Bek (yoki umuman hukmdor). Bek davlat va hokimiyatning tayanchi, yurt ravnaqining garovi, adolat rahnamosi, aql-zakovat egasi. Beklik, Yusufning ta’biricha, ilohiy hodisa bo‘lib, onadan tug‘ilgandayoq beklik uchun tug'iladilar. Xudo beklik lavozimini beribgina qolmaydi, balki Xudo birontasini bek qilib yaratishni istagan ekan, avvalo, unga qobiliyat, yo‘riq, uquv beradi. Ayni paytda:
Bu beglikka ashnu tub aslbi kerak,
Atbim alp qatbig‘ qurch yana ton kerak.
(Beklik ishi uchun hammadan awal tagi asl odam boiishi lozim,
Mergan, botir, qattiq, chiniqqan hamda qo‘rqmas yurakli bo‘lishi lozim.)
Beklarga faqat mana shunday jismoniy kuch-qudratning o‘zi yetarli emas. Bek davlatni bilim, aql, zakovat bilan boshqaradi. Saxovatpeshalik uning burchi bo‘lishi lozim. Beklar xalqqa bilim bilan boshchilik qiladi. Ammo, deydi Yusuf, bilimli kishining dushmani ko‘p bo‘ladi.
Bilimning beklikda ahamiyatini Yusuf ко‘p marta takrorlaydi. Bek xalqini bilim bilan tutib turadi, Bilimi bo‘lmasa ko‘p ishlarga aqli yetmaydi. Buning oqibatida bek yanglishadi, begligi zaiflashadi, uni davolash lozim bo‘ladi. Bu beklik dardining davosi aql va bilimdir, uni zakovat bilan davolamoq lozim.
Yusuf bekka xos sifat va burchlami birma-bir sanab ko‘rsatar ekan, chinakam komil inson qiyofasini kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalantiradi. Yuqoridagi fazilat va burchga qo‘shimcha ravishda, bek hunarmand ham bo‘lishi lozim. Halol, sof, ko‘ngli va tili to‘g‘ri, fe’l-atvori yaxshi, xush xulq, ko‘zi to‘q, andishali bekning nomi taraladi, undan ezgu urug‘- avlod taraladi.
Xalqning taqdiri bekning qo’lida. Shu bois bekning so‘zi bilan ishi bir, tabiatan muloyim, ochiq chehra bo‘lishi darkor. Bekning odamlarni o‘z ortidan ergashtira olish layoqati - uning saxovatpeshaligidandir deb biladi Yusuf va qadimdan qolgan quyidagi baytni dalil sifatida keltiradi:
Kur arslan bolu bersa bitqa bashbi,
Bu bit barcha arslan bolur oz tushi.
Qalbi bolsa arslanqa bit bashchbisbi
Bu arslan bolur barcha bit saqbishbi.
(Ko‘rgin, agar arslon itlarga bosh bo‘lsa,
Bu itlar barchasi uning tengida arslon bo‘ladi.
Agar arslonlarga it boshchi bo‘Isa,
Bu arslonlar barchasi itga teng bo'ladi.) (2O13-2O14)
Yusuf bek uchun noma’qul beshta illatni sanab, bek ana shu illatlardan tamomila uzoq bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi: birinchisi - shoshqaloqlik, ikkinchisi - ochko‘zlik, uchinchisi - jaholat, to‘rtinchisi -buzuq fe’llik, beshinchisi -yolg‘onchilik. Bekni baxtsizlikka, xalqning undan yuz o‘girishiga sababchi illatlar mana shulardir.
Yusufning ta’biricha, beklikka loyiq odamning tashqi qiyofasi ham muhimdir. Uning bergan o‘gitiga ko‘ra, bek bo‘ladigan odamning yuz ko‘rkli, silliq, bo‘yi o‘rtacha boisin; ovozasi ketgan bo‘lsa yana ham yaxshi.
Ilgari o‘tgan maishatparast hukmdorlaming taqdiri haqida donishmandlaming aytganlaridan Yusuf kitobxonni xabardor etib, bekni mayparastlik illatidan ogoh etadi. Ichkilik - bu yov, deydi Yusuf va buning oqibatlarini, el-yurtga, davlat ishlariga yetkazadigan zararini ko‘rsatib beradi.
Vazir. Yusuf vazir haqida so‘z yuritib, bekka madadkor, beklar yukini ko‘taradigan, beklikdagi beboshliklami tartibga soladigan odamdir, deydi. Vazirdan talab etilgan sifatlar ham nihoyatda yuksak. Zehni
o‘tkir, bilimi dengiz singari, ziyrak, tadbirkor, to‘g‘ri, ishonchli, fe’l-
atvori a’lo, zakovatli, bilimli bo‘lishi lozim. Vazir ham, xuddi bek singari, ideal shaxs. Vazir lavozimiga tanlanadigan odam yana mulohazali, uyat-andishali, ko‘zi to‘q, halol, yuzi ko‘rkli, tutgan ishlari to‘g‘rilik, hisob-kitobga usta, ilmli, har turli yozuvlardan xabardor bo‘lishi lozim. Vazirning ichki va tashqi sifatlariga Yusufning bergan bahosi shuni ko‘rsatadiki, Qoraxoniylar sulolasidagi aka-ukalaming farzandlari taxt talashuvlami, nizolami, bir-biriga xusumatni bas qilishlari lozimligini bek va vazir obrazlari orqali ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Bek bilan vazirni Yusuf bir-biriga yaqin sifatlarga, aytish mumkinki, birday sifatlarga ega
qilib tasvirlar ekan, Qoraxoniylar sulolasidagi yakdillikka, hamjihatlikka
ishora qilgan bo‘lishi aniqroq. Zotan, vazirning maqsadi ham yomonlarni o‘zidan uzoqlashtirib, bekini rohatga yetkazish, fuqarosini osoyishtalikka erishtirishdir:
Bu yanglbig* bulunsa ey elig vazir,
Begin inchka tegrur qarasbi udbir.
Bulur beg tilaki anbindbin tugal,
Ishi barcha etlur qayu ersa hal.
Bayur otru budnbi ham etlur eli,
Xazina kopadur qutadur уы1ы.
Boiur atbi mangu qammas bolub,
Boiur огпы edgu qarbisa ulub.
(Ey elig, shu sifatli vazir topilsa,
Begini rohatga yetkazadi, fuqarosi osoyishta uxlaydi.
Bek undan tilaklarini tugal topadi,
Qanday ahvolda bo’Imasin ishining barchasi bajariladi.
Binobarin, xalqi boyiydi, eli yashnaydi,
Xazinasi ko'payadi, yillari qutli bo‘ladi.
Oti bir umr qarimas bo‘lib mangulashadi,
Qarib chiriganda esa о‘mi yaxshi bo‘ladi.) (2224-2227)
Do'stlaringiz bilan baham: |