Taqriznavislik rivojiga bir nazar
Adabiy
jarayonda paydo boʻlgan yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan hozirjavob
taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham,
siqiq shaklda, ommaga tushunarli
tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz
birgina asar tahlili orqali
adabiy jarayondagi
yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning
tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini toʻgʻri yorita olganligi, kitobxonga
badiiy asarning qanday boʻlishi haqida tasavvur bera oladi.
Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik maʼlum darajada rivojlanib
bormoqda.
Ammo u qay darajada
taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va
nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda degan savollar tugʻilishi, tabiiy. Shu jihatdan,
2006–2009 yillar oraligʻida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida
bosilgan ayrim taqrizlarni koʻzdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki
davrlarida taqrizlar koʻpincha “Kitobingizni
oʻqidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Vaʼda”
ruknlari, baʼzan esa toʻgʻridan
toʻgʻri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va
“Vaʼda” ruknlari kam koʻrinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan koʻra,
yangi kitob haqida maʼlumotnomalar berilmoqda.
Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy
jarayon va yozuvchi ijodidagi oʻrnini aniqlash, yutuq va kamchiligini koʻrsatish,
fikrini isbotlash va
baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan taqrizda ilmiy-
estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz
ifodasini
topadi. Shuning uchun taqriz ayrim
tanqidchilar
aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar
tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni koʻrsatadigan, uning
yozuvchi ijodida tutgan oʻrnini tezlik bilan
baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “Soʻz yoʻli” ikki jildli
saylanmasiga shoir
Mahmud Toirning (2009, №14) “Yogʻdu ichra gullagan soʻz” deb nomlangan
taqrizida buni koʻrish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, sheʼrdan olgan
taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz
sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yogʻdu ichra gullagan soʻz – sheʼr
boʻladi. Bunday sheʼrning mazasi dardingga malham boʻladi… Sheʼrdagi otash
– soʻzdagi otash. Ochiq koʻz bilan otashga oʻzini otgan odam – shoir boʻladi”.
Sheʼrdan taʼsirlangan bunday qalb izhorlarini
oʻqigan kitobxon
beixtiyor shoir sheʼrlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning
mundarijasi haqida soʻz yuritilmaydi, balki S. Sayyid sheʼrlari oʻziga xos
sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali
baholanadi. Shoir uslubining oʻziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin
siylagan
soʻzlarning bittasi – ayvon…”. (
Keyin ayvon soʻzi izohlanadi – Sh. A.)
“Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan
keldingmi, bahor?” deya
entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini
dil bilan oqlab berishn
i xayol qilish
shoirona jununlik emas. Balki ota-ona
oldidagi farzandlik masʼuliyatini his qilishning yorqin eʼtirofidir”. Ijodkor
sheʼrlariga ana shunday shoirona baho berish bilan
taqriznavis ikki muddaoga
erishgan: birinchidan, oʻquvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli maʼlumot
berib, uni sheʼriyatga oshno etmoqda,
ikkinchidan, taqrizning vazifalarini toʻliq
boʻlmasa-da, bajarmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar
http://www.lex.uz
2. http://mitc.uz
https://tuit.uz/meyoriy-huquqiyxujjatlar