188
Keramik g’isht ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlatilish sohalari;
Gʻisht
— qurilish materiali; toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishidagi
sunʼiy tosh. Tabiiy va sunʼiy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq
turlarga boʻlinadi. Xom Gʻisht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq Gʻishtni
tayyorlashning "hoʻl" va "yarim quruq" usullari bor. Oddiy pishiq gʻishtni "hoʻl"
usulda tayyorlash uchun sogʻtuproqdan
loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi,
qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. "Yarim quruq" usulga koʻra, 8—
10% namliqdagi tuproq mas-sasi 120–150 kg/sm
2
bosim ostida poʻlat
qoliplarda
maxsus presslarda presslanadi, keyin 1000°C ga yaqin temperaturada
aylanma yoki
tunnel xumdonlarda pishiriladi. Bu usul G’ishtning oʻlchamlari aniq va shakli
toʻgʻri boʻlishini taʼminlaydi. Siqilishga mus-tahkamlik chegarasi boʻyicha
Gʻishlar 5 markaga boʻlinadi: 150; 125; 100; 75; 50. "Hoʻl" usul boʻyicha
tayyorlangan Gʻishning hajmiy ogʻirligi oʻrtacha 1700 kg/m\ "yarim quruq" usulda
tayyorlangan Gʻishniki esa 1900 kg/m
3
ni tashkil etadi. Hajmiy ogʻirligi
1400 kg/m
3
dan kam boʻlgan yengil Gʻishtlar ham binokorlikda keng ishlatiladi.
siqilishga mustahkamlik chegarasi 50– 100 kg/sm
2
va hajmiy ogʻirligi 1000–
1400 kg/m
3
boʻlgan Gʻishtlar imoratlarning yuk koʻtaruvchi
devorlarini tiklashda
qoʻllanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi 35–50 kg/sm
2
va hajmiy ogʻirligi
700–1000 kg/m3boʻlgan yengil Gʻishtlar oddiy devorlarda, issiq —
sovuqni
oʻtkazmaydigan (izolyatsi-on) material sifatida hamda sinchli binolarda sinchlar
orasini toʻldirishda ishlatiladi. Hajmiy ogʻirligi 500–700 kg/m
3
va
mustahkamlik
chegarasi past (6–15 kg/sm
2
) boʻlgan Gʻishtlar qozon, quvur va pechlarga qoplash
uchun qoʻllanadi.
Gʻishtlarning kovakli, koʻp teshikli,
kislotaga, oʻtga chidamli maxsus
xillari mavjud. Silikat Gʻishtlar ham ishlab chiqariladi. Silikat Gʻisht
tayyorlash
uchun kvars qumi (92—95%), ohak (5—8%) va suv aralashmasidan iborat massa
yuqori bosim va temperatura ostida avtoklavlarda qotiriladi. Silikat Gʻisht sargʻish
kulrang koʻrinishda boʻladi. Uning hajmiy ogʻirligi 1700– 1900 kg/m\ Bunday
Gʻishtlar fuqaro va sanoat binolarining yuk koʻtaruvchi
devorlari va ustunlarini
tiklashda ishlatiladi. Silikat Gʻishtlar namga, yuqori temperatura (500° dan ortiq)
ga uncha chidamli boʻlmagani uchun pech va moʻrilarda, poydevor va sokollarda
ishlatilmaydi.
Qad. oʻzbek milliy meʼmorligida kvadrat shaklidagi (24x24x5 sm) "mu-
sulmon" G’ishtlar keng rasm boʻlgan. Oʻzbekistonda 19-asr 2-yarmidan
toʻrtburchak shaklli (28x13x7 sm va 37x23x9 sm oʻlchamli) "nikolay" Gʻishtlari
ishlatilgan. Hozir asosan 25x12x6,5 sm oʻlchamli va bir yarimtali (25x12x8,8 sm)
pishiq G’isht ishlatiladi.
Nazorat uchun savollar
1.
Keramika haqida nialar bilasiz?
2.
Keramikadan qanday buyimlar olinadi?
189
3.
Keramik g’ish ishlab chiqarish usullari?
Do'stlaringiz bilan baham: