2-mutaxassislik 2-kurs 201-guruh talabasi Turaboyev Akmalning,,O’zbek adabiyoti tarixi” fanidan



Download 0,63 Mb.
bet18/19
Sana18.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#69558
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
TURABOYEV. KURS ISHI

Asarda O ‘zg‘urmish obrazi. O‘zg‘urmish – mushohadali, qat’iy fikrli inson. U Eligning shaharga kelish haqidagi taklifini rad etadi. Garchi bu taklif uch marta takrorlansa-da, o‘z fikrini o‘zgartirmay di. Faqat O‘g‘dulmishning oqilona tushuntirishlaridan so‘ng, ziyorat maqsadidagina Elig huzuriga boradi. O‘zg‘urmish nazarida:
Juda aziz, axir tiriklik kuni,
Bekor ishga sarflab bo‘lmagay uni.
O‘zg‘urmish – taqvodor kishi. U din va diyonatni hamma narsadan ustun ko‘radi. Uning uchun yaxshi kiyim, tansiq taom, har xil o‘yin-kulgilar ketidan borish umrni
shamolga berish bilan barobardir. Uning fikricha, inson o‘z qalbini boyitishi, vujudini har xil illatlardan forig‘ qilishi kerak. Buning yo‘li esa ma’rifatdir. Fikrining isboti uchun u O‘gdulmishga shunday deydi:
«Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshni yeymiz. Uxlab tursak, ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan, bunday ovqatlarga ruju qo‘yishning nafi yo‘q. Sen kimxoblarga o‘ralib yurasan, men esa dag‘al yungdan tikilgan to‘n bilan kifoyalanaman. Ertaga o‘lim kelsa, ikkimiz ham yalang‘och ketamiz-ku!» Demak, tanni emas, ruhni boyitish lozim. “Qutadg‘u bilig”da qanoat timsoli
bo‘lgan O ‘zg‘urmish obrazi asar voqealarida muhim rol o‘ynaydi. Yuqorida davlat tizimida asosiy tayanch bo‘lgan turli tabaqalar - bek, vazir, lashkarboshi, xazinachi kabi bir qator obrazlar orqali Yusuf axloqiy,ta’limiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarni ilgari surgan edi. Yusuf axloqiyta’limiy g‘oyalari bilan birga, falsafiy qarashlarini asardagi O‘g‘zurmish timsoli orqali yetkazadi. Kuntug‘di eligning O‘zg‘urmishga uch marta maktub yozgani va O‘zg‘urmishning javoblarida, O‘gdulmish bilan O‘zg‘urmish o‘rtasidagi suhbat va munozarada, Yusuf o‘rtaga chiqargan bu dunyoning afzalliklari va ayblari, taxt, boylik, odamiylik kabi
axloqiy-ta’limiy masalalar, ayniqsa, falsafiy aqidalar jamiyatning, davlatning barqaror yashashi uchun muhiirf omil ekanini u biron о ‘rinda ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Jamiyatning turli tabaqalariga bo‘lgan munosabat, o‘sha tabaqalaming jamiyatda tutgan о‘mi kabi moddiy, maishiy va ma’naviy masalalar to‘g‘risida o‘git beradi. Jumladan, beklarga xizmat qilmoq, saroydagi sipohlar bilan suhbat, qora avom bilan aralashib yurish zarurligi, alaviylar, olimlar, tabiblar, azayimxonlar, tush ta’bir qiluvchilar, yulduzchilar, shoirlar, dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, hunarmandlar singari toifalar bilan qanday munosabatda bo‘lish, uylanish, bola tarbiyasi, xizmatkoriarga ezgu munosabat, mehmonga boorish va mehmon kutish qoidalari to‘g‘risidagi o'gitlarni yetkazishni Yusuf zarurat deb biladi. Bu suhbatlarda falsafiy masalalar bilan axloqiy-ta’limiy,
ijtimoiy-siyosiy masalalar uyg‘unlashtiriladi.
O‘zg‘urmish - zohid, bu dunyodan yuz o‘girgan. U zohidlik davri so‘fiylariga mansub (xuddi Ibrohim Adham, Hasan Basriy singari).
O‘zg‘urmish “ko‘ngil sevgan” a’moli bilan yashaydi. U O ‘gdulmishga,
dunyo senga o‘zini sevdirib qo‘yibdi, hamma ayblari senga fazilat bo‘lib ko‘rinibdi, deya ta’na qilib, dunyoning va bu dunyoda boylikka mukkasidan ketgan odamlaming quyidagi ayblarini birma-bir ko‘rsatadi:
- dunyo quti Xudodan uzoqlashtiradi, qut - din ofatidir;
- bu bevafo olam - o‘tkinchi, boylik kibr-havo orttirishiga olib keladi, bu dunyo nima bergan bo‘lsa, tezda yana qaytib oladi;
- dunyo- ko‘lanka, izidan borsang, qochadi, sen qochsang, izingdan boradi;
- bu dunyoning qiliqlari -jafo, qilmishlari - bevafolik, begi bilan
uch oy ham turmaydi;
- bu dunyoning quyidagi uchta narsadan boshqa narsasi yo‘q: biri
- halol, ikkinchisi - shubha, uchinchisi - haromdir;
- bu dunyoda odam - g‘ofildir;
- xotin, o‘g‘il-qiz tashvishini tortmoq mashaqqat bo‘ladi, kishi kuchini uzadi;
- bu dunyoning yovi uch narsadir: halovat bilmaslik, nafsga qul bo’lish, diyonatga xiyonat qilish;
- bu dunyoning narsasi (ya’ni boyligi) sho‘r suvga o‘xshaydi, odam qancha ichsa ham qonmaydi, tili namlanmaydi;
- dunyo ishi sarobdir, kishi tutayin deb qo‘l uzatsa, yo‘qotadi.
O‘zg‘urmish O‘gdulmishga bergan bu o‘gitlarini tarixda o‘tgan avliyolar, zohidlarning ishlari bilan isbot etadi: “Avliyolar bu dunyoning narsa va molini badal qiladilar (ayirboshlaydilar), zohidlar boqib, bu dunyo asosini tark etadilar” (3514-bayt). Dunyoni, ya’ni mol-dunyoni rad qilish bilan Yusuf qashshoq yashash afzal demoqchi emas, balki dunyoga berilish, mukkasidan ketish insonni toat-ibodatdan uzoqlashtiradi, ko‘ngilni bo‘ladi, demoqchi. “Bu dunyo ishiga aralashgan kishi xizmat bilan band bo‘lib, oxirat ishlarini qila olmaydi” (3297-bayt). Uning aytmoqchi bo‘lgan gapi shudir. O‘zg‘urmish - zohidona so'fiydir. Uning falsafiy qarashlari yo‘q, balki taqvoni va parhezkorlikni bosh o‘ringa chiqaradi. Ilk bosqichdagi so‘fiylik aqidalari ham O‘zg‘urmishning
a’moli singari edi.

Yusuf O‘zg‘urmish obrazi orqali ilgari surgan bu aqidalarda oddiy hayotiy detallar - hamma davrlarda insoniyatni haq yo‘ldan chalg‘itgan, faqat o‘zidan boshqani o‘ylamaydigan, xudbin qilib yaratilgan, o‘zining dunyoqarashi bilan yashaydigan insonlar toifasining qiyofasini chizib beradi. Yusufning O ‘zg‘urmish tilidan aytgan quyidagi bayti hayotga ochiq ko‘z bilan boqishga, odamning hayotdagi tamoyili qanday bo‘lishi kerakligini anglashga undaydi:


Tirigka bu nangdin kechish yoq adash,
Egin buggu ton ham bog‘uzqa ham ash
Halal dunya bulsa yesa qazg‘anib,
Chig‘ayqa ulasa aningdin alib
Kishi ag‘ruqi bolmasa bu bog‘uz
Kishi unmazi ul bu ag‘ruq bog‘uz
(Tirikka bu narsalar (oziq-ovqat kiyim)dan kechish mumkin emas,
ey do‘st, egnini butaguvchi kiyim ham, bo‘g‘izga ovqatham zarur.
Halol dunyo topsa, qo‘lga kiritib bahramand bo‘lsa,
Undan bir ulush olib kambag‘allarga ulashsa.
Kishining mol va tomoq tashvishi bo‘lmasa (qanday yaxshi bo‘lardi),
Mol va tomoq tashvishi kishini ko‘kartirmaydi.) (3606-3606)
Bu singari o‘gitlar Yusufning asosiy aqidalaridan biri ekan, shu o‘rinda Ahmad Yassaviyning quyidagi baytlari Yusufning aqidalariga hamohangligini aytish o‘rinlidir:
Harom-xarish yig'mish molg‘a quvonmangiz,
Mollarini qirshi otlig‘ yilon qilur...
Bu dunyoga bino qo‘ygan Qorun qani!?
Da’vo qilg‘on fir’avn bilan Homan qani?
Dunyo mening degonlar, jahon molin olg‘onlar,
Karkas qushdek bo‘lubon ul haromg‘a botmishlar
Yusuf so‘fiylaming bir toifasi bo‘lgan malomatiylik maslagini ham
O ‘zg‘urmish obrazi orqali ilgari suradi. “Kishilaming yukini ko‘tarsa,
ularga yuk ko‘tartmasa, unga jafo qilsalar, u og‘iz ochmay vafo qilsa” (3382).
Yusuf O ‘zg‘urmish obrazi orqali ilgari surgantasawufiyg‘oyalardan
Ibn al-Arabiy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xalloj kabi mutassaviflarning chuqur falsafiy ta’limotini qidirish o‘rinsiz. Yusuf komil inson sifatlari bilan Iloh sifatlarini tenglashtirayotgani yo‘q, qolaversa, uning maqsadi bu emas edi. Uning aqidalarida hayotning maishiy tomonlariga qattiq e’tibor qaratishdan tiyilish kerakligi haqidagi o‘git bor.
O‘zg‘urmish Kuntug‘di elig va O‘gdulmish bilan qilgan suhbatlarida faqirlikni ulug'laydi. Faqirlik - tariqatda o‘nta maqomotning biri. So‘fiylar nazdida faqirlik ulug‘vor ilohiy mohiyat kasb etish bo‘lib, Xudoga bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo keltirish, bandalikdan sharaf topish, niyozmandlik va talabgorlikda yo‘ldagi tuproq misol nom-u nishonsiz bo‘lish, Iloh nazdida o‘zini zarra, balki zarradan ham kam deb hisoblash va shu martabada komillik rutbasini qozonish ham. Barcha narsalar, olamu odam Allohga tegishli, insonning vujudi ham
o‘ziniki emas, chunki u ham Yaratganning mulkidir. Faqmi ana shunday
mazmunda anglagan odam tasavvuf mohiyatiga ham yetib boradi.
Xullas, O ‘zg‘urmish timsolida Yusuf nafsga erk bermaslik, buning
o‘miga toat-ibodat bilan band bo‘lish, halollik, birovning haqini yemaslik, boriga qanoat qilib kun ko‘rish, haromdan hazar qilish kabi kundalik
amallami bajarishni ommaga da’vat qilishni ilgari suradi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish