O`ZBEKISTON MUSTAQILLIK YO`LIDA
Birgina 1984–1987-yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O`zbekistonning partiya, sovet, ma`muriy-xo`jalik organlariga ishga yuborilgan.
1983-1989-yillarda O’zSSR da “paxta ishi” degan uydirma bo’yicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolatorlarida prokuror sanksiyasiz o’tirdi.
1989-yilgacha bu ishlar bo’yicha 4,5 mingdan ko’proq kishi sudlandi.
Tergov qilingan va sudlanganlar orasida viloyat va tuman hokimlari, bridagirlar, kolxoz va savxoz raislari, agranomlar, xatto suvchilar ham bor edi.
O’sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig’i jazoni o’tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo’natildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |