2-mutaxassislik 2-kurs 201-guruh talabasi Turaboyev Akmalning,,O’zbek adabiyoti tarixi” fanidan


Asarda to’rt asosiy qahramon obrazi



Download 0,63 Mb.
bet2/19
Sana18.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#69558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
TURABOYEV. KURS ISHI

3.Asarda to’rt asosiy qahramon obrazi

III.Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilova

Kirish.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining yaratilishi haqida
Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir. Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi.
Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan. U o‘zi tug‘ilgan joyni Quz O‘rdu deb ko‘rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi – Bolosog‘unning ko‘plab nomlaridan biridir. Hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida uning xarobalari saqlanib qolgan. Adib Bolosog‘undan Qashqarga ko‘chib borgan. Dostonni shu yerda tugatgan. Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori («Tegurdi manga algi ellik yashim») bo‘lgan. Har holda u «(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi deb ta’kidlaydi. Yana bir o‘rinda «O‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo‘l tegizsa, nimalar qilar ekan?» degan qayd ham borki, bular asar yozilib bo‘lgan chog‘larda muallifning ellikni to‘ldirib, oltmishga yaqinlashib qolganini ko‘rsatadi. Kitob so‘ngida ilova qilingan qasidalarda ham qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan: asar yozilgan muddat («Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z»), yozib tugatilgan sana («Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila»), shuningdek, o‘z nomining keltirilishi («E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni», ya’ni «Ey Yusuf, kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla») shu siraga kiradi.
Umumiy hajmi olti ming olti yuz baytdan ortiq bo‘lgan dostonning bir yarim yilda yozilishi adibning juda katta tajribasi va ulkan mahoratidan dalolatdir. Asar Qashqarda tugatiladi va mamlakat eligi – hukmdori Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u xos hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Bular asardagi nasriy muqaddimada o‘z aksini topgan.

1. “Qutadg‘u bilig” asarining nusxalari.



Asar garchi XI asrda yaratilgan bo‘lsa-da, u haqida o‘zbek adabiyotining keyingi asrlardagi namunalarida hech qanday ma’lumot uchramaydi. Hatto, turkiy tildagi har bir asarga alohida mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lgan buyuk Alisher Navoiy, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ham «Qutadg‘u bilig» yoki uning muallifni mutlaqo tilga olmagan. Shundan kelib chiqib, bu bobokalon shoirlarimiz «Qutadg‘u bilig» haqida bilgan-bilmagani borasida bir narsa deyish qiyin. Bunga sabab – asarning bor-yo‘g‘i quyidagi uch nusxasigina saqlanib qolganligi:
1.Vena nusxasi. U milodiy 1439-yili (Alisher Navoiy tavalludidan ikki yilgina oldin) Hirotda uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirilgan. (Uyg‘ur yozuvi arab alifbosi asosida shakllantirilgan sof turkiy yozuv edi.) Kitob Turkiyaning Tugot shahriga, 1474-yili esa Istanbulga keltirilgan. Uni keyinchalik Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili fransuz sharqshunosi Jaubert Amadee bu buyuk asar haqida ma’lumot e’lon qilib, uni ilm ahliga tanishtiradi.
2.Qohira nusxasi. 1896-yili asarning arab yozuvi asosidagi turkiy alifboda ko‘chirilgan nusxasi Qohirada topildi.
3.Namangan nusxasi. Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 2O-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya, tarix va etnografiya jamiyatiga Farg‘ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh degan kishining qo‘lida «Qutadg‘u bilig»ning yana bir nusxasi mavjudligi haqida ma’lumot beradi. Atoqli adabiyotshunos Abdurauf Fitrat 1924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo‘lyozmani olishga muyassar bo‘ladi. «Qutadg‘u bilig» zamonning ijtimoiy-siyosiy ehtiyoji yanglig‘ yaratilgan. Ya’ni Qoraxoniylar davlati va bu mamlakat xalqining bir g‘oyaviy-mafkuraviy, ma’naviy-axloqiy dasturga, o‘ziga xos milliy ta’limotga katta zarurati bor edi. Shoir ana shu buyuk va sharafi vazifani bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Asarning tub mohiyatida markazlashgan davlatni idora qilish, yana-da mustahkamlash, turli xon va beklar o‘rtasida o‘zaro og‘iz birchilikka erishish, adolatli va oqilona siyosat yuritish, umrning o‘tkinchiligi, ma’naviyat, yashash tartib-tamoyillari bilan bevosita bog‘liq g‘oyalarni badiiy tarzdagi bir qomusiy dastur sifatida ilgari surish niyati yotadi. Unda qaysidir ma’noda xalqning maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari, maslak-g‘oyalari ifodalangan. Shu nuqtayi nazardan u qoraxoniylar davrining mafkuraviy ta’limoti sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Doston masnaviy, ya’ni o‘zaro qofiyalangan ikki misradan iborat baytlar yo‘li bilan yozilgan. Vazni – mutaqoribi musammani mahzuf, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faul» (V – – / V – – / V – – / V –) yoki maqsur, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faol» (V – – / V – – / V – – / V ~). Mutaqoribi musammani maqsur vazniga tushadigan misralarda oxirgi hijo o‘ta cho‘ziq – «sabr», «qand», «tog‘», «tor» kabi so‘zlardan tashkil topadi. Masalan, asardagi: Biliglik, biligsiz, chiqay bar ya bay, Uqushliq, uqushsiz, otun bir gaday, – bayti mutaqoribi musammani mahzuf, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faul» (V – – / V – – / V – – / V –) vaznida bitilgan bo‘lsa, mana bu qo‘shmisra mutaqoribi musammani maqsur, ya’ni «faulun–faulun–faulun–faol» (V – – / V – – / V – – / V ~) vaznida yozilgan:

«Qutadg‘u bilig» kam nusxada saqlanib qolgan bo‘lsa ham, muallif uning o‘z davrida ancha mashhur ekani haqida faxrlanib so‘z yuritadi. Chinliklar uni «Adab ul-muluk» («Podshohlar odobi»), mochinliklar «Amin ul-mamlakat» («Mamlakat omonliklari»), Sharq elining ulug‘lari «Ziynat ul-umaro» («Amirlar ziynati»), eronliklar esa «Shohnoma»yi turkiy» («Turkiy «Shohnoma»), turonliklar «Qutadg‘u bilig», ba’zilar esa «Pandnomayi muluk» («Podshohlar pandnomasi») deb atayotganini alohida qayd etadi.






Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish