5. Inson xarakteri va shaxs kamoloti
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasi-da vaziyat (situatsiya) yetakchi rol o‘ynaydi va regulyatorlik funksiya-sini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo‘shstimul, juft determinator, qo‘shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo‘lishdan qat’i nazar) vujudga kelib turishini ta’minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), ka-zual (sababiy) kabi ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularning har qaysisi o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘zaro muayyan darajada ajralib turadi.
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta’siri, nati-jasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiq-liklari, mo‘jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo‘lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individ-ning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur obektiv va subektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o‘zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruhlar, maxsus muta-xassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqpar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho ak-siya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xa-rakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vazi yatlar qatoriga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta’-sir o‘tkazish hamda ta’sirga berilish (diada, triada, poliada) natija-sida o‘ta ishonch bildirish tufayli ta’sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.
Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikoma-niya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, inso-niy qiyofadan hayvoniy hirslarga o‘tish, fikrlarni uzatishda qo‘pol nuqsonlarga yo‘l qo‘yish, o‘zini o‘zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo‘qotish jarayonlari shular jumlasidandir.
Subektiv maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan sun’iy va-ziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim obekt si-fatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).
1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alo-hida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat’iyatlik, barqarorlik, musta-qillik, ta’sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvor-ligi hamda barqarorligi haqida ma’lumot olishga zamin hozirlaydi.
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixo-fiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta’birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga taalluqli bo‘lib, biri tasodifiy, yondosh qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida yuzaga kelib, tole-rantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo‘zg‘ovchilar «reaksiya-lar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko‘proq subektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga kel-tiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka un-dovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo‘shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakat-lantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g‘alayon, tug‘ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o‘zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluv-chi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizi-dan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg‘ularining kuchayishiga rlib keladi. Ikkinchi tomondan esa g‘ayrilik illati individni (shaxs-ni) faollik sari yetaklaydi. 2. Kauzal (sababiy) vaziyatning paydo bo‘lishi subektiv kechinma-lar, manbalar negizi bilan uyg‘unlashib, xilma-xil ehtiyojlar, mo-tivlar, egoistik yoki alturistik pozitsiyalar, tub ma’nodagi fido-iylik namunasining sababiy bog‘liqliklar (determinatorlar) mah-suli ustiga quriladi. Vatanparvarlik tuyg‘usi insonni (guruhni, jamoani) ijodiy izlanish sari yetaklaydi, barqaror harakatlanti-ruvchi kuchlarni vujudga keltiradi, puxta mexanizmlar uzluksizli-gini ta’minlashda ishtirok etadi. Qonuniyatlar ma’naviy jihatdan eskirishi, yangilarini ochishga intilish, muayyan nazariyalar yaratishga ishtiyoklilik tug‘ilishi ham jismoniy, ham huquqiy shaxs (guruh) oldiga istiqbol maqsadlari rejalarini qo‘yadi.
Ontogenezning muayyan qonuniyatlar asosida kechishini ta’minlovchi omillardan biri bu shart-sharoitlarning mavjudligidir. Yuqorida-gi tasnifga qaraganda, shart-sharoitlarni o‘zining shakli, maromi, mohiyati, omilkorligi, oqilligi singari xususiyatlari bilan obek-tiv, subektiv, moddiy, ma’naviy turlarga ajratish mumkin:
obektiv shart-sharoitlar tabiat qonunlari, borliqning mo‘ji-zalari, bioritmika, tabiiy zaruriyatlar mavjudligini ifodalaydi;
subektiv shart-sharoitlar shaxslilik, shaxslararo munosabat, mikro, makro va mize muhitdagi ijtimoiy psixologik, kommunika-tiv, interaktiv, perseptiv ta’sirlar hamda o‘zaro ta’sirlarning muayyan maromlariga rioya qilishligi bilan tavsiflanadi;
moddiy shart-sharoitlar inson kamoloti uchun eng zarur ashyo-lar, vositalar, jismlar, qurollar bilan ta’minlangandagina maq-sadga muvofiq individual yoki hamkorlik xatti-harakatlari amali-yotda qaror topishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |