2 mundarija


 Mavzu: Tarkibi va vazifasiga ko’ra shisha turlari. Shisha iishkab



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/89
Sana10.07.2022
Hajmi3,9 Mb.
#769074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

6 Mavzu: Tarkibi va vazifasiga ko’ra shisha turlari. Shisha iishkab 
chiqarish chiqarish sanoatining xom ashyosi va materiallari, shixta tarkibini 
tayyorlash va ularni qayta ishlash. 
Reja: 
Kirish so’zi. 
1.
Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli. 
2.
Texnika shishasining umumiy xususiyatlari. 
3.
Texnika shishasi turlari. 
4.
Texnika shishasini ishlab chiqarish texnologiyasi. 
5.
Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati. 
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 
Nazorat savollari. 
*** 
Kirish so’zi. 
Texnika shishalarining turi nihoyatda ko’p. Ularning ahamiyati nihoyatda 
kata. Tarkibi va xom – ash’yosi son – sanoqsiz. Ishlab chikarilayotgan mahsulot 
assortimenti, ularning ishlatuvchi sohalar behisob ko’p. Quyida shular haqida gap 
boradi. 
1. Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli. 
Hozirgi kunda quyosh, planeta va yulduzlar ustida katta ilmiy- tadqiqot 
komplekslarini amalga oshirish, ilmiy-fan va xalq xo’jaligi manfaatlarini ko’zlab 
er yuzasi va atmosferani o’rganish, odamning xayot faoliyatiga kosmik parvoz 
omillarining ta’sirlarini o’rganish borasida tibbiy - biologik tadqiqot olib 
borilmoqda. Kosmosda texnologik operastiyalar-metallarni payvandlash, kristall va 
shishasimon moddalarni sintez qilish kabi ishlab bajarilmoqda, manzaraning uch 
o’lchovli tasvirini fotografiya yo’li bilan qayd qilishdek o’lkan ishlar amalga 
oshirilmoqda. Asrimizning ana shu muvaffaqiyatlarida shishadan yasalgan nur 
tarqaluvchi va yo’naltiruvchi ekran, ko’zgu va lampalarning ahamiyati katta.
Xolbuki, lyuminesstent yoki issiqlik lampalarida atomlarning turli 
tomonlariga har xil to’lqin o’zunligida, istalgan vaqt mobaynida yorug’lik 
kvantlarining tarqalishiga erishiladi. Tarkibida steriy, neodim, erbiy, tulliy kabi 
aktiv moddalar ko’shilgan lazer shishalarda esa atomlarning muayan tarzda - bir xil 
yo’nalish bo’ylab, bir xil to’lqin uzunligida, sinxron ravishda tarqalishi natijasida 
katta quvvatli nur olinmoqda va uni kerakli manzilga to’la uzatishga muyassar 
bo’linmoqda. 
2. Texnika shishasining umumiy xususiyatlari. 


28 
Texnika shishasi buyumi va materiallarining pishiq va mustahkamligini 
istalgancha o’zgartirish mumkin. Odatda, shisha sathi mikroskopik defektlarga boy 
bo’ladi. Bunday shisha yuzasini plavik kislota bilan sayqallash mustaxkamlikning 
3-4 martaba oshishiga olib keladi. Olimlarning fikricha, shisha yuzasini 
silliqlashdan tashqari jipslashtirish ham mustahkamlikni oshiradi. Jumladan, 
yumshatilgan shisha varag’ini suyuqlikka botirib olish yoki bosim ostida sovitish 
mustaxkamlikning 5-6 martaba o’zgarishiga, qattiqligini esa keskin oshishiga olib 
kelishi aniqlangan. 
Texnika shishalarning kimyoviy pishiqligi ham katta diapazonda tarkibiga 
bog’liq holda o’zgaradi. Ularning ba’zi turlaridan yasalgan truba va idishlarning 
kimyoviy turg’unligi yuqori, ichki yuzalari silliq bo’ladi. Bu buyumlarni kir-
chirdan tozalash ancha oson. Devorlari toza bo’lganidan ichida bo’layotgan 
prostessni kuzatish mumkin. Bunday fazilatlar, kvarst va borli silikat shishalari 
uchun xos, shu sababli ularda kuchli kislota, ishqor va boshqa kimyoviy aktiv 
moddalarni saqlash va transportirovka qilish mumkin. 
Yuqori qayd qilinganidek, texnika shishasi ko’pgina foydali, o’ziga mansub 
bo’lgan xossalarni jamlangan.Shu sababli shisha buyumlari topish qiyin bo’lgan va 
tannarxi qimmat mahsulot bo’lmoqlari kerak. Ammo biz har qadamda shisha 
buyumlarga duch kelib, boshqa xulosa chiqarayotirmiz. Buning asosiy sabablari 
shishalarning arzon, keng tarqalgan kimyoviy materiallar asosida olinishi, shisha 
“bo’tqa”sining qo’l va mashinalarda hohlagan formani olishga o’ta moyilligi, 
xalqimizning shishasozlik san’ati usullarini mukammal egallanganligi, olim va 
injenerlarimizning bu sohani rivojlantirishdagi o’lkan mehnatidir. 
Xohlangan formani berish mumkinligi, yuqori dekorativ xossaga egalligi, 
nurni qabul qilish va uzatish qobiliyati, o’ta tiniq holatdan shaffofsiz holatga 
o’tishi mumkinligi, arzonligi, qolaversa, uning pishiq va umri uzoqligi kabi asosiy 
xossalar shishasozlikning bundan buyon ham rivojini ta’minlovchi omillar ekanligi 
endi hech kimda shubha tug’dirmasa kerak.
3.Texnika shishasi turlari. 
Texnika shishasining turi juda ko’p. Uning asosiy mahsulotlari qatoriga 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
1. Kvarst shishasi - shaffof va bo’g’iq; 
2. Optika shishasi - kron, flint va boshqalar; 
3. Nur texnikasi shishasi - shaffof va rangli; 
4. Toblangan list shishasi - yassi, egilgan va boshqalar; 
5. Tripleks list shishasi - silliqlanmagan va silliqlangan; 
6. Mollirovkalangan shisha - shaffof va rangli; 
7. Kimyoviy - laboratoriya shishasi - yupqa va yo’g’on shishalar; 
8. Termometrik shisha - yuqori kremnezemli, borsilikatli va qo’rg’oshin 
silikatli; 
9. Tibbiy shishalar - apteka shishasi, ampula, flakon, tibbiy detal, drot va 
boshqalar; 
10. Elektrod shisha - elektrod va korpus shishalari; 
11. Elektr payvandlash flyuslari olishda ishlatiladigan shishalar; 
12. Elektr tokini o’ta o’tkazuvchan shishalar; 
13. Lyuminesstent texnikasida qo’llaniladigan shishalar; 
14. Lazer texnikasi shishalari; 


29 
15. Yo’l belgilari yasashda ishlatiladigan shishalar - shisha mikrobo’lakchalar 
va katafotalar; 
16. Atom texnikasi shishalari va boshqalar. 
Texnika shishalarining turlari yuqoridagilar bilan cheklanib qolmay, kundan-
kunga ko’paymoqda. Misol tariqasida, atom texnikasi shishalarini keltirish 
mumkin. Texnika shishalari orasida kvant elektronikasining asosini tashkil etuvchi 
lazer, lyuminafor sifatida ishlatiluvchi shishalarning salmog’i ham kundan-kunga 
oshib bormoqda.
4. Texnika shishasini ishlab chiqarish texnologiyasi. 
Kvarst shishasi texnika shishalari orasida muxim o’rinni egallaydi.Buning 
sababi uning fizik-kimyoviy xossalari juda yuqori va kerakli xom-ash’yo 
bazalarining etarli darajada ekanligidadir. 
Kvarst shishasini ishlab chiqarishda formulasi SiO
2
to’g’ri keladigan yuqori 
darajadagi toza tog’ billuri yoki kvarst qumlaridan foydalanadi. Albatda, ular og’ir 
temirli minerallar, dala shpati, slyuda va tuproqdan tozalanishi zarur. Natijada 
boyigan tog’ jinsining kimyoviy tarkibi SiO
2
foydasiga o’zgaradi va maydalangan 
zarrachalarning 
granulometrik 
tarkibi 
tuzatiladi. 
Ishlab 
chiqarishda 
qo’llanilayotgan xom-ash’yo tarkibi quyidagicha bo’ladi: SiO
2
99.6-99.7; R
2
O
3

0.15-0.30, shu jumladan Fe
2
O
3
0.002-0.003; CaO 0.05-0.08; MgO 0.03-0.05; R
2

0.01-0.02 va qizdirilgandagi yo’qotish 0.05-0.08%. Donalar o’lchami esa 0.02 dan 
to 0.35 mm oraligida bo’ladi. 
Quyidagi chizmalarda kvarst shishasi olishga oid ikki texnologik tizim
keltiriladi:


30 
47-rasm. Bo’g’iq kvarst shishasi asosida turli buyumlar ishlab chiqarishning 
soddalashtirilgan texnologik tizimi. 


31 
48-rasm. Shaffof kvarst shishasi asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologik 
sxemasi. 
5. Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati. 


32 
Texnika shishasi barcha tarmoqlarda keng qo’llaniladigan universal 
materialdir. Birgina kvarst shishalarini qo’llanishini olib ko’raylik. U kimyoviy 
mashinasozlik va asbobsozlikda kislotaga chidamli apparat, truboprovod, 
xolodilnik, isitgich, vanna, idish, reaktor, nasos, tigel, kolba, kovak filtr;issiqlik 
texnikasi va metallurgiya termoparalarining g’ilofi, gaz va elektr pechlarining 
trubasi, gaz gorelkasi, pechlarning brusi, elektr isitgich; elektrovakuum sanoati va 
nur texnikasida yuqori voltli izolyator, katod va generator lampalarining detali, 
simobli to’g’rilagichlarning katodli izolyatori; optika-kimyo sanoatida esa 
ko’rsatuvchi shisha, ultrabinafsha va infraqizil optikaning bo’laklari va boshqa 
maqsadlarda ishlatiladi. 
Nurli texnikada bunday shishalardan svetofor, fara, projektor, yoritkich, 
linza, yo’l belgilari yasashda foydalanilgan; pishiqlangan taxta shishadan 
avtomobil, samolyot, teplovoz, tramvay va teploxodlarning deraza va ilyuminator 
oynalari, eshiklari, ajratkichlari, o’ramlari, nurfiltrlari yasalgan; tripleks 
shishasidan 
Neksiya, 
Damas, 
Tiko, 
ZIL, 
Volga, 
Moskvich, 
Jiguli 
avtomobillarining eshik va oldi oynasi tayyorlangan. Shuningdek shishadan 
avtomobillarning korpusini ham yasash mumkin. 
Kvant elektronikasida esa aktiv moddadan (neodim, erbiy, itterbiy, steriy, 
samariy oksidlari) tayyorlangan shisha XX asrning 60-70 yillardan boshlab lazer 
sifatida ishlatilmoqda. Bu kashfiyot fanning o’lkan yutug’i bo’lib qolmay, 
insoniyat madaniyati hazinasiga qo’shilgan salmoqli hissa bo’ldi. Chunki u 
jismlarni juda yuqori haroratda qizdirish, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni 
tezlashtirish, jarroh, zargar va quruvchining tig’siz ishlashi, predmetlarning hajmiy 
tasvirini olish, turli materiallar, suyuqlik va gaz muhitlarining tarkibini tez aniqlash 
kabi 
imkoniyatlarni 
tug’diradi. Lazerli shishalarni ma’lum ma’noda 
radioto’lqinlarning generatorlari va kuchatirgichlari deb qarash mumkin. Lazerli 
shishalar erning sun’iy yo’ldoshlarini, Oy, Mars va Venera planetalarini, kosmik 
kemalarini, radioaktiv prostesslarni kuzatish va o’rganishda ham keng 
qo’llanilmoqda. 
Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir gurux olimlari olib borgan ko’p 
yillik ilmiy izlanishlar respublikamizda shishaning bir necha turlari-yo’l belgilari 
uchun 
ishlatiluvchi 
optik 
shishalar, 
termometrik 
shishalarning 
yangi
modifikastiyalari, ma’lum miqdorda tok o’tkazuvchi yarimo’tkazgich shishalar, 
o’ta yuksak fazilatlarga ega bioshishalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish 
mumkinligi isbotlab berdi.
Texnika shishalari tarkibi va texnologiyasini yaratishga oid ishlar O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar Akademiyasining issiqlik fizikasi va Yadro tadqiqotlarini olib 
borish institutlarida, “Fizika-Quyosh” ishlab chiqarish birlashmasining 
materialshunoslik 
institutida, 
Toshkent 
Davlat 
2-chi 
Tibbiyot 
instituti 
laboratoriyalarida, 
Toshkent 
“Oniks” 
xissadorlik 
jamiyatining 
shisha 
laboratoriyasida, Farg’onaning “Quvasoy kvarst” korxonasi tajriba stexida, 
“Toshkent - kabel” ishlab chiqarish birlashmasida va boshqa muassasalarda 
muvafaqqiyatli olib borilmoqda.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar. 
Texnika shishasi – xom ashyolar aralashmasini eritish, qoliplash va 
kuchlanishni yo’qotish yo’li Bilan olinadigan, ko’pgina foydali, o’ziga mansub 
bo’lgan xossalarni jamlagan va texnika sohalarida qo’llaniladigan shaffof jins; 


33 
Texnika shishasi turlari – kvarst, optika, nur texnikasi, toblangan list, tripleks 
shisha, egilgan shisha, kimyoviy – laboratoriya shishasi kabi turlanish; 
Kvarst shisha ishlab chiqarish texnologiyasi – kvarst qumiga chuqur ishlov 
berish, quritish, eritish, cho’zish yoki presslash, kesish va otjig kabi jarayonlani o’z 
ichiga olgan texnologik tizim. 
Kvarst shisha xom ashyosi – tarkibida 99,6 – 99,7 SiO
2
bo’lgan qum bo’lib, 
ularning donalari o’lchamlari 0,02 dan 0,35 mm gacha boradi. Qum o’rniga toza 
kvarst toshini ishlatish ham mumkin. 
Kvarstni erish nuqtasi – harorat 1710 
0
S ga etganda SiO
2
ning kristall 
formadan eritma formasiga o’tish nuqtasi. 
Kvarst shishaning asosiy xususiyatlari – kislota va ishKorlarga chidamlilik, 
issiqdan kengayish kamligi, mexanik mustaxkamligining o’ta yuqori bo’lishi. 
Texnika shishasini qo’llanilishi – xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun 
keng ishlatiladigan universal material. 
Nazorat savollari. 
1.
Texnika shishasining stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi rolini gapirib 
bering. 
2.
Texnika shishasiga ta’rif bering. 
3.
Texnika shishasi safiga kiruvchi shishalarni sanab bering. 
4.
Texnika shishasining umumiy xususiyatlarini sanab bering. 
5.
kvarst shishasi asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologik sxemasini 
chizib bering. 
6.
Kvarst shisha ishlab chiqarishda qanday xom Ashe ishlatiladi? 
7.
Kvarstning erish nuqtasi necha gradusga teng? 
8.
Texnika shishasi kanday maqsadlarda ishlatiladi? 
9.
Texnika shishalarining istiqbollari qanday? 

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish