18
ta’sirida о‘zgarishini bilish eng muxim masala hisoblanadi. Bu esa о‘z navbatida
talabalarning texnologiya asoslari, silikatlar fizik-kimѐsi, fizik-kimѐviy taxlil,
kristallografiya, mineralogiya va petrografiya fanlari asoslarini chukur
о‘zlashtirishlari kerakligini taqazo etadi.
Umumiy
qilib gapirilganda, bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda xom-
ashyolarni tanlash quyida nomlari keltirilgan 6 xil jinslar atrofida bо‘ladi:
1. Karbonatli xom-ashyolar. Ularga portlandsement va ohak olishda
ishlatiladigan ohaktosh, bо‘r, ohak tufi, chig‘anoqtosh nomli ohakli tog‘ jinsi
hamda magnezial bog‘lovchilar ishlab chiqarishda qо‘llaniladigan dolomit va
magnezit kiradi. Ohaktosh, magnezit va dolomit kristall panjarali tog‘ jinslari
bо‘lib, ularning tarkibi kо‘pincha tegishli kimyoviy formulaga tо‘g‘ri keladi.
Ularning mikrotuzilishi turlicha bо‘lishi mumkin. Masalan,
dolomitning
mikrostrukturasi kristallarining о‘lchamiga qarab mayda kristalli (о‘lchami 0,1 mm
dan kichik ), о‘rtacha kristalli (о‘lchami 0,1-0,25 mm oralig‘ida ) va yirik kristalli
(о‘lchami 0,25 mm dan katta);
2. Gilli xom-ashyo - gillar, gilli slanetslar, qumoq tuproqlar, lyoss va
boshqalar. Ular sementli shixtalarning ikkinchi asosiy komponenti hisoblanadi.
Gillar ham tabiatda keng tarqalgan bo’lib, kimyoviy tarkibiga ko’ra kaolinit,
galluazit, pirofillit, montmorillonit, monotermit kabilarga ajraladi. Ular tabiatda
granit va gneyslarning parchalanishidan hosil bo’ladigan jinslardir;
3. Karbonat-gilli xom-ashyo - mergellar. Mergellar tabiatning ulug‘
tuhfasi
bо‘lib, о‘ta yuqori sement olishga imkon tug‘diraditgan yuqori sifatli xom
ashyodir.
4. Kremnezemli xom-ashyo - silikat avtoklav materiallari tayyorlash va
portlandsement
shixtalarida
korrektirovka qiluvchi qо‘shimcha sifatida
ishlatiladigan kvarsli qumlar va betonlar solishtirma og‘irligi va korroziyaga
chidamliligini oshirish uchun sement tarkibiga faol mineral qo’shilma sifatida
kiritiladigan trepellar, diatomitlar va opoka (qumga boy tog‘ jinsi) lar. Tabiatda
kvarsitlar kо‘p tarqalgan zich qattiq maydadonali tog‘ jinsidir. Ular asosan kvars
donachalaridan tashkil topgan bо‘lib, qо‘shilma modda sifatida tarkibiga muskovit,
xlorit, gematit, grafit, kianit va
boshqalar kiradi;
5. Sulfatli xom-ashyo - gipstosh va tabiiy angidrid. Ular gipsli. bog‘lovchilar
ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo va portlandsement qotishi regulyatorlardir;
6. Toshqol va kullar - sementlarning xom-ashyoli shaxtasi hamda ohak, gips va
portlandsement asosida olinadigan qо‘shma sement tarkibiga kiradi.
Bog‘lovchi modda, keramika va shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxonalarga xom-ashyo tabiiy, texnogen yoki sintetik holatlarida karer, kon va
korxonalardan keltiriladi. Sintetik xom-ashyo - kalsinatsiya qilingan soda, bor
kislotasi, bura, potash, bariy karbonati, о‘ta toza oksidlar, karbidlar, nitridlar,
silitsidlar va boshqa bir qator kimyoviy birikmalar dastlabki
ishlov berishni talab
etmaydi. Ular korxonalarga tayyor holda keltiriladi va shixtalar tarkibiga
dozirovkadan о‘tgach kiritiladi.
Tabiiy va texnogen xom-ashyolar - kremnezemli (kvars, kvars qumi,
kvarsit, diatomit, opoka, trepel), alyumosilikatli (lyoss, gil, olovbardosh gil, gilli
slanets, kaolin, dala shpati, chinni toshi, perlit, pemza, tuf, trass va boshqa),
karbonatli (ohaktosh, bо‘r, mergel, magnezit, dolomit), glinozemli (boksit va
nefelin), sulfatli (gipstosh,
angidrid, natriy sulfati), fosforli (fosforit, apatit)
moddalar silikat massasi yoki shixtasi tarkibiga boyitilmagan holda kiritilishi
19
mumkin (qurilish keramikasi ishlab chiqarishda). Lekin kо‘p hollarda (chinni-
sopol, olovbardosh buyum ishlab chiqarishda) ularga dastlabki ishlov berish
zaruriyati tug‘iladi.
Dastlabki ishlov berish orqali ularning tarkibidagi temir va boshqa rang
beruvchi oksidlarning miqdori kamaytiriladi, yopishqoqligini ta’minlovchi
glinozyom miqdori oshiriladi va h.k.
Kvars qumlari yuvilgan vaqtda tuproqlardan tozalanadi, qumdagi erkin
temir
birikmalarning
miqdori
25-30
%ga
kamayadi.
Bu
jarayon
klassifikalashtiruvchi konus, gidromexanik klassifikator va gidrotsiklonlarda
bajariladi. Ishqalab yuvish maxsus aralashtirgichlarda 8-9 minut davomida amalga
oshiriladi. Bu vaqtda kvars zarrachalari yuzasidan gillar yuvilib ketadi, ishqalanish
tufayli yuzada joylashib qolgan 80-90% temir birikmalari yо‘qotiladi.
Flototozalash flotatsion mashinalar yordamida faol aralashtirish yо‘li bilan
amalga oshirildi. Pulpaga flotoreagentlar kiritilishi tufayli qum zarrachalari suvda
xо‘llanadi va chо‘kadi, qо‘shilmalar esa qо‘llanmaganligi tufayli kо‘pik
holatida
yuzada qoladi. Bu usul yordamida temir oksidining miqdori 0,02-0,04% ga
kamayishi mumkin.
Elektromagnitli separatsiya induksion - rolikli magnit separatori yordamida
bajariladigan operatsiya bо‘lib, unda temir birikmalari va kvars zarrachalari turli
trayektoriyalar bо‘yicha harakat qiladi va yig‘iladi.
Boyitishning kimyoviy metodlari ham optik shishalari, qо‘rg‘oshinli billur
kabi mahsulotlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Yuzani erituvchisi sifatida
suyultirilgan kislota yoki kuchsiz kislota tuzi eritmasi ishlatilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: