Inog’omovning ochiq xatlari uyushtirilib, u tavba-tazarru qildirildi. R.Inog’omov keyinchalik Moskvada yashaydi. Moskva elektr zavodida, shuningdek, Butunittifoq Markaziy Ijoriya Qo’mitasida tarjimon bo’lib ishlaydi. U Qrim ASSR ning Alushta shahrida davolanayotgan payt 1937- yil 25-avgustda qamoqqa olinadi va 1938-yil 5-oktabrda Toshkentda otib tashlanadi. “Narkompros2 ishi”. Sovet rejimi sud organlarining milliy xodimlarini qatag’on qilishni maorif sohasidagi ziyolilarni ham qatag’on qilish bilan birgalikda amalga oshirdi. 1930-yil iyun-avgust oylarida O’zbekiston SSR Maorif xalq komissarligidagi 30 nafarga yaqin rahbar xodimlar qamoqqa olinadi. Ularning ichida O’zbSSR Maorif xalq komissari o’rinbosari Mahmud Xodiyev [Botu] (1904-1938), shuningdek, Bois Qoriyev [Oltoy], Mashriq Yunusov [Elbek] (1898-1939) va Nosir Saidovlar bor edi. Ushbu shaxslarning qamoqqa olinishiga GPU ayg’oqchisi, “qosimovchilik” ishida asosiy guvoh bo’lgan Obid Saidovning 1930-yil 21-iyun kuni Toshkentda o’z uyida ovqatdan zaharlanishi va buning oqibatida 23-iyun kuni vafotetganligi bahona bo’ldi. Mehmondorchilikda Andijon okrugi xalq maorifi bo’limi mudiri, marhumning akasi, Nosir Saidov va boshqalar bo’lgan.Ushbu o’lim yuzasidan OGPU ning O’rta Osiyodagi muxtor vakilligi Sharq bo’limi 1930-yil 26-iyunda “jinoiy ish” qo’zg’agan. Dastlab gumondorlar Nosir Saidov, Abdulla Xo’jayev va Mansur Saidovlar hibsga olinadi.
martda Moskvada sud tomonidan ular o’lim jazosiga hukm qilinib, so’ng u 10 yillik qamoq jazosiga almashtirilgan. Botu o’limidan so’ng 1960-yil 26-martda oqlanadi.1
“Botir gapchilar”. Ushbu tashkilotga taniqli tilshunos va adabiyotshunos olim Ashurali Zohiriy (1885-1937) asos slogan. Zohiriy Farg’ona vodisidagi Oyimqishloqda tug’ilgan, keyinchalik Qo’qon mexanika texnikumida dars bergan. Tergov materiallarida qayd etilishicha, Ashurali Zohiriy “Milliy Istiqlol” tashkiloti rahbariyati qarori bilan 1929-yil noyabrda Qo’qonda “Botir gapchilar” siyosiy tashkilotini tuzgan hamda uning dasturini ishlab chiqqan. Bu guruhga ko’plab o’zbek ziyolilari qatorida yosh yozuvchi Abdulla Qahhor ham jalb etilgan edi. 1930-yilda 20 nafar shaxs ushbu tashkilotga aloqadorlikda ayblanib qamoqqa olingan. Tashkilot atigi 3 oy faoliyat ko’rsatgan. Tashkilot nizomida yozilishicha “Har bir ongli kishi o’lkani har qanday mustamlakadan ozod qilishga intilmog’I hamda xalqni yaxshi turmush sharoiti va ish bilan ta’minlashda sadoqatli bo’lmog’i lozim”. 1931-yil 25-aprelda chiqarilgan qarorga muvofiq tashkilotning 20 nafar a’zosi ustidan sud hukmi chiqarilgan va ular turli muddatli qamoq jazosiga hukm etildilar. Katta terror. 1937-yil mart oyidan boshlab ayrim ziyolilar qamoqqa olina boshlandi. 1937-yil 31-iyulda tasdiqlangan 00447 raqamli maxfiy buyruqqa binoan qatag’on 5-avgustda barcha respublikalarda boshlanishi kerak edi. 1937-yil 9-iyulda NKVD xodimlari I.Stalin bilan shaxsan uchrashish niyatida Moskvaga borgan F.Xo’jayevni “Natsional” mehmonxonasida qamoqqa olgan. Shu davrda A.Ikromov ham F.Xo’jayev tuzgan “Aksilinqilobiy guruh” a’zosi deya qamoqqa olindi. O’sha davrlarda “Akmal Ikromovning dumi”, “Fayzulla Xo’jayevning dumi”, “Fayzulla Xo’jayevning qarindoshi”, “Akmal Ikromovning qarindoshi” degan so’zlar “xalq dushmani” degan iboraga teng gaplar edi. Qatag’onchilik siyosati 1937-yil avgust oyida O’zbekiston NKVD qoshida tuzilgan “uchlik” o’tkazgan yig’ilishlarda tasdiqlangan bayonnomalar asosida olib borildi. O’zbekistondagi siyosiy elita “millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib boorish”da, shuningdek, qurolli qo’zg’olon ko’tarishga tayyorlanganlikda ayblandi. Milliy o’zbek ziyolilari – Fitrat, Cho’lpon va Abdulla Qodiriylar 1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahri atroflarida otib tashlandi. Usmon Nosir esa “xalq dushmani” sifatida dastlab Magadan, keyinchalik, Kemerovo viloyatlaridagi qamoqxonaga yuborilgan. U.Nosir Kemerovo viloyatining Mariinsk shahri a
|
|
Xalq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlarni qatag'on etishda "xalq dushmanlari", "chet el josuslari" - Akmal Ikromov, Fayzulla Xo'jayevlar Maorif komissarligidagi odamlari - Usmonov, Ro'ziyev, Sorokin, Kojukovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazgan degan soxta bo'xtonlar asos qilib olindi: "Ular turli choralar bilan o'zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg'or vakili - buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo'ldilar. Yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar. Ular bir tomondan, o'zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o'rganishga imkon beruvchi rus tilini o'qitilishiga qarshilik ko'rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-leninizm klassik asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilinishiga to'sqinlik qildilar".2
Shuningdek, 20-yillarda Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlarda tahsil olib qaytgan Sattor Jabbor, Xayriniso Majidxonova, Mariyam Sultonmurodova singari bir qancha shaxslar “josus” deb ayblanib qatag’on girdobiga tortildilar. yaqinidagi Suslovo degan joydagi qamoqxonada o’pka xastaligi tufayli vafot etgan.
Xayriniso Majidxonova 1905-yil Toshkentda, ma'rifatparvar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Majidxon XX asr boshlarida Moskva, Peterburg kabi shaharlarda bo'lib qaytgan, o'z davrining ilg'or fikrlari bilan "changlangan"i uchun qizlariga zamonaviy ta'lim berishga, turli tillarni o'rganishiga harakat qilgan. Shuning uchun ham mutaassiblar bu shaxsga "Majid o'ris", "Majid kofir" deb laqab berganlar, qizlarining yuzlarini ochib, o'qib yurishlarini qoralaganlar. Xayriniso shunday bir vaziyatda yashab, mahallasidagi o'qimishli tatar, rus, nemis qizlari bilan dugona bo'lib o'sdi. U opasi bilan birga Munavvar Qori, Saodat Yenikyeva kabi o'z davrining ilg'or ziyolilaridan saboq oldi. 1922-yil oxirida bir guruh o'g'il-qizlar qatorida Turkistondan Germaniyaga o'qishga yuboriladi. U 1924-1926-yillarda Mariyam Sultonmurodova bilan birgalikda Darmshtadt shahrida o'qituvchilar seminariysida, tibbiyot kurslarida o'qib, nemis tili va adabiyotini o'rgana boshladi. 1927-yil yozda, ta'til vaqtida Xayriniso va Mariyam Parijga qilgan sayohatlari vaqtida tasodifan ushbu shaharda yashab turgan buxorolik Ahmad Naim va Turkiston muvaqqat hukumatining sobiq raisi Mustafo Cho'qayevlar bilan uchrashib qoladilar. Germaniyada 6 yil ta'lim olgan Xayriniso 1928-yilda O'zbekistonga qaytib keldi va 1937-yil 13-sentabrga qadar Kasaba uyushmalari Markaziy qo'mitasi xodimlari hamda jumhuriyat boshlang'ich va o'rta ta'lim o'qituvchilarining dam olish uyida shifokor bo'lib ishlaydi. Yevropa tibbiyoti yutuqlari bo'yicha egallagan bilimlari unga bu ishda qo'l keldi. Xayriniso 1937-yil 13-sentabrda qamoqqa olindi va unga "1922-1928-yillarda Germaniyadagi "Turkiston" aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a'zosi bo'lgan, 1928-yilda uning topshirig'i bilan SSSR ga josus bo'lib kelgan, SSSR dagi o'sha "Turkiston" tashkiloti a'zolari bilan aloqada bo'lgan", - degan aybalar qo'yilgan. O'sha kuni otasi yashaydigan xonadonda tintuv o'tkazilib, Xayrinisoning pasporti, Germaniyaning 100 markali tangasi, o'sha yerdan kelgan 112 ta maktub, 4 ta yozishma, 5 ta yon daftar va 3 ta kitob olib ketildi. 1937-yil 22- dekabrda bo'lgan so'roqda "Siz o'z aybingizni bo'yningizga olasizmi?"- degan savolga javoban Xayriniso barcha ayblarning asossizligi va bularni mutlaqo tan olmasligini ta'kidlagan: "Men o'z aybimni faqat quyidagilarda, deb bilaman:
1922-1928-yillarda Germaniyada o'qigan vaqtlarimda aksilinqilobchi Mustafo Cho'qayev va Zakiy Validiylar aksilsho'roviy nutqlar so'zlagan Turkiston talabalarining uchta yig'ilishida qatnashganman;
Germaniyada bo'lgan paytimizda 1927-yili dugonam Mariyam Sultonmurodova bilan birga Parijga borganmiz; aksilinqilobchi M.Cho'qayev va A.Naimlar bilan bir necha bor uchrashganmiz;
s) SSSR ga qaytganimdan keyin, 1931-1932-yillarda O'zbekiston O'rta Osiyo tibbiyot institutida ilmiy xodim sifatida ishlagan Germaniya fuqarosi professor Englyand bilan munosabatda bo'ldim. Uning xonasiga kirib turganimga sabab men unga o'zbek tilidan dars berar, o'zim esa undan nemis jonli so'zlashuv tilini o'rganar edim". Masala shunday ravshan bo'lganiga qaramasdan, tergov bir yildan ortiq davom etdi va SSSR Oliy Sudi Harbiy Kollegiyasining Alekseyev boshchiligidagi sayyor guruhi 1938-yil 9-oktabrda Xayriniso Majidxonovani O'zSSR Jinoyat Majmuasining 62, 64 va 67-moddalari bo'yicha aybdor deb hisoblab, oliy jazo - otuvga hukm qiladi va hukm shu kini ijro etiladi. Mustaqillik yillarida, aniqrog'i 1999-yil 7-oktabrda Xayriniso Majidxonova O'zbekiston Respublikasining Oliy Sudi tomonidan oqlandi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |