2. Mehmonxona rivojlanishida landshaft tushunchasi Mehmonxona intereri va


Mehmonxona rivojlanishida landshaft to‘g‘risida tushuncha



Download 79,9 Kb.
bet3/9
Sana14.07.2022
Hajmi79,9 Kb.
#796645
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KUDRATILLOYEV JAVOHIR

2. Mehmonxona rivojlanishida landshaft to‘g‘risida tushuncha
Landshaft termini bizga geografiya fanidan ma’lum. Landshaft dizayni esa bugungi kunda ochiq osmon qurshab turgan kenglikdagi yer, suv, o‘simlik kabi tabiiy unsurlarga ma’lum darajada shakl berib, unga arxitekturaviy formalar yordamida badiiylashgan hamda inson ehtiyojlariga moslashgan makon yaratish san’ati, “arxitekturaviy landshaft” deb nomlangan yangi tushuncha yuzaga keladi. Landshaft dizayni – ijodiy faoliyat turi bo‘lib, sun’iy muhitni shakllantirish, ko‘kalamzorlarni bezash, geoplastika, kichik arxitektura shakllari, dekorativ qoplamalarni yaratish va vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalanish kabilar bilan shug‘ullanadi.Landshaft dizaynining maqsadi – arxitekturani tabiat elementlari bilan o‘zaro bog‘lashdir. L andshaft dizayni ob’ektlari – ochiq va usti yopilgan fazolardir. Ularga ko‘cha va maydonlar, kichik rekreatsion (dam olish, hordiq chiqarish) joylar (xiyobon, skver, bog‘lar, yo‘lak va ko‘chalar), turli maqsadga mo‘ljallangan parklar, yashash joylardagi dam olish va xo‘jalik maydonchalari (bolalar, kattalar dam olish va sport maydonlari), turli funksional xonalarning intererlari kiradi.
Landshaft dizaynida ham kompozitsiyadagi barcha qonun va qoidalarga amal qilinadi ya’ni masshtab, ritm, metr, kontrast, nyuans, faktura, kompozitsion yaxlitlik, dominant va boshqalar loyihaviy rejalashtirishda inobatga olinadi.
O‘tmishdagi asrlar davomida yaratilgan bog‘-parklarustalari ham o‘z faoliyatlariga tabiatan boshqariladigan va barcha san’at turlariga umumiy bo‘lgan qonuniyatlarga tayanganlar. Bog‘lar yaratilishida arxitektura va tasviriy san’at (jivopis), poeziya va musiqa jammuljam bo‘lib birlashadi va umumiy mazmun kasb etadi. Ammo landshaftni qurish, tizimga solish ko‘proq arxitektura qonuniyatlariga yaqinligi isbot talab qilmaydi. Shuning uchun ham biz atrof-muhit fazosini tabiiy landshaft vositasi orqali tashkillashtirishni bog‘ning landshaft arxitekturasi sifatida e’tirof etamiz.
Landshaft dizaynida loyihaviy ishlarining bajarilishida joy harakteri, regionning milliy an’analari, iqlim, suv, o‘simlik (flora va fauna), relef, moliyaviy talab, dizaynerning mahorati, xullas buyurtmachining didi kabi faktorlarga duch kelinadi. Shuning uchun ham bog‘ yaratish san’ati madaniyatimizdagi eng murakkab yo‘nalish hisoblanadi.
Landshaft loyihasida ikki asosiy izlanish mavjud. Birinchisi – bu yer, suv, o‘simliklar, arxitekturaviy qurilmalar va hokazolar mavjud bo‘lgan hududni yangicha rekonstruksiyalash, unga yangi shakllar kiritish, o‘simlik dunyosini qayta shakllantiris3h, hududdagi barcha komponentlarni qayta oriyentatsiyalash; ikkinchisi – bu yangi o‘ziga xos rejali hudud bo‘lib, bunda dizaynerdan suv, o‘simliklar, manzarali va mevali daraxtlar, kichik arxitekturaviy formalarni arxitekturaviy-rejalashtirish, xullas “uy va bog‘” yaratish talab qilinadi. XVI asrda ingliz faylasufi Frensis Bekon bog‘ haqida quyidagilarni e’tirof etgan edi: “Bog‘ – insonning maishiy hayotida eng tozasidir. Chunki u inson ruhiyatini tozalaydi, uningsiz qasrlar, binolar inson qo‘li yaratgan qo‘pol qurilmalardir xolos”. Buning bilan biz inson turmush tarzi uchun landshaft arxitekturasida bog‘larning o‘rni, ekologik maqbullik qanchalik muhim ekanligini fahmlab olishmiz mumkin. Qanday bo‘lmasin dizayner o‘z loyihasida qo‘yidagi to‘rt asosiy prinsipni esdan chiqarmasligi kerak: uch o‘lchamli fazo miqyosida fikrlash, qo‘llanilayotgan materiallardan maksimal foydalanish, inson fiziologik talablarini inobatga olish – bunda loyihaviy yechimlarga ilmiy yondoshish, joyning flora va faunasi imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanish.
Loyihalashtiriladigan muhitni yil fasllari, kunning vaqti landshaft xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan boshqa o‘zgaruvchanlikni hamda loyihada ko‘rsatilmagan – suv shildirashi, gullarning xushbo‘y hidi, fontandagi kamalak va uning ranglari va boshqalarni inobatga olish zarur.Landshaft dizaynining asosiy maqsadi – insonga ochiq muhitni yoqimli qilib, dilga xushnudlik, funksional, estetik va ekologik xususiyatga ega qilib yaratish, bunda estetik faktor asosiy o‘rinni egallaydi.
Landshaft dizayni kompozitsiyasidarelef (geoplastik element sifatida), o‘simlik, suv, havo (asosiy vizual manba sifatida) asosiy elementlar hisoblanadi.Bundan tashqarilandshaft dizaynining asosiy kompozitsion elementlariochiq muhit, o‘simlik, qurilishlar, sharsharalar, ranglar-ning turlichaligi, yorug‘lik, soya, havo vizual perspektivani yuzaga keltiradi.Kuzatish orqali kelib chiqadigan his-xayajonlanish va uning emotsional kayfiyatga ta’siri, masshtab, rang, konstrastlar uyg‘unligi kabi vositalar orqali sodir bo‘ladi. Bu esa kompozitsiyaning asosiy faktor4laridir.
- L andshaft dizaynining boshqa san’at turlaridan asosiy farqi:
- landshaft dizaynining asosi bu tabiat (o‘simlik, relef, yer, suv, havo, toshlar va hokazolar)dir;
- landshaft strukturasining asosi – jonli, tabiiy muhit - doimo organizmdagi o‘zgaruvchanlikni sodir bo‘lib turishi.
Landshaft dizayning boshqa turli kompozitsiyasi dinamik strukturaga, ya’ni vaqt o‘tishi bilan uzluksiz o‘zgarib turishi bilan bog‘liqdir. Landshaft ob’ekti yaratilish jarayonida landshaftda tabiiy elementlarning sintezi va sun’iy shakllar, ya’ni landshaftning yangi ko‘rinishda paydo bo‘lishidir.
Landshaft – tabiat-xududiy, tabiiy unsurlardan tashkil topgan va ma’lum bir tashqi ko‘rinish harakteriga ega majmuadir.
“Landshaft” va “manzara” tushunchasini bir-biri bilan adashtirmaslik kerak, ammo ularning ikkisi ham nemis va fransuz tilidan tarjima qilinganda “joyning ko‘rinishi” degan ma’noni beradi. “Landshaft” – geografik termin, geografik rayonlarning tabiiy ko‘rinishini o‘zgacha ajratishdir. “Manzara” – rang-tasvirda ishlatiladigan termin bo‘lib, inson ko‘zi bilan xududdagi joyni aniqlashdir.
L andshaftning beshta asosiy unsurlari mavjud – bular yer (relef), havo, suv, flora va fauna. Oltinchi unsur esa insondir. Yer qatlami turlicha releflarga ega. Bu relef havo va suv taqsimotini ta’minlab turadi. Buning oqibatida joyning hududiy-iqlimiy o‘simliklar va hayvonlar dunyosining o‘ziga xos harakterlanishiga sabab bo‘ladi.
Relef – landshaftning “skeleti”- dir. Uning o‘zgarishida boshqa barcha unsurlarning o‘zgarishini kuzatish mumkin.Landshaftlar tabiiy (tabiatan) va antoropogen bo‘limlarga bo‘linadi
Tabiat muhitidagi rivojlanish davomida va insonning aralashuvi jarayonida tabiiy landshaftlar vujudga keldi. Zamonaviy rivojlanish pog‘onasida bu tushunchani shartli ravishda qabul qilish mumkin, ya’ni bu hudud planetada yo‘qdek, asosiy landshaft unsurlariga inson faoliyati orqali tegilmagandek.
Antropogen landshaftlar o‘zaro harakatlanuvchi tabiiy va sun’iy unsurlardan tashkil topadi va inson ishtiroki natijasida shakllanib boradi. Landshaftning takomillashuvi jarayonida landshaft urbanizatsiyasi tushunchasi shakllandi. Bularga shahar, qishloq, sanoat, rekreatsion landshaftlar kiradi. Landshaft dizaynida arxitekturaviy muhitni yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Muhitda barcha tabiiy va arxitekturaviy unsurlar kompozitsion yaxlitlikda bajarilishini talab qiladi. Berilgan ob’ektning loyihaviy yechimida dizayner o‘z diqqatini arxitekturaviy qurilma, kichik arxitekturaviy formalarning uyg‘unligiga, faktura jihatidan boy, sifatli ko‘rinishiga erishilishiga qaratishi lozim.

Download 79,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish