Kuntug‘dining so‘zi
Hali sendan xizmat ko‘rmasdan iltifot qildim,
Senga (iltifot bilan) joy bersam, meni oyoq osti qilding.
Sen to‘p qo‘yib darhol o‘ltirishga hozirlanding,
Bu sen uchun o‘ltiradigan joymi, menga (shuni) aytib ber?
Men senga so‘zladim va sening so‘zlaringni tingladim,
Sen ko‘zingni yumgach, o‘zim hayratda qoldim.
Seni kechirdim va yana senga so‘zladim,
Nima uchun sen yuz o‘girding? Menga aytib ber.
Donodan ushbu so‘zlarni eshitmagan edingmiki,
Agar bekka yaqin bo‘lsang, o‘zingga juda ehtiyot bo‘l, (degan).
Otang yoki onang senga aytmagan edimi,
Ey o‘g‘lim, o‘zingni begingga teng qilma, (deb).
Do'stlaringiz bilan baham: |