O`ZBEKISTON MUSTAQILLIK YO`LIDA
80-yillarning boshlarida Sovet Ittifoqida iqtisodiy inqiroz ko’zga tashlana boshladi. 1979-yilda boshlangan “Afg’on urushi” inqirozni yanada tezlashtirib yubordi.
Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. Ana shunday sharoitda 80-yillarning o`rtalarida sovet jamiyatida “qayta qurish” boshlandi.
“Qayta qurish” - KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachevning 1985-yil aprel oyida KPSS Markaziy Komitetining plenumidagi ma’ruzasi bilan bevosita bog`liqdir.
“Qayta qurish” avvalo jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to`planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan boshlandi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi - 1985–1987-yillar.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi -1987–1990-yillar.
Mixail Sergeyevich Gorbachev – rahbarligi davida Sovet Ittifoqida “Qayta qurish” siyosati amalga oshirildi va Sovet Ittifoqi parchalanib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |