131
26-jadval
Makkajo„xorining ekin maydoni va don yetishtirish holati
17
Davlatlar
Ekin maydoni,
ming. ga
Hosildorlik
s/ga
Yalpi hosil,
ming t.
Yer yuzida
184200
55,2
10016700
Angola
1575,9
9,8
1548
Argentina
4863,8
66,0
32119
Braziliya
15317,4
52,6
80538
Kanada
1480,4
95,8
14194
Xitoy
35260
61,7
217730
Meksika
70956
31,9
22663
AQSh
35478
99,7
353669
Hindiston
95000
24,5
232900
Fransiya
18496
81,4
15053
Ukraina
48269
64,1
30949
Rossiya
23218
50,1
11634
O„zbekiston
36,5
58,9
215
Hosildorligi.
Makkajo„xori
yuqori
hosilli
ekin.
O„zbekistonning
sug„oriladigan yerlarida uning har gektaridan 40-50 s don va 500-700 s ko„k poya
yetishtirish mumkin. Lekin, ilg„or oila va fermer xo„jaliklarda makkajo„xoridan
juda yuqori hosil olmoqdalar.
O„zbekistoning sug„oriladigan yerlarida makkajo„xori
doni bilan bir qatorda
serhosil ko„k poya ham beradi.
Ilg„or fermer xo„jaliklari tajribasi makkajo„xori yuqori hosilli ekin ekanligi
bilan
bir qatorda, uning hosildorligini oshirishda juda katta imkoniyat borligini
ko„rsatadi.
Sistematikasi.
Makkajo„xori qo„ng„irboshlar
Poaseae
oilasi
Zea mays L.
avlodiga kiradi. 8 ta kenja turlariga ega:
-
Everta (Sturt. ) Zhuk.
(bodroqlanadigan);
-
Indurata(Sturt. ) Zhuk.
(kremnistaya);
-
Amylaceae (Sturt. ) Zhuk.
(serkraxmal);
-
Indentata (Sturt. ) Zhuk.
(tishsimon);
17
www.FAOstat.fao.Org-2017
year.
132
-
Saccharata (Koern. ) Zhuk.
(shirin);
-
Ceratina (Kulesh. ) Zhuk.
(mumsimon);
-
Tunicata (St. Hil. ) Zhuk.
(po„stli).
Zea
avlodi
yagona tur -
Zea mays L.
madaniy makkajo„xori hisoblanadi, bu
turdagi o„simlik diploid xromosomaga ega (2n-20).
Shulardan O„zbekistonda ko„p tarqalgani quyidagilar:
1.
Z. mays, ssp indurata
– kremnistaya. Endospermaning tashqi qobug„i
shishasimon, shoxli (kraxmal donachalarini oralig„i zich protein bilan to„lgan),
o„rta qismi yumshoq unsimon. Seleksion navlaridan ko„kat uchun “O„zbekiston
100”, “Kremnistaya”, “O„zROS” ekiladi.
2.
Z. mays, ssp indentata
– tishsimon makkajo„xori. Donni endospermi faqat
yon tomonida rivojlangan shishasimon,
shoxsimon, qolgan bo„lagida g„ovakli,
unsimon, don tishsimon, uchki qismi va o„rtasi unsimon endosperm bilan to„lgan.
“O„zbekiston tishsimon” navi va duragaylari: “Vatan”, “O„zbekiston 601
ESV”, “O„zbekiston 306 AMV”, “Dneprovskiy 70T” va boshqalar.
3.
Z. mays ssp. amylacea
– serkraxmal makkajo„xori.
Yumshoq donli, sirti
xira, ichi unsimon endosperm bilan to„la, oldingilarga qaraganda tashqi ko„rinishi
yaltiroq emas. Issiqsevar
boshqalarga qaraganda, Respublikamizda tezpishar
“Koreyskie” mahaliy navi tarqalgan.
4.
Z. mays orizoides Golodk
. – bodroqlanadigan makkajo„xori donini
endospermasi zich, shoxsimon, asosan burchaksimon
kraxmal donachalaridan
iborat, doni mayda, qizdirganda bodroqlanadi.
Respublikamizda - mahalliy bodroq, shoxsimon navlari bor.
Respublikada
keyingi navlar kam yoki umuman tarqalmagan (rasm-10).
Do'stlaringiz bilan baham: