5– amaliy mashg‘ulot
( 4 soat)
Devorbop keramik buyumlar turlari va ishlatilish sohalari
Bino bezagi uchun keramika texnologiyasi bo’yicha issiqlik berish yo’li
bilan pishirilgan maxsus tarkib va xossalarga ega bo’lgan chinni va sopolsimon
tuzilishi me’morchilikda keng qo’llaniladigan buyumlarga keramik plitkalar
(koshinlar) deb ataladi. U binoning sirti va ichki qismiga ko’rk berib, uni kir va
namdan saqlaydi.
Ko’p sonli adabiyot manbalarda plitkalar termini toshtaxtacha, ya’ni
kichkina plita yoki to’rtburchak taxtacha shaklidagi kichikroq buyum ma’nosida
ishlatiladi. Ba’zi manbalarda esa koshin termini naqshli plitka ma’nosida
ishlatiladi.
Hozirgi kunda koshinlar O’zbekiston hududida «O’zqurilishmateriallari»
akstiyadorlik kompaniyasiga qarashli Toshkentdagi «Toshqurilishmateriallari» va
barcha viloyatlarda mavjud bo’lgan maxsus kulolchilik korxonalarda ishlab
chiqarilmoqda. 2000-yili «Toshqurilishmateriallari» akstiyadorlik korxonasi Italiya
firmasi yordamida Germaniyada chiqadigan qoliplovchi presslarni korxonada
o’rnatish hisobiga katta o’lchamli koshinlar ishlab chiqarishga o’tdi.
Plitka turlari.
Keramik plitkalar ishlatilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi:
1. Polbop keramik plitkalar. Ular dag’al keramika guruhiga mansub;
2. Ichki pardozlash plitkalari. Ular nafis yoki nozik keramika texnologiyasi
bo’yicha olinadi;
3. Fasad plitkalari. Ular ham dag’al keramika buyumlari safini to’ldiradi;
Polbop keramik plitkalar o’z navbatida ikki turga ajraladi:
1. Keramik plitkalar;
2. Koshin yoki naqshli plitkalar.
Polbop keramik materiallar shakli 85-rasmda, o’lchamlari esa 30-jadvalda
berilgan. Rasmda 1, 2, 4, 6, 7, 9, 11 va 13 raqamlar bilan ko’rsatilgan plitkalarning
qalinligi 10 mm, qolganlari (3, 5, 8, 10, 12, 14 va 15) niki esa 13 mm.
190
7 rasm. Polbop plitkalar.
Plitka xom-ashyosi.
Polbop keramik plitkalar ishlab chiqarish uchun pishish intervali katta
bo’lgan (~80-100°C li) bir tarkibli gillar ipshatiladi. MDH mamlakatlari
hududlarida joylashgan ko’pgina korxonalar kuydirilganida oq, sariq va qizil rang
beruvchi shunday xom-ashyolardan foydalanishadi (1 jadval).
1 jadval
Polbop plitkalarning xom-ashyosi sifatida ishlatiladigan gillarning mas.% berilgan
kimyoviy tarkibi, °C hisobidagi olovbardoshliligi va rangi.
Kimyoviy
tarkibi va
xossalari
Gil konining nomi
Chasov
Yar
Drujkovsk
Yangi
shveystars
k
Nikiforovs
k
Nikolaevs
k
Quyi
Uvelsk
SiO
2
53,0
61,6
55,1
58,8
62,0
57,6
Al
2
O
3
+Ti
O
2
32,6
24,7
32,3
21,7
24,3
29,2
Fe
2
O
3
1,5
0,8
0,8
9,3
2,6
3,0
CaO
0,6
0,8
0,6
0,6
0,8
0,2
MgO
0,7
0,7
0,6
0,6
1,0
0,9
K
2
O
2,7
2,9
2,1
1,9
2,5
-
Na
2
O
0,3
0,2
0,3
SF
0,3
-
Qizdirilga
nda
yo’qotishl
ik
8,5
7,0
8,1
6,2
6,4
9,5
191
Olov
bardoshli
k
1700
1610
1700
1480
1600
1560
Rangi
Oq
Oq
Oq
Qizil
Sariq
Kulrang
Do'stlaringiz bilan baham: |