Stoxastik gipotezaga ko‘ra qarish-organizmning hayot faoliyati jarayonida to'planadigan ,,xatoliklar“, ichki va tashqi muhit omillari ta’sirida biologik mexanizmlar buzilishi natijasidir. Nuklein kislotalar, oqsillar, fermentlar, lipidlar va boshqa biologik membranalar tuzilishi va funksiyasida o‘zgarishlar kelib chiqadi, moddalar almashinishi buzila boshlaydi, organizmda zararli mahsulotlar to'planib, ortib boradi, hujayralar tarkibiy qismlarining tuzilishida, bo'linishida, xromosomalar tuzilishida o'zgarishlar tobora ko‘payib boradi, hujayraning bo'linishi, gomeostaz jarayonlari ham susaya boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |