Lashkarboshi. Bu lavozimga tayinlanadigan odam - bekning chap qo‘li.
Bekning va elning xotiijamligi shu lashkarboshiga bogliq. Tabiiyki, lashkarboshi chidamli, pishik, ko‘pni ko‘rgan, botir yurakli boiishi lozim. Ziyraklik va hushyorlik, ochiq qo‘1 va jasur, mergan va muloyim ko‘ngilli, dasturxoni ochiq - lashkarboshiga xos sifatlardandir. Lashkarboshining yana bir xislati - ochiq qo’lligi, saxiyligidir. U bola-chaqam, xotinim deb mol-dunyo to‘plamasin. O‘ziga kerakli qurol-aslaha, ot-ulov, kiyim, egar-jabduq bilan kifoyalansa bo’ldi. Ochiq qo’lligi va saxiyligidan uning atrofiga sara odamlar jam boladi. Bahodirlar uning
atrofiga yiglladi, ular lashkarboshining saxiyligidan bahramand bolib, tog‘-u toshlarda yotadi, hatto jonlarini fido qiladi.
Or-nomus lashkarboshi uchun hayot-mamot masalasidir. U kerakli paytda qat’iyat bilan qaror qabul qiladigan, jang san’atini yaxshi egallagan, abjir, har bir jangchining oilaviy sharoitigacha xabardor, lozim bo’lganda yordam qo’lini cho‘zadigan odam bo’lishi kerak.
Bulardan tashqari, Yusuf lashkarboshiga bir qancha xislatlar lozimligini aytadi:
Yaglda kur arslan yuraki kerak
Qarishtuqta asri bilaki yoriq.
Tonguz tag tetimlig boriteg kuchi
Adiglayu irg‘ar qotuz teg ochi.
Yema alchi bolsa qizil tulki teg
Tetir bug‘rasi teg kor och sursa keg.
Saqizg‘anda saqrak kerak tutsa oz
Qayu quzg‘uni teg yiraq tutsa koz.
Ulug‘ tutsa himmat kor arslanlayu
Ogi teg usuz bolsa tunla sayu.
(Urushda botir, arslon yurakli bo’lish kerak,
Jangga kirganda qoplon bilakli bo’lishi kerak.
To‘ng‘izdek chovut qiluvchi, bo‘ridek kuchli,
Ayiqdek hiylakor, qo‘tosdek qasoskor bo'lishi kerak.
Yana qizil tulki kabi hiylachi bo‘lsa,
Tuya erkadidek uzoq kek saqlasa, ko‘r.
O ‘zini zag‘izg‘ondan hushyorroq tutishi kerak,
Qoya quzg‘uni kabi uzoq-uzoqlarga ko‘z yugurtirishi kerak.
Botir arslon kabi himmatim ulug‘ tutsa,
Tunlari xayolchan bedor ona kabi bo‘lsa.) (2274-2278)
Ulug ‘ hojib. Bekning huzuriga har qanday toifadagi va lavozimdagi odamlar hojib orqali kirgan. Bekning siyosatini, qonun-qoidalarini, tartiblarini, nizomlarini hojib bajarardi. Shuningdek, qashshoq, tul, yetimlar arz bilan bek huzuriga kelganda, ulami tinglab, talablarini va ehtiyojlarini bekka bexato yetkazish ham hojibning vazifasi edi. Shu bois Yusuf bunday lavozimga birinchi navbatda, ko‘zi to‘q, uyat-andishali, ko‘p bilimlardan xabardor, zehnli odam tayinlanishi lozimligini va tashqi qiyofasi chiroyli, soqolini doim qirib yurgan bo‘lishi, mard, ovozasi ketgan, andishali, diyonatli bo'lishi darkorligini maslahat beradi. Mana, Yusufning hojiblik unvoniga qo‘ygan talabi:
Hajibliqqa ashnu bu on nang kerak,
Yeti ko‘z qulaq saq ko‘ngul keng kerak.
Yuzi korki bod til uqush og bilig
Qilinchi bularqa tugal teng kerak.
Uzun kech yashasuni elig ozi
Ulug‘ hajib ul begka korgu kerak.
Torn ham toqu ondi yinchka tapug‘
Ulug‘ hajib etsa achar yol qapug‘.
(Hojibliqqa eng avval ushbu o‘n narsa lozim:
O ‘tkir ko‘z, soq quloq, keng ko‘ngil kerak.
Yuz chiroyi, qomati, tili, zehni, aqli va bilimi tugal,
Qilmishlari bularga to la teng boiishi kerak.
Elig o‘zi uzun va uzoq yillar yashasin,
Ulug‘ hojib bekning ko‘rar ko‘zidir.
Qonun (siyosat) hamda rasm-qoida va nizom ishlari nozik xizmat,
Ularni ulug‘ hojib bajarsa, mushkul yo‘1 va eshiklar ochiladi.) (2449-2452)
Do'stlaringiz bilan baham: |