XULOSA VA TAKLIFLAR
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbekistonda ta`lim sohasida keng
imkoniyatlar ochildi,vatanimizning xalqaro sahnadagi muvaffaqiyati, obru- e'tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, chizmachilik fanlari
yetakchi mavqe kasb etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas'ullik
hissini yanada oshirishga xizmat qiladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan
xulosa shuki,talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab chizmachilik chizma geometriya, Mashinasozlik chizmachiligi arxitektura chizmachiligi, tappagrafik
chizmachiligi kabi mutaxassislik fanlarining asosi bo`lgan boshlang`ich
proyeksion chizmachilik mashg`ulotlari ham amaliy, ham ilmiy–nazariy
jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk muhandislar chizmalarning
ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar. Bularni
talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik
prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim. Men o`zimning kurs ishimda chizmachilikhaqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, ishlash usullarini misollar keltirish bilan yoritdim.
Shu bilan birga chizmalarga doir bir nechta misollarni ko`rsatdim.
Men o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim.
Dizayn taraqqiyotining tarixi va nazariyasini o’rganar ekanmiz, mazkur kurs
ishini yaratish jarayonida bir qator ilmiy adabiyotlar, maqolalar va boshqa dizayn
haqidagi manbalardan foydalandik. To’g’risini aytish kerakki, izlagan narsamizni
to’laqonli topdik, dizaynning tarixini chuqur bilib oldik, nazariyasini o’rganib
bo’ldik, deb ta’kidlay olmaymiz. Hatto dizayn kashshoflari ham, bugungi
peshqadamlari ham bu fikrni aytishga ojiz ekanliklarining guvohi bo’ldik. Buning asosiy sababi, dizaynning betinim takomillashib borishi va unga bo’lgan ilmiy
tahlillarga nisbatan, aniqrog’i, nazariyasiga nisbatan amaliyotining bir necha marta tezroq rivojlanayotganligida ekanligini ta’kidlashimiz mumkin.
Biz ilmiy adabiyotlarda berilgan dizayn xususiyatlarini sanar ekanmiz,
dizaynning asosiy vazifasi faqat predmetlar olami muhitida buyumlar yaratish, ularning funksionalligi va estetik jihatlariga e’tibor qaratish bilan cheklanib
qolayotganligini sezishimiz mumkin. Hozirgi zamon dizaynining asl muammolari
xuddi shu yerda yashiringan. Dizayn, eng avvalo, zamon sharoitlari va talablaridan
kelib chiqishi, jamiyatdagi o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liqligi, kim va nima
uchun, iste’molchi turmushini yanada yaxshilash uchun faoliyat yurgazishi,
buyerda “iste’molchi” so’zi nafaqat tijoriy atama, balki, falsafiy atama ekanlgini
ham ta’kidlashimiz zarur.
Shu o’rinda dizayn ta’limi masalasida, uning nazariy va amaliy istiqbollari
yuzasidan yana bir fikrni aytib o’tishni lozim topdik. Biz istaymizmi, yo’qmi,
barcha sohani dizayn qamrab olganligi hammaga ayon. Bu soha bilan bog’liq
jarayonlarni birlashtiruvchi markaz, uyushma, jamiyat zarurligi ko’rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |